So’nggi yangiliklar

20:52Аморим Фернандеш ва Майну "Ньюкасл"га қарши ўйнамаслигини маълум қилди  0 20:21"Хоразм" Аббосжон Отахонов билан шартномани узайтирди  0 19:55ОЧЛ-2. "Ал Аҳли" - "Андижон" (матнли трансляция)  28 19:28"Ливерпуль" спорт директори Салоҳнинг агенти билан музокара ўтказади, футболчи эса Африка Кубогида  0 19:00"Шунчаки, мен кучлилик қилдим". Это'О ва терма жамоа бош мураббийи ўртасидаги жанжал, иккита қайднома... Барчаси ҳақида батафсил гаплашамиз  0 18:47МЮ Семеньога таклиф билан чиқди, аммо рақобатчилардан кўпроқ тўлашга тайёр эмасди  0 18:26Фабрегас "Реал" ҳақида: "Барча футболчилар ўйнашга лойиқ, Алонсонинг вазифаси қийин бўлса керак"  2 17:50Риисе Клопп ҳақида: "Уни терма жамоа мураббийи сифатида кўряпман"  0 17:15МЮ ёзда "Олд Траффорд"ни "ремонт" қилмоқчи  0 16:35Перес Винисиуснинг "Реал"дан кетишини истамайди. Мадридликлар вингер билан шартномани иложи борича тезроқ узайтирмоқчи  5 16:00ПСЖ Луис Энрике билан уникал шартнома имзоламоқчи. Вазият аслида қандай?  0 15:42Игорь Сергеевнинг кейинги жамоаси номи маълум бўлди  22 15:21"Арсенал", "Ньюкасл", "Челси" ва Дортмунд "Боруссия"си "Марсель"нинг 18 ёшли ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  0 14:44"Фенербахче" президентининг кокаинга топширган тести мусбат чиқди  2 14:20Топ-клубда ўйнамай туриб, АПЛнинг асосий кашфиётларидан бирига айланган футболчи ҳақида  1

Hamza Karimov hozir qaerda? Yangiliklar

Hamza Karimov hozir qaerda?

Taniqli futbolchi Hamza Karimov oxirgi yillarda hech qaysi jamoada ko'rinish bermayapti.

 Futbolchilik faoliyati davomida asosan "Mashal" va "Nasaf" klublaridagi yorqin o'yinlari bilan muxlislar qalbidan joy olgan Karimovni so'nggi jamoasi hozircha "Andijon" bo'lib turibdi.  Ishqibozlarga yaxshi malumki,  "burgutlar" 2017 yili PRO-Ligada ishtirok etganida davralar oralig'ida Hamza Karimovni o'z tarkibiga qo'shib olgandi.  Ammo vodiy jamoasida u ko'p faoliyat yuritmadi.  Deyarli mavsum yakuniga etmasidanoq 41 yoshli futbolchi jamoa lagerini tark etdi.  SHundan so'ng Karimovni O'zbekistonningboshqa jamoalarida uchratmadik.  Yaqinda ijtimoiy tarmoq orqali Hamza bilan suhbatlashib,  bugungi kunda nimalar bilan band ekanligini so'radik. 

- Hamza aka, oxirgi yillarda sizni hech bir jamoada ko'rmayapmiz. Buni qanday izohlaysiz? 

- Ha,  shunday.  Hozircha uyda dam olyapman.  

- Yoshingiz ham 40 dan ortdi.  Balki futbolchilik faoliyatingizni yakunlagandirsiz? 

- To'g'ri,  butsalarimni mixga ilganimga ham ancha vaqt bo'ldi.  SHuning uchun ham hozirda futbol o'ynayotganim yo'q. 

- Sizni O'zbekistonda oxirgi marotaba "Andijon" safida o'ynaganingizni yaxshi bilamiz.  Aytishlaricha keyin faoliyatingizni xorijda ham biroz muddat davom ettirgansiz.  SHu rostmi? 

- Yo'q 2017 yili "Andijon"da qisqa vaqt o'ynadim. Keyin to'p tepishni bas qilganman.  

- Odatda futbolchilar butsalarini mixga ilgach,  ushbu tizimda qolib,  murabbiylikni tanlaydi yoki boshqa lavozimda ish yuritadi. Sizda  futbolchilikdan keyingi rejalar qanday? 

- Aytib o'tganimdek,  hozircha hech bir ish bilan shug'ullanayotganim yo'q.  Qarshida,  uyda dam olyapman.  Qolganini vaqt ko'rsatadi. 

- Futbolchilik davringizda muhim o'ringa ega bo'lgan murabbiyingiz Usmon Toshev hozirda "Buxoro"ni boshqarib kelmoqda.  Bu jamoa sizga begona emas. 

- To'g'ri,  oldin "Buxoro"da o'ynaganman. Lekin hozircha klubdan rasmiy taklif bo'lgani yo'q. Telefon raqamimni almashtirib yuborgandim. Extimol shuning uchun meni topisha olmayotgandir. Bunisi menga qorong'u. 

- Balki ushbu maqola saytimizda chiqgach,  Usmon Toshev siz bilan aloqaga chiqar? 

- Extimol shunday bo'lar...

- Kelajakda murabbiylikka o'qish rejangizda bormi? 

- Nasib qilsa, licenziya olish uchun o'qirman.



Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика