"Hamyurtlar Kubogi - 2016". Bosh sovrin mezbonlarda qoldi
16 apr 2016 14:45
Yangiliklar
"Hamyurtlar Kubogi - 2016". Bosh sovrin mezbonlarda qoldi
Toshkent viloyati futbol federaciyasi rahnamoligida tashkil qilingan musobaqada jami 48ta jamoa g'oliblik uchun kurash olib bordi. Finalga qaysidir manoda musobaqa mezboni bo'lgan Toshkent viloyati terma jamoasi va Andijonning "UzDongJu" klubi tarbiyalanuvchilari etib kelishdi. Gollarga boy tarzda o'tgan uchrashuvda Toshkent viloyati terma jamoasi yirik 4:0 hisobida g'alaba nashidasini surdi.
Uchinchi o'rin Andijonning boshqa bir jamoasiga nasib qildi. "Andijon-1" Yangiyo'l tumanidagi futbolga ixtisoslashgan maktab internat tarbiyalanuvchilaridan iborat jamoani yirik hisobda mag'lub etdi - 3:0.
Musobaqa yakunlangach, g'oliblarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Marosimda chiziqlar bo'yicha turnirning eng yaxshilari ham aniqlandi. SHu tariqa 27 marotaba o'tkazilgan "Hamyurtlar Kubogi" musobaqasi o'z yakuniga etdi.
3-o'rin uchun
"ANDIJON-1" - YAFMI-1 - 3:0
Gollar: Izzatilla O'rinov, 29 - 1:0. Behruz Jumaev, 31 - 2:0. Doniyor Ahmadaliev, 43 - 3:0.
FINAL
TOSHKENT viloyati t.j - "UZDONGJU" - 4:0 (2:0)
16 aprel. Qibray. "Qibray" markaziy stadioni.
Bosh hakam: Iskandar Zoitov.
Gollar: Hikmatilla Gaparov, 7 - 1:0. Hikmatilla Gaparov, 9 - 1:0. Farrux Hoshimov, 37 - 3:0. Iskandar Businov, 41 - 4:0.
Fikrlar