Handanovich faoliyatini tugatish variantini ko'rib chiqmoqda
05 dek 2022 17:40
Yangiliklar
Handanovich faoliyatini tugatish variantini ko'rib chiqmoqda
Joriy mavsum sloveniyalik uchun oxirgisi bo'lishi mumkin.
"Inter" darvozaboni Samir Handanovich joriy mavsum oxirida faoliyatini yakunlash haqida o'ylamoqda. Bu haqda "Sport Mediaset" xabar bermoqda.
38 yoshli sloveniyalikning "neradzurri" bilan bitimi 2023 yilning iyunigacha mo'ljallangan. Futbolchi Milan klubi bilan kelishuv muddati tugaganidan keyin faoliyatini yakunlamoqchi.
Oldinroq "Inter" Jeko bilan shartnomani uzaytirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar