So’nggi yangiliklar

04:28Футзал. ЖЧ-2004. Турнир остонасида қоқилган Ўзбекистон ҳамда бразилиялик футболчилар билан финалга қадар етиб борган Европа мамлакати ҳақида ҳикоя қиламиз  0 01:36Сергей Лушчан: "12 кунлик йиғин давомида футболчилар қулдек меҳнат қилишди. Бундай футболчилар билан ишлаш шунчаки ажойиб"  6 00:39Иван Бошкович: "120 дақиқа курашиш икки жамоа учун ҳам осон бўлмади. Ушбу таркибга ишонганим сабаб кўп трансферларга қўл урмадик"  3 00:32Сардор Рашидов жиддий жароҳат сабаб бир неча ойга сафдан чиқди  12 00:04Александр Хомяков: "Ҳар қандай жамоа кутилмаган сюрприз тайёрлаб қўйиши мумкин"  4 23:54"Ланс" назорат ўйинида "Версал"ни мағлуб қилди. Абдуқодир Ҳусанов бир тайм ўйнади  0 23:40Ўзбекистон Кубоги 1/4 финал. "Сўғдиёна" - "Навбаҳор" 2:3, Сайфиев сўнги дақиқада майдондан четлатилди  3 23:32Жамшид Саидов кубокдаги йирик мағлубиятдан сўнг: "Асосий мақсадимиз чемпионат ўйинларига қаратилган"  7 23:15Тимур Кападзе Париждаги ташкилотчилик ҳақидаги гаплари нотўғри талқин қилинаётганини айтди  23 22:50Ўзбекистон Кубоги. Жиззахдаги йил ўйинида "Навбаҳор" "Сўғдиёна"ни ютди ва ярим финалга чиқди  102 22:20Ўзбекистон кубоги. "Қизилқум" – "Андижон" 0:3. Highlights  1 22:00"Андижон" "Қизилқум" устидан йирик ғалаба қозониб, Ўзбекистон кубоги ярим финалига йўл олди!  24 21:35Ўзбекистонлик футболчи ўртоқлик ўйинида "Атлетико Мадрид" дарвозасига гол урди  7 21:10"Ал Насср" "Манчестер Юнайтед" вингерини сотиб олишни жиддий мақсад қилди  2 20:47УЕФА Родри ва Моратани жазолади!  1

Har bir jamoaning o'z kashfiyoti bor yoxud oliy liga-2015da porlab chiqqanlar Yangiliklar

Har bir jamoaning o'z kashfiyoti bor yoxud oliy liga-2015da porlab chiqqanlar

Nihoyasiga etgan futbol mavsumida o'z jamoalari safida porlab chiqqan o'yinchilarga to'xtalib o'tishni lozim topdik.

Ularning deyarli barchasi joriy mavsum oliy ligada debyutini o'tkazishdi. Ayrimlari ilk yilidayoq jamoasining etakchilaridan biriga aylandi. Quyida shu haqda so'z yuritamiz.

“Paxtakor” – Javohir Sohibov
“SHerlar” tarkibida bu yil so'zsiz Javohir Sohibov kashfiyot bo'ldi. 20 yoshli futbolchi uchun haqiqatdan ham joriy mavsum omadli o'tmoqda. Oliy ligadagi debyut mavsumidayoq ko'pchilikni etiborini o'ziga tortdi. Javohir Sohibov oliy ligada “Paxtakor” tarkibida bu yil jami 23ta o'yinda maydonga tushib, jami 1849 daqiqa xarakat qildi. “SHo'rtan” va “Andijon”ga qarshi bahslarda esa u o'z hisobiga gol yozdirib qo'yishga ham erishdi.
U-20 yoshlar terma jamoamizning sardori sifatida ham Sohibov Yangi Zelandiya yashil maydonlarida o'tkazilgan kichik jahon chempionatida o'zini ko'rsata oldi. Unda etakchilik xususiyati mujassamligini ko'rish mumkin. Qolaversa Javohir bu yil milliy terma jamoamiz safida ham debyutini o'tkazishga muvaffaq bo'ldi va hozircha u bosh jamoamiz safida 4ta uchrashuv o'tkazishga erishdi. SHu bois Sohibovni mavsum-2015 kashfiyotlaridan biri bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi. 



“Lokomotiv” – Ikrom Aliboev
“Temiryo'lchilar” tarkibida esa Ikrom Aliboevni ko'rsatish mumkin. Bungacha asosan yoshlar ligasida xarakat qilib kelgan futbolchiga Vadim Abramov imkoniyat berdi. Iqtidorli o'yinchi  o'z navbatida berilgan imkoniyatdan unumli foydalanib qolishga xarakat qilib, ijobiy xususiyatlarini namoyish etishga urindi. Aliboev uchun mavsum esda qolarli bo'ldi. U oliy ligadagi debyut mavsumidayoq 25ta uchrashuv o'tkazib, jami 1531 daqiqa maydonda xarakat qilgan. SHuningdek “Lokomotiv”ning chempionatdagi ashaddiy raqibi “Paxtakor”ga qarshi bahsda Ikrom raqib darvozasini ishg'ol etib, jamoasiga uch ochko keltirgandi. SHuningdek 21 yoshli futbolchi “SHo'rtan”ga qarshi kechgan o'yinda ham maydonni golsiz tark etmadi. SHuningdek Aliboev milliy terma jamoamiz safida ham debyutini nishonladi. O'z vaqtida bosh jamoamizga Mirjalol Qosimov ustozil qilganida “Lokomotiv”ning ushbu futbolchisini ham taklif etib, 2ta bahsda maydonga tushirdi.  



“Bunyodkor” – Rustam Ashurmatov
Sergey Lushan “Bunyodkor” boshqaruvini o'z qo'liga olgach, yoshlar jamoasidagi bir qator o'yinchilar asosiy tarkibga jalb etildi. Natijada bugungi kunga kelib asosiy tarkib o'zagi deyarli yoshlardan iboratligini ko'rish mumkin. Akram Komilov, Doston Hamdamov, Zabihillo O'rinboev o'tgan yiliyoq oliy liga havosidan bahramand bo'lgandi. Bu yil ularning qatoriga Rustam Ashurmatovni qo'shish mumkin. Joriy mavsumdan buyon oliy ligada o'ynay boshlagan Rustamning keljagini ko'pchilik muxlis va mutaxassilar porloq deya etirof etmoqda. Agarda yulduzlik kasaliga duchor bo'lmasdan o'z ustida ishlashni kanda qilmasa, yaqin orada 19 yoshli himoyachi milliy terma jamoada ham o'ynay boshlaydi. Bu haqda uning tog'asi Baxtiyor Azamovich ham ko'p aytib, kerakli maslahatlarni berib turishi shubhasizdir. Rustam ham yozda Yangi Zelandiyada o'tgan kichik mundialda yoshlar terma jamoamiz safida xarakat qildi. Oliy ligada esa jami 11ta uchrashuv o'tkazdi. Umumiy hisobda 928 daqiqa maydonda xarakat qilgan.  Har bir o'yinda o'rtacha 84 daqiqa demakdir. 



“Nasaf” – Azizjon G'aniev
“Nasaf” ustozi ham mana bir necha yillardan buyon mahalliy yoshlarni asosiy tarkibga jalb etib bormoqda. Ro'ziqul Berdievning bu yilgi kashfiyotlaridan Azizjon G'anievni alohida ko'rsatish mumkin. Sababi 17 yoshli futbolchi bu yil nafaqat o'z klubining balki chempionatimizning eng yosh o'yinchisi bo'ldi. Etiborlisi o'tgan yili ham G'aniev ushbu nominaciya bo'yicha g'olib chiqqandi. Bundan xulosa qilish mumkinki, oliy liganing boshqa klublarida murabbiylar 1998 yil yoki undan kichik bo'lgan futbolchiga unchalik ham ishonmayapti. Berdiev esa G'anievni o'tgan yili oliy ligada debyutini o'tkazishga imkon bergandi. Bu mavsumda esa u 9ta bahsda ishtirok etib, jami 270 daqiqa xarakat qildi.



“Neftchi” – Otabek Haydarov
O'tgan yili birinchi ligada “Qo'qon-1912” sharafini himoya qilgan Otabek Haydarov sermahsullik ko'rsatgani sababli joriy mavsum uni “Neftchi” murabbiylari Farg'onaga taklif etdi. Oliy ligada bungacha o'ynamagan 24 yoshli futbolchi “Neftchi”da o'zini yo'qotib qo'ygani. Aksincha ayrim o'yinlarda jamoasi uchun muhim gollarni urib berdi. Xususan Qo'qonda “Navbahor”ga qarshi kechgan bahsda, Haydarov zaxiradan maydonga tushib, g'alaba keltiruvchi to'pni kiritgandi. SHuningdek Farg'onada “Mashal” bilan o'yinda ham Otabek shunday gol muallifi bo'ldi. Lekin shunga qaramay murabbiylar unga ko'p ham ishonch bildirmadi. Natijada ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istagan futbolchi davralar oralig'ida o'zi uchun begona bo'lmagan “Qo'qon-1912” safiga borib qo'shildi. Aytish kerakki, Otabek ikkinchi davrada ham jamoasi uchun muhim gollarni kiritdi. Xususan “Andijon” – “Qo'qon-1912” (1:2) bahsida dubl qayd etgan Haydarov keyinchalik “Lokomotiv”ga qarshi o'yinda ham zaxiradan maydonga tushib, 2ta to'p kiritdi va bu bilan u “temiryo'lchilar”ni qimmatli ochkolardan mahrum etdi. Haydarovning chempionatdagi umumiy gollari soni 8tani tashkil etdi.



“Olmaliq” – Doniyor Ismoilov
Igor SHkvirin o'z ananasiga sodiq qolgan xolda har yili iqtidorli futbolchilarni kashf etib boradi. Bu yil mana shunday futbolchi – Doniyor Ismoilov bo'ldi. Bungacha asosan birinchi ligada o'ynagan 21 yoshli futbolchi “Olmaliq” safida oliy ligada debyutini o'tkazdi. 7ta uchrashuvda 3ta gol Doniyorning dastlabki mavsumi uchun qoniqarli deb baholaymiz. Etiborlisi uning gol urgan uchrashuvlarida “Olmaliq” durang qayd etgan. Iqtidorli hujumchi bugungi kunda olimpiya terma jamoamiz safida BAAdagi yig'inda ishtirok etmoqda.

“Mashal” – Humoyun Murtazoev
1992 yilda tug'ilgan ushbu futbolchi bungacha “Mashal”ning birinchi ligadagi farm-klubi va yoshlar jamoasida o'ynab kelardi. Joriy mavsumdan boshlab esa Humoyun asosiy tarkibdan joy egalladi. Xomyakov ushbu hujumchiga 21ta o'yinda ishonch bildirdi. Jami 1348 daqiqa maydonda xarakat qilgan. O'z navbatida Murtazoev ham 6ta gol urib jamoasining to'purarlaridan biri bo'ldi. Mavsum oxirlariga kelib esa 23 yoshli futbolchi jaroxat sabab chetga chiqib qoldi.



“Navbahor” – Davron Isoqov
Namanganliklar tarkibida bu yil kashfiyot o'yinchi deya birorta o'yinchini tanlashga biroz qiynaldik. Sababi murabbiy shtabi bu yil ham asosan o'tgan mavsumdagi tarkibdan foydalandi. Ikkinchi davrada “Kosonsoy”dan kelib qo'shilgan Davron Isoqov bu yil “lochinlar” safida oliy ligada debyut qilgan futbolchi sifatida tarixga kirdi. 26 yoshli futbolchi 4ta o'yinda, jami 94 daqiqa xarakat qilgan. SHuningdek yoshlar haqida gap borganida Muhammadjon Rasulov va Nodir Ashurmatovni aytish mumkin. Ushbu futbolchilarga ham bu yil ayrim o'yinlarda ishonch bildirildi. Tohir SHamsiddinov va Azam Aliev esa allaqachon elita havosidan bahramand bo'lgan o'yinchilardir.

“Metallurg” – Zafar Safoev
Mavsum boshida asosiy posbon Mamur Ikromov “Lokomotiv”ga ko'chib o'tgach, ko'pchilik bu yil bekobodliklar safida Zafar Safoevni porlab chiqishiga ishonmagandi. Darhaqiqat 24 yoshli darvozabon bu yil kuchlilar safida debyutini o'tkazdi. “Metallurg” murabbiylar shtabi Zafarga 17ta o'yinda ishonch bildirib, jami 1530 daqiqa o'ynatdi. Safoevning quruq o'yinlari soni esa 4tani tashkil etdi. O'z darvozasidan esa 23ta to'p o'tkazib yuborgan. Iqtidorli golkiper jamoasining ko'plab uchrashuvlarida ajoyib seyvlari bilan esda qoldi.  

“Qizilqum” – Bobur Iskandarov
Navoiyliklar safida bu yil barqaror o'yin ko'rsatgan Azizbek Usmonovni kashfiyot deya olmaymiz. CHunki 23 yoshli futbolchi o'tgan mavsumdayoq oliy ligada debyut qilishga muvaffaq bo'lgandi va bugungi kunda jamoasining asosiy tarkib azosidir. Kashfiyot sifatida Bobur Iskandarovni tanladik. 21 yoshli futbolchi bungacha asosan yoshlar jamoasida xarakat qilib kelayotgandi. Hamidjon Aktamov joriy mavsumdan buyon Iskandarovni asosiy tarkibga ham kirita boshladi. Natijada Bobur chempionatda 11ta o'yin (389 daqiqa) o'tkazishga erishdi.



“SHo'rtan” – Murod Rajabov
1995 yilda tavallud topgan futbolchini aytishlaricha katta futbolda Jafar Irismetov kashf etib bergan ekan. Avvaliga birinchi ligada “NBU-Osiyo” safida o'ynagan Rajabovni keyinchalik “SHo'rtan” ustozi Muxtor Qurbonov G'uzor jamoasiga olib ketgan. Bu yil murabbiylar shtabi Murodga 16ta uchrashuvda ishonch bildirdi. Maydonda umumiy hisobda 633 daqiqa xarakat qildi. O'z hisobiga esa 2ta gol yozdirib qo'ydi. “Navbahor” – “SHo'rtan” (4:2) va “SHo'rtan” – “Qo'qon-1912” (2:2) uchrashuvida to'p kiritgan. Murod Rajabov bu yil olimpiya terma jamoasidan ham chaqiruv ola boshladi.

“Qo'qon-1912” – Doniyor Usmonov
Qo'qonliklar tarkibida bu yil oliy ligada debyutini nishonlagan o'yinchilar soni ko'p bo'ldi. Xususan Doniyor Usmonovdan tashqari 30 yoshli himoyachi Hasanboy Ergashev va 28 yoshli darvozabon Ruslan Matniyozovdir. O'tgan yili birinchi ligada ikkinchi bosqich to'purari bo'lgan Doniyor Usmonov joriy mavsum ham “shunqorlar” safida bo'ldi. 1994 yilda tavallud topgan Usmonov oliy ligada debyut qilish bilan birga olimpiya terma jamoamizning yig'inlarida ham bo'lib qaytdi. Doniyor bu yil jamoasi safida chempionatda 25ta uchrashuv o'tkazib, jami 1874 daqiqa xarakat qildi va 1ta gol urishga erishdi. Farg'onada “Neftchi”ga qarshi kechgan uchrashuvda g'alaba keltiruvchi golni kiritgan Usmonov o'yin qahramoni bo'lgandi.



“Andijon” – Tursunboy Husanov
27 yoshli futbolchi ilgari ham “Andijon” yoshlar jamoasida o'ynagan bo'lsada, ammo bungacha oliy ligada debyutini o'tkazmagandi. Joriy mavsumning ikkinchi qismidan Tursunboy Husanov “burgutlar” safidan o'rin oldi va 10ta o'yinda maydonga tushdi. O'ng qanot himoyasida ishonchli xarakatlari bilan mahalliy muxlislarni quvontira oldi deyish mumkin. Ochig'i, ko'pchilik Husanovdan bu darajada o'yin kutmagandi, nazarimizda.
SHuningdek andijonliklar safida mavsum kashfiyoti deya Farhod Bekmurotovni ham aytish darkor. SHahrixonlik 21 yoshli futbolchi joriy mavsumdan boshlab, oliy ligada o'ynamoqda. Bu yil murabbiylar Farhodni 5ta o'yinda maydonga tushridi. Jami 228 daqiqa xarakat qilgan Bekmurotov 1ta gol urishga ham erishdi.



“Buxoro” – Islom Xoliqov
Mavsumga Aleksandr Mochinov boshchiligida tayyorgarlik ko'rgan va birinchi davrani aynan ushbu murabbiy qo'li ostida o'tkazgan buxoroliklar safida bu yil ko'plab yoshlar xarakat qildi. Birinchi davrada 20 yoshli Islom Xoliqovga 7ta o'yinda ishonch bildirildi. Oliy ligada debyutini o'tkazgan ushbu futbolchi jami 307 daqiqa maydonda to'p tepdi. Ammo keyinchalik Xoliqovni uchratmadik. 


“So'g'diyona” – Sanjar Rihsiboev
Davron Fayziev bu yil ham asosiy etiborni yoshlarga qaratdi. Buning natijasida ko'plab futbolchilar oliy ligada o'ynay boshladi. Ulardan biri Sanjar Rihsiboevdir. “Bunyodkor” yoshlar jamoasidan kelib qo'shilgan 22 yoshli futbolchi bu yil jizzaxliklar safida 17ta o'yin o'tkazishga erishdi. Jami 764 daqiqa xarakat qilgan Sanjar 2ta gol ham urishga erishdi. SHuningdek kashfiyotlar haqida gap borganida Sanjar Rashidov bilan Muzaffar Muzaffarovni ham bu borada alohida etirof etish lozim. Ammo ular o'tgan yiliyoq oliy ligada o'ynay boshlagandi. Joriy mavsum “So'g'diyona”ning markaziy yarim himoyasida ushbu iqtidorli futbolchilar katta hajmdagi ishni bajardi.

“Dinamo” – Jasur Azimov
Samarqandliklar tarkibida Jasur Azimov boshqalarga nisbatan ajralib turdi. 21 yoshli futbolchi jami 19ta o'yinda ishtirok etib, 1051 daqiqa maydonda xarakat qildi. SHuningdek Otabek Zokirovni ham aytish joizdir. O'tgan yili “Neftchi” tarkibida o'ynagan futbolchi joriy mavsum “Dinamo” tarkibida 30ta bahsda maydonga tushgani tahsinga loyiqdir.



Islombek Rustambekov.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика