So’nggi yangiliklar

11:55Ўртоқлик учрашуви. "Милан" - "Реал Мадрид" 1:0, Чуквуэзе "Реал" ҳимоячиларини шошириб қўйди  1 11:50"Ювентус" Николас Гонсалесни сотиб олмоқчи  1 11:25Саудия Арабистони 48 терма жамоа иштирок этадиган ЖЧ-2034ни 5 та шаҳарда ўтказмоқчи  3 11:01«Арсенал» яна бир йирик трансфер бўйича иш бошлади  4 10:44ПСЖ мавсумдаги илк йирик харидини амалга оширди — Фабрицио Романо  1 10:28Ўзбекистонлик ҳакамлар чорак финалнинг марказий учрашувини бошқариб боришади  5 10:09Ўртоқлик учрашуви. Бешта гол киритилган баҳсда МЮ испан клубини қийинчилик билан мағлуб этди  2 10:07«Андижон»нинг янги легионери: «Бизда Кубокни ютиш учун яхши имкон юзага келган ва бундан фойдаланиб қолишга ҳаракат қиламиз»  2 09:41Зафармурод Абдираҳматов: "Тарихимиздаги биринчи олимпиадада фақат иштирок билан чекландик"  7 09:14«Милан» «Реал»ни , «Ливерпуль» «Арсенал»ни мағлуб этди. «Челси»дан эса йирик ғалаба  10 08:45МЮнинг 70 миллион евролик харидининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  5 08:13Элдор Шомуродов терма жамоамизнинг олимпия ўйинларидаги иштироки ҳақида фикр билдирди  11 07:45Шунчаки қойил! 6 очкодан маҳрум бўлган Канада аёллар терма жамоаси плей-оффга йўл олди. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  2 07:00Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  2 04:48Париж-2024. Ўзбекистон гуруҳ босқичида барча жамоалар ичида қандай кўрсаткичлар қайд этди?   18

Hasanali ota: Aliboev Yangiliklar

Hasanali ota: Aliboev

So'nggi paytlarda futbol o'yinlariga kelishni kanda qilmayotgan, 70 yosh ostonasida turgan Hasan ali ota saytimiz bilan hamkorlik qilish niyatida ekanliklarini aytib o'tdilar.
Hasan ali otaning uslubi haqida ko'pchilik biladi. Uzoqdan olib keladilar, "agar sizlarga maqul kelsa saytingizda chop eting", dedilar. Albatta biz bunga qarshi emas edik. Demak, Hasan ali otaning uzundan-uzun maqolalarini qismlarga ajratgan holda chop etamiz.

MUQADDIMA
O'tkirning gapi og'ir botgan bo'lsa-da, sir boy bermadim. Ijara xonasida samimiy suhbatni davom ettirdim. Suhbat futboldan chetlashib ketgan edi. Futboldan boshqa mavzu diqqatimni to'liq qamrab ololmaydi. SHundanmi deyman, suhbatlasha turib O'tkurning gapiga  etiroz hayollari ichimni to'ldirgan edi. Xonadoshlari bilan oramizda  dilkash, ishonchli munosabat paydo bo'lgan, aktyorlik kasbiga bergan  baholarim  suhbatni qizdirgan edi. Aktyor kasbini futbolchi o'yiniga o'xshatgan edim. Teatrda rejissyor, futbolda murabbiy hamma narsani hal qilishini aytib, faqat Zidanga o'xshagan buyuk aktyorlar kartina taqdirini yakka o'zi hal qila olishini tilga olib, aktyoru fubolchilarga achinib gapirdik. Men hayajon bilan Sergey Bondarchuk, Vasiliy SHukshin, Nabi Rahimov, SHukur Burhonovlarni esladim. Tirik odamlar bilan jonli suhbat men uchun  maqola yozishdan ko'ra muhumroq, qiziqarliroq  ekan.  Aktyor bo'laman deguvchi Temur Jizzaxlik bo'lib, bo'lg'usi jurnalist SHerbek Samarqandning  Paxtachi tumanidan bo'lib, uchovlon bir xonada ijarada yashar ekanlar. Ular oldiga bir “otaxon”day kelib-ketishni istamadim. Tezda tanishib tengma-teng suhbat qurdik. Kompyuter sabog'i ham, maqola yozish ham keyingi safarga qoldi. Suhbat davomida  yuragimning bir chekkasiga surib qo'yilgan O'tkurning so'zlari hayolimda parda ortida turar edi.

O'z ishimni bilib-bilib qilib yurgan bo'lsam-da, muhitning ko'pchilik qismi meni qabul qilmasligiga oldindan tayyor tursam-da, yuzga aytilgan o'zganing o'zgacha fikri, menligimni inkor etuvchi fikri dilga og'ir botar ekan. Har qanday odamda shubha uyg'otar ekan. Nahotki, yozganlarim behuda bo'lsa, muhlislarim yozish uslubimni yoqtirmasa, o'zim kabi “dasturxonim” ham eskirib ketgan bo'lsa? Nega bu yo'lni tanladim? Buning ustiga-ustak ikki yildan beri sirnoqni (myshkani) surib, tugmakach taqillatishni o'rgana olmayotgan bo'lsam, yozish shartmikan? Bir nima yozmay orqaga qaytdim. Bilaman, chinakam, bilag'on maqolani yozishdan ko'ra jonli suhbat afzalroq bo'ladi. Xuddi-ki, qiyosan “Jakonda” nomli buyuk kartinaning hayoliy tasviridan ko'ra bolasini ko'tarib turgan haqiqiy Onaning hayotiy tasviri afzalroq bo'lgani kabi. To'g'ri, yoshlar bilan  muloqot, jonli suhbat men uchun bir nima yozishdan ko'ra maroqli bo'ldi. Lekin kimsalar bilan, u bilan bu erda, bu bilan u erda suhbat qurib yashab bo'lmaydi. Yashab bo'lsa-da, yashnab bo'lmaydi. Bir nima bilan mashg'ul bo'lish kerak-ku.  O'tkur aytganiday, yoshimga yarashmagan holda bir nima yozaman deb zahmat chekkandan ko'ra, yozishni o'ylamasdan mazza qilib futbol tomosha qilib, oddiy ishqiboz bo'lib yurish maqul emasmi? SHu mazmundagi gaplarni ilgari ham yaqinlarim ko'zida o'qir edim. Unday bo'lsa, nima bilan mashg'ul bo'lay? Futbolimiz haqida o'ylashni, o'ynashni, uni boshqarishni, u haqida bir nima yozishni yoshlarga qo'yib berib, o'zim tengqurim Qo'shoq-aka singari ermakka ikkita qo'yni etaklab yuraymi? YO ixtisosimga ko'ra arxitektura tarixidan talabalarga dars beraymi? 

Yangi tanishlarimning  chehralarini eslab uyga qaytar edim. Suhbatimiz qizg'in o'tdi. Yoshlarning hayoti oldinda. “To'rt tomoni qibla” degandek, ularning to'rt tomoni manzil. To'rt tomoni oldi, orti yo'q. Orqaga tikilish yo'q, oldinga intilish bor. Mahorat sari, yangilanish sari, yaxshilik sari, o'rganish-ulg'ayish sari, kimnidir, nimanidir engish sari, g'alabalar sari kamolatga intilish bor ularda. SHerigi bilan yuqori darajada quyilib, hamjihatlikda bir tan bo'lib jang qilish yoshlikka xos narsa. SHuning uchun boshqa sport turlariga nisbatan futbolga muhlislik qilish ularni o'zaro yaqin qilib birlashtirgan. Ishqibozchilikda hushomadga, riyo, mug'ombirlik, foydaxo'rlikka o'rin yo'q. SHuning uchun yoshlar futbolni sevadilar. Menda ham ezgulikka, xaq so'zga, chin bellashuvga intilishni ko'rib, buni qadrlashdi. Men bilan qadrdonlashdilar. Bu meni ular bilan yaqinlashtirdi. Atrofimdagi hayot, yoshlar hayoti qanchalar go'zal. Men hayotga romantik baho bersam yo bermasam-da, bular haqida bir nima yozmay bo'ladimi?

Ertaga yoshlikning beg'ubor kunlari o'tib, ro'zg'orning ola hurjuni elkaga tushib, hayot atalmish tirsakzorda yolg'iz qolib, bo'riday uvillab, ezgulik bilan foydaxo'rlik, muttaxamlik bilan odamiylik orasidagi farqni yo'qotib qo'yib, futbolga bo'lgan ishqibozchilikni unutib yuborishar. Balkim, bunday bo'lmas. Bu ertangi gap, bugungi emas. Bugun bahorning g'uborsiz abru-nayson havosiday tiniq insoniy bir muhitda to'yib-to'yib nafas olib uyga qaytmoqda edim.
SHundan so'ng hastalanib qoldim. Yotib qoldim. Davolandim. Kuch-quvvat qaytdi. Oldingiday emas. Holsizlik bor. Yoshim o'tib bormoqda. Atrofda hayot qizg'in. Hammaning kunlari shiddatli o'tmoqda. Bog'cha bolasining ham qilar ishi, o'z vazifasi bor. Hamma oldinga intilgan. Yoniga, nari-beriga qarash yo'q. Bunday shiddatga dosh berolmayotibman. CHetga o'tib turaymi?  

Men bilan suhbat qurgan kechagi yoshlar bir kundan keyin chollarga dars bergudek pragmatik bo'lib ketishayotgan bir paytda, futbolimiz ravnaqini o'ylab, romantik hayollarga berilib yurishim hamma uchun tushunarsiz holat. O'zim uchun ham. Keksalikka yarashmagan holda tinchimni yo'qotib yozish mahoratiga, hur fikrga, yangi gapga intilishim menga ham noo'rin tuyula boshladi. Meni kuch tark eta boshladi. Boshqalarni tushuna boshladim. SHunday xulosalar bilan yuribman. Endi kunlarimni yaqinlarim: farzandlarim, nabiralarim uchun foydaliroq qilib  o'tkazayin degan niyat bilan stadion emas, uy tomon  tikilmoqdaman.

DILDAGI GAPLAR.
Xasanali Turdialiev Ispaniyada keyingi mavsum boshlanguncha biz bilan xayrlashdi. “Evrofutbol” dasturida ishlayotgan ijodiy guruh har bir tur o'yinlariga bergan batafsil, sermazmun, betakror, serjilo sharhlari bilan bizni o'ziga ipsiz bog'lab olgan ekan.  Endi “evrotaym”ni kuzgacha ko'rmaymiz.  Kun chiqsayam, oy chiqsayam Evropa futboli uchun chiqsin ekan-da. Zo'r futbol ham ularda, zo'r operatorlar ham ularda, sharhlarimizning nisbatan eng zo'ri ham ularga atalgan. O'zbek futbolining ishqibozlari o'n yildan beri TVda Zafar Imomxo'jaev og'ziga tikilib qolgan bo'lmasalar-da, uning ko'rsatuviga anqayib qarab o'tirishga majbur bo'lishmoqda. “Futbol sharhlarini” Zafarxo'ja o'zining shaxsiy ko'rsatuviga aylantirib olganday go'yo. Bir qarasang, butun o'lkamiz oldida Ivan Nagaevni tarbiyalamoqchi bo'ladimi-ey. Bir qarasang, Aliboboga o'xshagan laqmani Sport kanal ko'rsatuvida sayratib qo'yib, butun O'zbekiston oldida o'z murabbiyiga tosh ottiradimi-ey. Bir qarasang, Islom Axmedovday mutaxassisni gapga chorlab, jo'r ovozda Lushan boshlagan hayrli ishlarning barbod bo'lishini bashorat qiladimi-ey, bir qarasang Haydarovni olqishlamoqchi bo'lib, yosh futbolchilarimiznig “ kelgusi porloq” deb, ertak aytadimi-ey.  SHunga o'xshash ancha oldin bo'lib o'tgan yana bir  lavhani etiboringizga havola qilaman.  O'sha lavha meni yozishga chorlab qolmoqda. To'g'rirog'i, o'shanday lavhalarga futbol ommasining munosabati yozishga undamoqda.  SHimoliy karislarga yutqazganimizdan keyin hamma  jonlanib qoldi. Biri olib, biri qo'yib Qosimovni chaynashadi endi. Termamiz taqdiriga yarim yildan beri qo'l siltab, “bir gap bo'lar” deguvchi rahbariyatga oqlanish uchun asosiy aybdor topildi. Endi bunday qaynoq gaplar ko'pirib ketadi. Gap boshqa yoqda. Mening sovuqqon gapim boshqacha alamli, boshqacha dardli.

“Futbol sharhida” Azamat Abduraimov shunday degan edi. “Igra sostoit iz epizodov. U nas pri zavershenii ne xvatilo masterstva, vezeniya. Andreev mog zabit tri gola, no ne zabil. My v nachale matcha propustili gol. Ne bylo koncentracii pri vypolnenii standarta. O vtorom gole ne budem govorit”. “Paxtakor”ning OCHLdagi so'ngi o'yinini sharhlab aytgan ushbu so'zlarni eshitganimdan so'ng sovuqqon, xotirjam fikr yuritib, jimgina futbolga ishqiboz bo'la olmasligimni tushundim. Bu so'zlarni “Sport” kanal orqali butun yurt ishqibozlari eshitdi. Ushbu so'zlarga etirozim borlig'imni ko'mib tashlab, ichimdan toshib ketdi. CHidadim. Mutaxassis, vaqtincha ishsiz yurgan murabbiy bo'lsa-da o'yinni shunday tahlil qilsa, jim turib bo'ladimi? 2:4 dan so'ng Irismetov futbolimizda “o'zgarishlar kerak. Buni rahbariyat mendan ko'ra yaxshiroq biladi” deb tursa, o'zni chetga olib bo'ladimi? “Dastirxonim” eskirib, odamlarni zeriktirib qo'ymoqda deb oldin ham eshitgandim. Qandoq qilay, Azamatu Jafarlarning “sermazmun” gapini eshitsam-da, eshitmaganga olib chetroqda yura beraymi? Jim bo'lib, o'zimni chetga ololmayman. Maqola yozayin deb yana “Dasturxon” yozmoqdaman. Yoqmasa, Azizlarim, sizlardan uzr so'rayman.

1.  AQLIMIZ ETMAGAN O'YIN HUSUSIDA.
HASANALI QODIROV.
Azamat Abduraimovning bunday gaplariga qo'-shil-may-man. O'yin epieodlardan tashkil topmagan. O'yin epizodlarning arifmetik yig'indisi emas. O'yin bir butun narsa. To'rtta jamoada to'rt xil o'yin strukturasi bor. Hammamizga xos, hammada bor bir xil qusurlar ana o'sha erda, struktura ichida yashirin. Bu qusur terma jamoa o'yiniga ham ko'chgan. TJMning bunday qusurlar bilan ishi yo'q. Azamat esa, faqat epizodlarni ko'rmoqda. Boshqalar ham.

Mayli, epizodlarni ko'rib chiqamiz. Andreevni olaylik. To'p chap qanotga himoya ortiga oshirilgani yo'q edi. Darvozaga yaqin chap qanotda tezlanish olib, himoyachini ortda qoldirgan Andreev darvoza tomon emas, maydon chetiga qarab to'pga intilgan edi. Unga qarshi himoyachi zich o'ynayotgan edi. Bu zarbdor vaziyat emas edi. U esa to'pni qo'yib yuborgan vaziyatda darvozadan ancha nariga “o'lib qolguncha, otib qol” qabilida ish tutib, to'pni tepib qoldi. Bunday vaziyatda zarba bergan Anri ham gol ura olmagan bo'lar edi. Abduraimov esa, bu va bunga o'xshash boshqa mujmal vaziyatlardan gol kutgan ekan. Anri darvozadan chet tomon emas, himoyachini ortda qoldirib darvoza tomon yugurib, himoyachini ortda qoldirib o'tkir burchakdan to'pga qattiq zarba berib uzoq burchakka gol urar edi. Riberi esa, tezlik bilan himoyachini ortda qoldirib, aldamchi harakatlar bilan uni sochib, ortga biroz qaytib markazga intilib yaqin burchakka gol urar edi. Enreevning tezligi yo'q. Uning o'yin tafakkuri ojiz. Qanday qilib undan gol kutish mumkin edi, bilmadim.

 Bunday vaziyatda zamonaviy futbolda o'yinchilar qisqa masofada sherigi bilan tez o'ynab golvar vaziyatga o'zi chiqishi kerak  yoki golga asistentlik qilishi mumkin. Olmon yoshlari Haydarov yigitlariga qarshi JCHda shunday o'ynab uchta gol urib ketishdi. Andreev kim bilan ikkilik yoki uchlik bog'lamda o'ynab zarbdor vaziyatga chiqa oladi? Hech kim bilan. Hujum yakunida yaqin masofada sheriklari bilan zich o'ynash  bizda yo'q. Hujum yakunida har chorak soniyada o'zgaruvchan vaziyatlarni nazoratdan chiqarmay hamjihat o'ynab bilmaymiz. Kreativ o'yin deysizlarmi bunday o'yinni. To'pni qanotdan qanotga markaz orqali o'tkazib, so'ngra havolatib raqibning jarima markaziga oshiramiz. Bundan boshqasiga aqlimiz, o'yinimiz etmaydi.  

Yakov Lvovich Soldadze. Pravilno, eto ot togo proisxodit, ya dumayu, chto my ploxo igraem  bez myacha. Ochen ploxo igraem. Daje Jasulkul Xasanov i ego tyozka Jasurmurad Xasanov posle peredachi myacha v centr vyxodyat iz igrovoy situacii. Uxodyat v passivnuyu zonu. Poetomu kakoy tolk  ot ix peredach?  Jasurkul Xasanov vladeet bolee-menee ostrymi, nacelennymi peredachami v centr. Menee skorostnoy, no bolee vysokiy rostom  Jasurmurad Xasanov chutochku luchshe igraet v kombinacii. No on toje “privyazan” k bokovoy linii. V Almalyke on vsyo vremya dobegaya do licevoy linii protivnika posylal vozduxom myach kuda popalo, na avos, mojet kto podstavit golovu. On  v etom ryvke ni s kem ne igral v svyazke ni s blizkogo, ni s dalnogo rasstoyaniya. (Mimoxodom skaju, chto nazyvaya odnogo Xasanova starshim, drugogo mladshim, my dopuskaem netochnost, nerazberixu. Opredelenie “starshiy”, “mladshiy” otnositsya k otcu i synu. Naprimer, govorim starshiy Bush, mladshiy Bush. Ali-aka prav, nazyvaya pervogo Jasurkulom, vtorogo Jasurmuradom.) Vernyomsya k razgovoru. Kasymov- master komplektacii. Pomnite, kak on tochno sxodu skomlektoval “Kuruvchi” i srazu ego komanda stala gegemonom nashego chempionata. Pravda, on dlya etogo razdel do nitochki drugogo gegemona- komandu “Paxtakor”. Abramov vot uje dva goda ne mojet ukomplektovat nujnyy emu ansambl s edinym boevym duxom.

O'tkur Jalolxonov. Qosimov zamonaviy futbol talablariga ko'ra qanotlarga tezkor o'yinchilarni qo'ygan edilar.  CHapga Jasurqul Hasanovni olib kelgan bo'lsalar, o'ng qanotda tezkor  Rashid Gafurovni o'ynatgan edilar. Karpenko, Lushan, SHirshovlarni ham Qosimov  O'zbekistonga qaytargan edilar.

2.  MAG'LUBIYAT TA'MI HAQIDA
YA. L. S.
Kasymov pri etom ne umeet ottachivat igrovye kachestva futbolistov. Podbor xorosh. No lepka novyx graney masterstva otsutstvuet. Pri nyom uroven masterstva igrokov ne rastyot. On usilivaet igru privlecheniem vsyo novyx i novyx, bolee silnyx igrokov. V sbornoy on etogo delat ne smojet. V sbornoy on ogranichen uzbekskoy “kuxney”. Abramov takje ne pridayot igre futbolista trebuemye novye kachestva. S kakim bagajom k nemu prixodyat igroki, s tem bagajom ot nego uxodyat. Naprimer, Jasurkul Xasanov ochen ploxo vypolnyaet zashhitnye funkcii. V igre s “Almalykom” on iz-za etogo svoego igrovogo nedostatka stal osnovnym vinovnikom propushhennogo vtorogo gola v vorota “Lokomotiva”. Jasurkul Xasanov imeet ogromnyy fizicheskiy potencial. U nego, kak u Robbena, vysokaya energetika. No ni trener, ni on sam ne stremyatsya sovershenstvovat igru.

Za 5 let Abramov igre Fozila Musaeva ne dobavil ni odnoy grani.  Kasymov znaet, chto za 5 dney trenirovokki s dvumya igrami sbornoy, musaevskaya igra ni na gramm ne izmenitsya v luchshuyu storonu, no vsyo ravno “bednyy trener” ego vklyuchil v sostav v igre s Iranom. Etot fakt ukazyvaet na ego ogranichennyy um ili na ogranichennyy vybor, ne znayu. Vremya pokajet.
 
Lushan umeet ottachivat igru futbolistov.  U Babayana net ni podbora, ni shlifovki. On godami rabotaet nad sostavom. No do six por ne viju skorostnyx igrokov v  sostave “Paxtakora”. Osobenno oni nujny na krayu. U nego samymi “skorostnymi” yavlyayutsya Xoshimov ili  Andreev. Babayan postoyanno upominaet, chto sozdal akademiyu. No gde svoya paxtakorovskaya SHkola v igre vzroslyx? Eyo net. On ne smog sozdat SHkolu. Naprimer, Bazilevich u nas sozdal celnuyu komandu. No iz za katastrofy ne uspel sozdat shkolu. V bylye vremena Maslov v Kieve, Beskov v Moskve sozdali svoyu shkolu za shest let. Babayan ochen davno yavlyaetsya pervym licom v “Paxtakore”. I bezrezultatno. Igru Sergeeva i drugix igrokov vylepili do nego i bez nego. A dalshe oni ne rastut. Oni davno povtoryayut samogo sebya. Imenno tak, Sergeev zabil gol v vorota “Bunyodkor”. Babayan za eto na press konferencii ego nazval vydayushhimsya futbolistom Uzbekistana. Takuyu igru i takoe zavershenie ataki my v ego ispolnenii videli v Turcii pod rukovodstvom Musaeva. No Babayan vozxishhaetsya takimi povtorami. On tvorec splochyonnoy boevoy komandy. Etogo u nego ne otnimish. Sozdavat chto-to novoe  v igrovom plane on ne umeet. On je zakonchivshiy trenerskie kursy  menedjer. I tolko. Rozykul Berdyev skomplektoval svoyu splochyonnuyu komandu i sozdal dannuyu igru. Poka u Abramova ni splochyonnoy komandy, ni novoy sovremennoy igry, na chto on pretenduet, net. Sploshnaya nerazberixa i dlya nego i dlya nas.
 
On na stadione TTZ proigral “Al-Xilal” po vsem statyam. Posle matcha na press konferencii, Abramov skazal, chto nashi igroki s trudom otbirayut myach i potom sami je otdayut ego soperniku. On etim vyskazyvaniem obnarujil svoyu nesostoyatelnost v samokritike, v samoanalize. On ne ponyal svoi upushheniya. Iz goda v god odni i te-je upushheniya prodoljayutsya konskim xvostom za ego igrami. I on ix ne zamechaet.  On ne ponyal prichinu porajeniya v polufinale K.A.-2011. Ne ponyal prichinu porajeniya ot olimpiycev OAE so schyotom 2:3 v Tashkente. Ne ponyal prichinu porajeniya ot irancev, propustiv myach v koncovke igry, pri tom atakuya navalom dva tayma. Raz Abramov ne zamechaet svoi upushheniya, ya postarayus obyasnit to, chto on uporno ne zamechaet. Ved chelovek ne mojet nablyudat sebya so storony. Dlya etogo pered nim nado postavit zerkalo. Moyo zerkalo na skolko zerkalno ili krivo, pust rassudyat moi chitateli. 

Porajenie razdiraet dushu bolelshhika, razdevaet  samodovolnoe, xvalyonoe telo komandnoy igry dogola. CHerez den komanda zabyvaet vsyo i nakidyvaet na goloe telo komandnoy igry krasivuyu tryapku samouspokoeniya. No trener  doljen videt naskvoz komandu so vsemi eyo nedostatkami. Na stadione Transportnogo instituta jeleznodorojniki vyigrali u “Andijana” so schyotom 2:0, igraya slabo vo vsex otnosheniyax. Abramov v gneve ne brosal na zemlyu pustuyu baklashku, kak posle propushhennogo gola v shestoy igre v gruppe LCHA protiv “Fulada”. A nado bylo by kidatsya baklashkami i v igre s “Andijanom”, i s “Almalykom”, i s “Kizilkumom”. Xochu skazat, chto proigrysh Lokomotiva ili sbornoy strany polezen, esli delaesh  gorkie, no pravdivye vyvody. No vyigrysh, kak, v igre s “Kizilkumom”, trijdy bezpolezen.


Davomi bor...

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика