So’nggi yangiliklar

19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  1 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  1 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  0 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  0 17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   8 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0 17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  4 16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  2 16:36Бешариқ туманида футбол фахрийлари ўртасида шоу учрашуви ташкил этилди  0 16:15Кес Смит "Реал"га ўтишга қарор қилди  0 15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  9 15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  7 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0

Harbiylar kubogi Oliy sud jamoasida Yangiliklar

Harbiylar kubogi Oliy sud jamoasida

Teglar :  oliy sud
11-25 iyun kunlari O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaziy apparati va Toshkent garnizoni terma jamoalari o'rtasida mini-futbol bo'yicha musobaqa o'tkazildi.

Har yili harbiylardan tuzilgan jamoalar o'zaro murosasiz bahs olib borishlari yaxshi ananaga aylangan. O'tgan yildan etiboran ushbu turnirga O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi jamoasi ham taklif etilmoqda. Qizig'i shundaki, aynan ana shu jamoa finalda Toshkent harbiy okrugi jamoasini 2-0 hisobida engib, bosh sovringa sazovor bo'lgandi.

SHu boisdan, joriy yildagi musobaqada harbiylar sovrinni o'zlariga qaytarib olishga urinishlarini kutish o'rinli edi. Ammo Oliy sud xodimlari bu safar ham raqiblardan ustun ekanliklarini isbotlashdi.

Turnirning dastlabki bosqichida jamoalar to'rt guruhga bo'lingan holda to'p tepishdi. Rahimjon Obidov boshchiligidagi Oliy sud jamoasi o'z guruhida birinchi o'rinni egalladi. So'ngra chorak finalda Toshkent harbiy okrugi (1-0), yarim finalda Markaziy harbiy gospital (4-2) jamoalarini engib, finalga chiqdi. Oliy sud xodimlari hal qiluvchi bahsda Aloqachilar brigadasi (2-0) ustidan zafar quchib, musobaqa g'olibiga atalgan kubokni o'zlarida saqlab qolishga erishdilar.

- Eng muhimi, yurtimizda turli soha vakillari sog'lom turmush tarziga oshno bo'lib, bo'sh vaqtni mazmunli o'tkazishlari keng tus olgan ananaga aylangani barchamizni quvontiradi. Bizni ushbu turnirga taklif etganlarga va maydonda murosasiz bahs olib borganlarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Yigitlarimiz muntazam mashq qilish har qanday og'ir vaziyatlarda ham engilmaslikka zamin hozirlashiga yana bir bor amin bo'lishdi, - dedi Rahimjon Obidov.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика