Harri Keyn: "Hamma "Tottenxem"ni keyingi bosqichda deb o'ylamoqda, ammo biz hali Dortmundda o'ynashimiz kerak"
04 mar 2019 23:33
Yangiliklar
Harri Keyn: "Hamma "Tottenxem"ni keyingi bosqichda deb o'ylamoqda, ammo biz hali Dortmundda o'ynashimiz kerak"
"Tottenxem" hujumchisi Harri Keyn "Borussiya D"ga qarshi javob o'yinidan oldin fikr bildirdi.
Dactlabki bahs 3:0 hisobida Pochettino jamoasi foydasiga hal bo'lgan.
"Bu mehmondagi yana bir qiyin o'yin bo'ladi. Biz so'nggi bir necha yillar davomida u erda bir qancha uchrashuvlar o'tkazdik. Ularda qoyil qolishga arzirli muxlislar bor. Biz 3:0 hisobida oldindamiz va hamma bizni keyingi bosqichga chiqdi deb o'ylamoqda. Biroq, hali Dortmundda o'ynashimiz kerak. O'z ishimizni bajarib, ushbu qarama-qarshilikni yakunlashimiz lozim" – dedi "bo'ron" laqabli "Tottenxem"ning 10-raqam sohibi.
"Dortmund"ning "Iduna Park" stadionida o'tkaziladigan uchrashuv Toshkent vaqti bilan 6 mart kuni soat 01:00 da boshlanadi.
Fikrlar