So’nggi yangiliklar

00:16"Байер" футболчисини "Бавария"га сотмоқда  0 23:50Илёс Зейтуллаев: "Бугун ютқазишга ҳақли эмасдик"  3 23:41Жамшид Саидов: "Ғалаба ҳар доим ёқимли"  0 23:16Тен Хаг Санчо билан мунозараси ҳақида: "Барчаси ортда қолди"  0 22:54Ибрагимович "Милан"даги фаолияти ҳақида: "Босим жуда катта. Нонуштага ҳам босимни еймиз"  0 22:37Расман: Довбик - "Рома" футболчиси  2 22:11Олимпиада. Испания Японияга имконият қолдирмади  21 22:00Суперлига. "Қизилқум" - "Бунёдкор" 1:0  0 21:40Суперлига. "Қизилқум" бу йил ҳисобидан иккинчи маротаба "Бунёдкор"дан устун келди  12 21:18Олимпиада. Марокаш АҚШ дарвозасига 4та гол урди ва ярим финалга чиқди  9 20:54Назорат учрашуви. "Динамо" - "Насаф" баҳсида ғолиб аниқланмади  0 20:35Жота - Роналду ҳақида: "Евро-2024 унинг термадаги сўнгги турнири деб ҳисобламайман"  0 20:17Эрик тен Хаг жароҳатлар ҳақида: "Бу ҳеч нимани ўзгартирмайди"  1 20:01Дуайт Йорк: "Хойлундда форвардга керак бўладиган Х-фактор йўқ"  0 19:37"Роналду билан ишлаш жуда осон эди" — Анчелотти  5

Hammasi javob o'yinida hal bo'ladigan bo'lsa, unda birinchi o'yin nimaga o'tkazildi? Yangiliklar

Hammasi javob o'yinida hal bo'ladigan bo'lsa, unda birinchi o'yin nimaga o'tkazildi?

12 avgust kuni O'zbekiston Kubogining yarim finalidan o'rin olgan dastlabki bellashuvlar o'tkazildi. "Paxtakor" o'z maydonida "Bunyodkor"ni qabul qilgan bo'lsa, "Lokomotiv" safarda "Nasaf"ga qarshi bahs olib bordi.

Birinchi o'yin natijalariga ko'ra, "Paxtakor" o'z uyida, "Loko" esa safarda mag'lub bo'ldi. Va javob bahsi oldidan ikkala jamoa ham qiyin vaziyatda qoldi. O'yindan keyingi matbuot anjumanida murabbiylar deyarli bir-biriga yaqin gaplarni gapirishdi. Eng asosiy gap "Bu birinchi o'yin, hammasi javob bahsida hal bo'ladi" bo'ldi.

To'g'ri, hammasi javob uchrashuvida hal bo'lishi ravshan, lekin unda birinchi o'yinlar nima uchun o'tkazildi? Nega murabbiylar birinchi o'yinni tahlil qilish o'rniga javob bahsiga umid qilishmoqda. Unday bo'lsa dastlabki o'yindagi xatolar qaerda qoladi? Masalan, "Nasaf" - "Lokomotiv" bahsini olaylik. "Lokomotiv" oliy ligada ham Qarshidan mag'lubiyat bilan qaytgandi. Bu safar ham shu takrorlandi. Vadim Abramov jamoasi yana to'p kirita olmay qaytishga majbur bo'ldi.



Buning ustiga o'z darvozasidan ikkita to'p o'tkazib yubordi va endilikda "Lokomotiv"ning 3:0 hisobida g'alaba qozonishi shart bo'ladi. "Nasaf"ga esa qoyil qolish kerak. Jamoa tartibli o'yin namoyish etgan holda "temiryo'lchilar"dan ustun keldi. "Nasaf" birinchi taymning o'zidayoq masalani hal qildi-qo'ydi. Ikkita chiroyli hujum va ikkita gol. "Lokomotiv" esa hech narsa qila olmadi. Bemalol aytishimiz mumkin, bu o'yinda avvalo Vadim Abramov yutqazdi.

Nagaev nega tushirildi? Nagaev nega almashtirildi? Bu o'yinda Ivan Nagaev ushbu mavsum hisobidan birinchi bor "Lokomotiv" tarkibida maydonga tushdi. Bo'lib ham Abramov unga boshlang'ich tarkibda o'ynash imkonini berdi. Endi savol tug'iladi: nima uchun "Nasaf"dek jiddiy raqib bilan kechgan bellashuvda Abramov bu yil hisobidan hali o'ynamagan Nagaevni maydonga tushirdi? Madomiki murabbiyning qaror shu ekan, buning ortidan ikkinchi savol yuzaga keladi: jamoa 0:2 hisobida yutqazayotgan bir paytda murabbiy nima uchun Nagaevni almashtirdi?

Nagaev maydonda 32 daqiqa to'p tepdi va bu vaqt oralig'ida hatto ofsayddan gol urishga muvaffaq bo'ldi. Ehtimol murabbiy unga ko'proq imkon berganida o'yindan ham to'p kiritgan bo'larmidi? Mayli, Abramov Kubok o'yini bo'lgani uchun ham Nagaevga imkon berdi deylik, lekin nima uchun birinchi taymdayoq almashtirdi? Keyin nima bo'ldi dersiz? Avvalo Temurxo'janing bir o'zi hujumda yolg'izlanib qoldi, qolaversa "Nasaf" himoyachilari buyog'iga engil tin olib bemalol harakat qila boshlashdi. CHunki Nagaev o'zining tezkorligi bilan raqib darvozasi tomon xavf solib turgandi hamda "Nasaf" himoyachilarini shoshirib qo'yayotgandi. Ammo u chiqib ketgach, maydon egalari buyog'iga bemalol o'ynay boshlashdi. Temurxo'ja tomonidan xavf deyarli kuzatilmadi. Buning ustiga Kapadzening tushishi o'yinni yanada sekinlatib qo'ydi.



"Nasaf" bosh murabbiyi ajoyib bo'lmasa-da, jamoa bo'lib o'ynaydigan tarkibni shakllantira oldi. Ro'ziqul Berdiev avvalo jamoa sxemasini yo'lga qo'ydi, keyin shunga monand futbolchilarni joylashtirib chiqdi. Va qarabsizki, "Nasaf" yaxshi o'yin namoyish etib kelmoqda. "Lokomotiv"da esa yil boshidan beri asosiy tarkib tushunchasi mavjud emas. To'g'ri, jamoaning o'zagi bor, lekin Abramov nimagadir deyarli har o'yinda asosiy tarkibni o'zgartirib turadi. Masalan, birinchi davrada Mamur Ikromov chempionat o'yinlarida darvozani qo'riqlagan bo'lsa, Ignatiy Nesterov asosan Kubok bellashuvlarida maydonga tushdi. Ikkinchi davraga kelib esa buning aksi sodir bo'lmoqda. Endilikda Nesterov chempionatda, Ikromov Kubokda o'ynab kelyapti.

Maydondagi o'yinchilar ham shu holatda. Bir qarasang, Bikmaev asosiy tarkibda tushadi, bir qarasang zaxirada qoladi. Bikmaev bahorda "Al Sadd" darvozasiga ikkita to'p kiritganidan keyin tuppa-tuzuk o'ynab turgandi, lekin Vadim Abramov uni yana zaxirada ushlay boshladi. Keyinchalik katta Jasur Hasanov bilan ham shu holat sodir bo'ldi. Aslida-ku, Jasur Hasanovga o'xshagan tajribali yarim himoyachilarni zaxirada ushlab o'tirish kerakmas, uni o'yin boshidanoq tushirgan maqul. Yana "Nasaf" bilan bo'lgan o'yinga qaytamiz.

Birinchi taym oxirlarida Temurxo'ja Abduxoliqov "qizil" olib maydonni tark etganidan so'ng "Lokomotiv" hujumchisiz qoldi. CHunki Nagaev bungacha almashtirilgandi. Natijada ikkinchi taymda hammasini boshidan boshlashga to'g'ri kelardi. Lekin "temiryo'lchilar" ustozi nima qildi? Zaxirada ikki nafar hujumchi - Marat Bikmaev va Mo'ydin Mamazulunov bo'lishiga qaramay, murabbiy yarim himoyachilarni maydonga tushirdi. Avvaliga Jasur Hasanov, undan keyin Dilshod Rahmatullaevni. Bizningcha, bu ham tushunarsiz qaror bo'ldi. CHunki "Lokomotiv"ga javob bahsida oson bo'lishi uchun hech bo'lmasa bitta gol urishi talab etilardi, buning uchun esa maydonda hujumchi bo'lishi kerak edi. Ammo "Loko" ikkinchi 45 daqiqani hujumchisiz o'tkazdi, bu esa "Nasaf"ga juda qo'l keldi.



Garchi ikkinchi bo'limda "Lokomotiv" ko'proq to'p bilan muomala qilgandek ko'rinsa-da, golga tortadigan xavfli vaziyatlar deyarli sodir etilmadi. Faqat o'yinning oxirgi daqiqasida berilgan zarbani inobatga olmaganda. Ammo o'sha vaziyatda Eldor Suyunov jamoasini goldan qutqarib qoldi. O'yindan keyingi matbuot anjumanida "Nima uchun qizil kartochka olgan Temurxo'ja Abduxoliqov o'rniga hujumchini tushirmadingiz?" degan savolga  Vadim Abramov "Yana gol o'tkazib yuborishdan xavotirga tushdik, shuning uchun yarim himoyachini maydonga tushirdim" deb javob berdi. Bu gapi bilan murabbiyning gol urishga harakat qilmagani kelib chiqmayaptimi? Murabbiy to'p o'tkazib yuborishdan xavotirga tushgan, hisobni qisqartirishni o'ylamagan degan taxminga borish mumkinmi?

Aytib o'tganimizdek,  javob bellashuvida "Lokomotiv"ga juda qiyin bo'ladi. Bahorda bu jamoa safarda "Al Sadd"ga 2:6 hisobida mag'lub bo'lib qaytgan, lekin Toshkentdagi uchrashuvda 5:0 hisobida g'alaba qozongandi. Bizningcha, Abramov "Nasaf" bilan o'yinda ham shunday mo'jiza ro'y berishiga umid qilmoqda. Ammo mo'jiza yana ro'y berarmikan? Negaki "Nasaf" ham anoyilardan emas va tayyor imkoniyatni qo'ldan chiqarib yuborishni xohlamaydi, qolaversa, Ro'ziqul Berdiev "Lokomotiv"ning kuchli-kuchsiz tomonlarini "Al Sadd" murabbiyiga nisbatan yaxshiroq biladi va bu ham katta rol o'ynashi tabiiy hol. Lekin ikkinchi tomondan yarim finalning javob bahsi yanada qiziq o'tishiga shubha yo'q va biz ham shu o'yin sanasi tezroq kelishini kutib qolamiz.

Jasur Aslanov.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика