So’nggi yangiliklar

21:55Бундеслиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  0 21:31Осиё Кубоги саралаши. Тожикистон Мальдив оролларидан устун келди, "Хоразм" футболчиси гол урди  0 21:15"Манчестер Юнайтед" Магуайр билан шартномани узайтирмоқчи  4 20:48Фабио Каннаваро: "Ғалаба билан бошлашимиз муҳим эди"  20 20:39ЖЧ-2034 2034 йилда бўлмаслиги мумкин  4 20:05Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон - Кувайт 2:0  13 19:59"Реал" асосий футболчиси фаолиятини якунлаш ҳақида ўйлаб қолган  0 19:58Ўртоқлик учрашуви. Каннавародан ғалабали дебют, Ўзбекистон Кувайтдан устун келди  117 19:38"Бу ғирт тентаклик": Рабьо Австралияда ўтадиган "Милан" – "Комо" учрашувини танқид қилди  1 19:12МЮ асосий футболчиси тез орада жамоа машғулотларига қайтади  0 18:44Аббос Файзуллаев жароҳат олди  7 18:10Элдор Шомуродов Азиз Ҳайдаровга етиб олди   4 17:35"Манчестер Юнайтед" "Ливерпул"нинг трансфер мақсади учун "катта пул" тўлашга тайёр  1 17:04"Барселона" Бундеслиганинг энг яхши ҳужумчиларидан бирини сотиб олишга тайёр. Нархи ошкор қилинди  6 16:35Малайзиянинг қонунни "айланиб ўтиш" уриниши ўхшамай қолди  1

Hamidullo Abduhamidov: "Jarohatlardan so'ng futbol bilan xayrlashish fikri paydo bo'lgan edi" Yangiliklar

Hamidullo Abduhamidov: "Jarohatlardan so'ng futbol bilan xayrlashish fikri paydo bo'lgan edi"

"Neftchi", "Qo'qon-1912" jamoalarida to'p tepgan futbolchi o'tgan mavsumni Toshkentda o'tkazgan edi.

Gap hujumchi Hamidullo Abduhamidov haqida ketmoqda. Futbolchi yangi mavsum oldidan jarohatdan so'ng futbolga qaytishi va rejalari haqida fikrlarini bildirdi. 

- 2024 yilni Pro liganing "Do'stlik" jamoasida o'tkazdim. Ikki yillik tanaffus va jarohatlardan so'ng yana futbolga qaytganimga xudoga shukur qilaman. Jarrohlik amaliyotidan so'ng tushkunlikka tushib qoldim va futbol bilan xayrlashish fikri uyg'ondi. Lekin ota-onam, yaqinlarimning dalda berib turgani uchun yana maydonga qaytdim. O'tgan mavsum men uchun kutilganidan yaxshi o'tdi deya olaman

- Yoshligimdan futbol bilan shug'ullanganman. Qaytishni so'z bilan tariflab bera olmayman. "Do'stlik" jarohatdan qaytganimga qaramay qabul qildi va o'yin amaliyoti berdi. CHempionat davomida bir nechta gollarda ishtirok etdim. Jamoaga yordam berishga harakat qildim. Afsuski, tarkibimiz yangi va yosh futbolchilardan tashkil topgani sababli tajriba etishmadi. 

- Rejalarim yaxshi jamoada to'p tepish va sport formamni yuqori darajaga olib chiqish. Ayni paytda bir nechta jamoalardan takliflar bor. Ular orasida xorij jamoalari variantlari yo'q emas. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика