Hasan Ro'ziev “Qizilqum” PFK prezidenti etib tayinlandi
06 mar 2020 20:24
Yangiliklar


Hasan Ro'ziev “Qizilqum” PFK prezidenti etib tayinlandi
Taniqli mutaxassis Xasan Ro'ziev Navoiyning “Qizilqum” klubi prezidenti etib tayinlandi. Bugun Hasan Ro'ziev klub hodimlari bilan yig'ilish o'tkazdi.
Yig'ilishda o'tgan yillar davomida qilingan ishlar va natijalar aytib o'tilib, klubning yangi prezidenti tomonidan jamoa hodimlariga tegishlicha ko'rsatmalar berildi.
“Navoiylik muxlislar futbolni sevishadi va qadrlashadi. “Qizilqum” bilan yangi marralarni zabt etamiz. Klub o'ziga xos tarixga ega. Butun jamoa bir yoqadan bosh chiqarib, maqsadlarni birlashtirgan holda, bir tan-u bir jon bo'lib, jamoamizni, viloyat futbolini olg'a etaklashimiz lozim, zero hamjihatlikda bu natijaga erisha olamiz” – dedi “Qizilqum” professional futbol klubi prezidenti Hasan Ro'ziev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar