So’nggi yangiliklar

00:43Мбаппеда бир неча ойдан бери руҳий муаммолар бор (L’Equipe)  1 00:16Тайрелл Маласиа 17 ой деганда майдонга қайтмоқда. У бугун ўринбосарлар сафида футбол ўйнайди  0 23:33Шомуродов, Ашурматов ва Файзуллаев ҳам қўшилди. Ўзбекистон МТЖнинг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 23:19Фрэнк Лэмпард мураббийликка қайтиши мумкин, аммо...  0 22:50Лисандро Мартинес жароҳат сабаб Аргентина терма жамоаси ўйинларида иштирок этмайди  0 22:10Родри "Олтин тўп"да кимларга овоз берган бўларди? Футболчининг ўзи жавоб берди  10 21:42Элдор Шомуродов: "Қатарга қарши ғалаба учун майдонга тушамиз, аммо гол ўтказиб юбормаслик ҳам жуда муҳим"  14 21:07"Ливерпуль" академияси: Сен ёлғиз эмассан  1 20:51Рустам Ашурматов: "Жамоавий ўйин бўйича Қатардан устунроқмиз"  3 20:0112 йиллик армон ёхуд "Насаф"ни чемпион қилган Рўзиқул Бердиев билан эксклюзив интервью   7 19:32ПСЖ бу сафар Тибо Куртуани сотиб олишга уриниб кўрмоқчи  3 19:13Рафинья Ямалга 10 минг фунтлик тилла "iPhone" совға қилди  6 18:41Неймар: "Шу ҳафтанинг ўзида 3 та фейк хабар чиқди. Бразилия менга бундай муносабатда бўлаётганидан хафаман"  12 18:10Беларусь терма жамоаси ҳужумчиси виза билан муаммо туфайли Миллатлар Лигаси учрашувини ўтказиб юборади  0 17:46"Бавария" Ян Кристиан Дризен билан шартномани узайтирди  1

Hamma narsa omadga bog'liq... Yangiliklar

Hamma narsa omadga bog'liq...

Teglar :  O'zbekiston MTJEron
Bugun terma jamoamiz o'ta muhim bahsni o'tkazadi.

Bu uchrashuv qanchalik yuqori ahamiyat kasb etishi va undagi qo'lga kiritiladigan ochko bizga suv va havodek zarurligi haqida ortiqcha to'xtalib o'tirish shart bo'lmasa kerak.

Babayan boshchiligidagi terma jamoamiz Osiyoning eng kuchli va engilmas jamoasiga qarshi, Eronda, "Ozodi" stadionida saf tortadi. Stadiondagi "qaynoq" muhit va 100 mingdan ziyod ishqibozlar o'z suyuklilarining mundial chiptasini qo'lga kiritishlarini kutishlari aniq. Bizning asosiy maqsad va vazifamiz, Eronning mundial chiptasini rasmiylashtirishini keyinroqqa qoldirishdan iborat. O'zbekiston terma jamoasi Tehronga eronliklarning bayramini kechiktirish "missiya"sini amalga oshirish uchun borishgan. Ularning bayramlarini buzish bizga oson kechmasligi turgan gap. Biz nafaqat ularning JCH chiptasini kechiktirishni, balki o'zimiz ham o'sha "chipta"ni qo'lga kiritish uchun imkoniyatlarimizni yaxshilab olish uchun yaxshi niyatlar bilan Tehronga safar qilganmiz.

ERON

Hozir raqibimiz Eron terma jamoasining o'yin uslubi va tarkibi haqida biroz gaplashsak.
Karlos Keyrush JCH-2018 3-saralash bosqichida hozirga qadar 20 nafardan ortiq futbolchilarning xizmatidan foydalandi.
Yani, Eron tarkibida istalgan vaqtda maydonga tushib, jamoasi o'yinini kuchaytirishi mumkin bo'lgan deyarli ikkita teng kuchli tarkib mavjud.
Bu bosqichda Keyrush faqatgina bir futbolchini barcha uchrashuvlarda asosiy tarkibda o'ynatib kelmoqda. Bu markaziy yarim himoyachi Said Izzatullohi. Hozircha ushbu futbolchini almashtira oladigan futbolchi tarkibda topilmayapti. Eron terma jamoasining markazdagi ustunligi va himoya hamda hujum o'rtasidagi bog'liqlikni belgilab beruvchi futbolchi aynan Izzatullohi sanaladi.
SHuningdek, Karlos Keyrushning yana bir yoqimtoy futbolchisi bu Amiri. Amiri ham Izzatullohi singari barcha bellashuvlarda maydonga tushgan futbolchi. Farqi shundaki, Amiri asosan zaxiradan maydonga tushadi va Eronning o'yiniga ruscha aytganda "svejost" qo'shadi.


Qolgan poziciyalar bo'yicha Eron terma jamoasida muqobil variantlar etarlicha. Karloch Keyrush asosan bitta asosiy tarkibni aniqlab olib, qolgan futbolchilarni iloji yo'q vaqtda maydonga tushirishga odatlanmagan. Terma jamoadan chaqiruv oladigan har bir futbolchini bemalol Eronning asosiy tarkib futbolchisi sifatida aytish mumkin. Ular uchun asosiy tarkibda paydo bo'lish yangilik emas. Har birida katta tajriba va o'yin amaliyoti etarlicha. Eronning eng katta ustunliklaridan biri ham aynan mana shu jihatda. Masalan, jamoaning asosiy hujumchilaridan biri Sardor Azmun jarohat olganda yoki diskvalifikaciya tufayli o'yinni o'tkazib yuborishiga to'g'ri kelsa, unda bu Eron uchun katta muammo tug'dirmaydi. Uning o'rnida Taremi, G'ochannajod yoki Ansarifad bemalol o'ynayveradi.
Eron terma jamoasidagi barcha hujumchilar ushbu ciklda gol urishga erishishgan va ularning har biri xavfli.
Hozirgi kunda Eron terma jamoasining eng xavfli futbolchilari bu Karim Ansarifad va Sardor Azmun, desak mubolag'a bo'lmaydi.
Eron terma jamoasining ko'plab hujumlari va gollari aynan Ansarifadning xizmatlari evaziga yuzaga keladi.
Azmun esa nafaqat hujumlarni samarali yakunlashda kuchli, balki bir o'zi individual harakatlari evaziga vaziyat yarata oladigan hujumchi.

Eron terma jamoasining saralash bosqichidagi gollari asosan o'ng qanotdan tashkil etiladigan va markazdan uyushtiriladigan hujumlar orqali vujudga kelgan. Eron faqatgina bir marta, bizga qarshi bahsda standart vaziyatidan keyin gol urgan. qolgan gollari esa o'yindan kiritilgan.

Eronning darvozasidagi "zanjir"ni hozircha hech bir jamoa echishga muvaffaq bo'lgani yo'q. Oxirgi marta Eron darvozasini "Ozodi"da ishg'ol etgan futbolchi ham o'zbek. Eronni so'nggi marta "Ozodi"da mag'lubiyatga uchratgan jamoa ham O'zbekiston bo'lib turibdi.
Eron terma jamoasi darvozasini hech kim ishg'ol etolmayotgani raqiblarga bosim taqdim etayotgan bo'lsa, ularni oxirgi marta ranjitgan jamoa aynan O'zbekiston ekanligi ham forslarga bosim yuklashi aniq.


Eron safida JCH-2018 3-saralash bosqichida maydonga tushgan futbolchilar ro'yxati:

Darvozabonlar: Alirizo Beiranvand, Makani.

Himoyachilar: Ramin Rizoain, Jalol Hussayni, Pejman Muntazari, Puraliganji, Milad Muhammadi, Ehson Hojisafi, Vuria Gaffuri.

Yarim himoyachilar
: Izzatulloh Purgaz, Said Izzatullohi, Masud SHojai, Ashkan Dejaga, Alirizo Jahonbahsh, Mehdi Turobi, Vohid Amiri, Teymuryan, Ibrahimi.

Hujumchilar
: Mehdi Taremi, Rizo G'ochannajod, Karim Ansarifad, Sardor Azmun.


Eron terma jamoasining gollari kimlar urgan?
Taremi (Xitoy darvozasiga, o'ng qanotdan boshlangan hujumdan keyin)
Taremi (Qatarga qarshi o'yinda, markazdan to'p uzatish orqali yakkama-yakka vaziyat va gol)
Azmun (Koreya, o'ng qanotdan tashkil etilgan hujumdan keyin kiritilgan gol)
Hussayni (O'zbekiston, standart vaziyatidan keyin, bosh bilan urilgan gol)
Rizo G'ochannajod (Qatar, darvozabon xatosidan keyin)
Alirizo Jahonbahsh (Qatar, markazdan uzatilgan to'p va uzoqdan zarba)


O'ZBEKISTON
Terma jamoamiz tarkibida bir qator yo'qotishlar mavjud. Asosiy tarkib futbolchilarimizdan Vitaliy Denisov, Islom To'htaxo'jaev va Marat Bikmaev jarohatlari tufayli muhim bahs oldidan safdan chiqishdi. Eng yomon tarafi, o'ng qanotda Babayan sinagan va o'ynatib kelgan Islom To'xtaxo'jaev jarohat oldi. CHap qanot himoyachimiz Denisov ham jarohatda. Oxirgi o'yinlarda Islom To'xtaxo'jaevni zaxiraga o'tkazib qo'ygan Davron Hoshimov ham kichik jarohati tufayli bugun maydonga tushmaydi.


O'ng qanotda kim o'ynaydi? Babayan qo'l ostida ilk marotaba yig'inga jalb etilgan va katta tanaffusdan keyin terma jamoaga qaytgan Akmal SHorahmedov bugun boshlang'ich tarkibda tushadi. Akmal SHorahmedov katta tajribaga ega va bugun aynan uning boy tajribasi o'ng qanotdagi kemtiklarni to'ldirishiga ishonsa bo'ladi. Aslidaku o'ng qanot egasi ikkita bo'lsa, o'shandan biri Akmal SHorahmedov bo'ladi. SHu boisdan ham Hoshimov va To'xtaxo'jaevning yo'qligi ortiqcha muammo bo'lmasligi kerak. Faqatgina SHorahmedovning Babayanning uslubiga qanchalik ko'nikib, moslashib ketgani nomalum.
CHap qanotda esa doimgi Denisovning muqobili bo'lib kelgan Stanislav Andreev bugun maydonga tushadi. Babayan terma jamoaga kelganidan keyin Andreevga terma jamoa eshiklari ochilgandi. Andreev 2-saralash bosqichida bir qator uchrashuvlarda maydonga tushgandi. Ammo qanchalik g'alati eshitilmasin, 3-saralash bosqichida Andreev hozircha umuman maydonga tushgani yo'q. Bugun barcha Andreevdan faoliyatidagi eng yaxshi o'yinlaridan birini o'tkazishini kutadi. Eron asosan o'ng qanotdan, yani Andreevning joyidan hujumga o'tishini inobatga olsak, Stas bugun o'zini to'liqligicha ko'rsatishga majbur. Andreev ko'plab tanqidlarga munosib javob berishi uchun ajoyib imkoniyatga ega. Buyog'i endi o'ziga bog'liq.
Markaziy himoyadagi juftlik aniq, Krimec hamda Anzur Ismoilov.
Tayanch zonasida esa Vadim Afonin hamda Aziz Haydarov raqib hujumlarini buzish va hujumlarimizga yo'nalish berish bilan band bo'lishadi.
O'ylaymizki, Haydarov va Afonin tandemi Eronning markazdagi "yuragi" Izzatullohining "yopib" qo'ya oladi.

Terma jamoamizning 3-saralash bosqichidagi to'purari, Oliy ligada joriy mavsumda eng yaxshi goleador bo'lib turgan Marat Bikmaevning Tailandga qarshi bahsdagi jarohati barchani ko'nglini xira qildi.
Demak Babayan yana hozircha golsiz ishtirokini davom ettirayotgan hujumchimiz Igor Sergeevni o'ng qanot hujumiga qo'ysa ajab emas.
Hujum markazi esa Tailandga qarshi o'yindagi goli bilan o'ziga joyni naqd qilgan Temurxo'jaga bo'shatiladi. CHap qanot hujumida esa Oliy ligada gol ura olmayotgan Eldor SHomurodov bilan to'ldiriladi.

Hujumchi ortida esa jamoamiz etakchisi va sardori Odil Ahmedov harakat qiladi.

Babayan bugun katta ehtimol bilan 4-2-3-1 taktik sxemasidan foydalanadi.

Eron bilan tarkibdagi tanlovlar bo'yicha eng asosiy farqimiz, bu bizda bazi poziciyalarda muqobil variant yo'qligi yoki ularda o'yin amaliyoti kamligi.

Eron nafaqat o'rtoqlik uchrashuvlarida, balki rasmiy bahslarda ham barchani o'ynatib, ularni asosiy tarkib futbolchisi ekanligiga ishontira oldi. Eronda zaxira futbolchisi, degan atama yo'q. Bizda esa shu narsa asosiy tarkibdagi bir qator futbolchilar jarohat olgan payt pand bermoqda.


Bizni juda qiyin va muhim o'yin, hayot-mamot uchrashuvi kutib turibdi. Ko'pchilik Eronning qanday kuchga ega ekanligi, ularni mag'lub etish naqadar mushkulligini bilib turibdi. Ammo bu narsa bizni qo'rqita olmaydi. Biz avval ham Eronni Tehronda taslim etganmiz. Bugun ham ushbu ishni takrorlash uchun 90 daqiqa mavjud.


O'zbekiston terma jamoasi safida JCH saralash bosqichida maydonga tushgan futbolchilar:

Darvozabon: Aleksandr Lobanov
Himoyachilar: Anzur Ismoilov, Vitaliy Denisov, Islom To'xtaxo'jaev, Egor Krimec, Davron Hoshimov, Aleksandr Merzlyakov,

Yarim himoyachilar: Otabek SHukurov, Server Jeparov, Javohir Sohibov, Odil Ahmedov, Sardor Rashidov, Eldor SHomurodov, Aziz Haydarov, Jaloliddin Masharipov, Vadim Afonin,

Hujumchilar: Igor Sergeev, Aleksandr Geynrix, Temurxo'ja Abduxoliqov.


Kimlar gol urgan?
Geynrix (Suriya), Krimec (Qatar), Bikmaev (Xitoy), Otabek SHukurov (Xitoy), Bikmaev (J.Koreya), Odil Ahmedov (Qatar)


Aleksandr Lobanov terma jamoamizning barcha o'yinlarida to'liq o'ynagan

Terma jamoamiz kiritgan 6ta goldan uchtasi o'yindan urilgan. Aleksandr Geynrixning Suriyaga urgan goli va Marat Bikmaev Xitoy darvozasini o'yindan tashkil etilgan hujum evaziga ishg'ol etgandi. SHuningdek, Janubiy Koreya bilan o'yinda Bikmaev darvozabonning xatosidan keyin gol kiritgandi. Qolgan uchta golimiz esa standart vaziyatlaridan keyin kiritilgan. Bizning asosiy qurolimiz bu standart vaziyatlari. 

Ko'pchilik Eronni mag'lub etish uchun Babayan to'g'ri taktika tanlashi kerakligini aytmoqda. Men boshqacha gapiraman, bu erda gap taktikada emas. Taktika bo'yicha Keyrush bilan bellashish birmuncha qiyin. Eron taktik o'yin borasida tengsiz va ularning engilmasligiga ham aynan murabbiyning taktik yurishlari, taktik chizgilari sababchi.
Tan olish kerak, Babayan taktik jihatdan Keyrushni mag'lub etishi juda qiyin. Ammo futbolda imkonsiz narsaning o'zi yo'q.
Biz Eronni taktik jihatdan emas, katta omad evaziga mag'lub etishimiz mumkin. Futbolda, umuman barcha sohada omad kerak. Busiz iloji yo'q.

Yodingizdami, Qatarda kechgan o'yin? O'shanda omadimiz chopgandi. Yoki Suriya bilan bahsda omadimiz kelmagani uchun yutqazdik. Bu ciklda terma jamoamizning ko'plab o'yinlari omad evaziga hal bo'lmoqda. Bunga o'rganib qoldik. Eron taktik taraflama, o'yin bo'yicha, himoyadagi qurg'on borasida juda kuchli. Tarkib jihatdan ham ularda keng tanlov mavjud. Ko'plab futbolchilari evropa milliy chempionatlarda, yaxshi darajadagi jamoalarning asosiy tarkib futbolchilari sanalishadi.
Lekin bugun omad biz tarafda bo'lsa bo'lgani. Qolgani bekor. Buning uchun maydonga tushadigan futbolchilarimizdan katta mehnat va fidoiylikni kutamiz. Harakatda barakat, deb bejizga aytishmagan.
Barchamiz bir narsani istaymiz va shunga umid qilamiz, bugun omad terma jamoamiz tarafida bo'lsin.
"Ozodi"da Eronni ranjitish O'zbekistonning qo'lidan keladi.

Omad sizga yor bo'lsin!


SHahboz Beg'amov

Reyting: -22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика