So’nggi yangiliklar

23:32Эрон нашрлари Машарипов жароҳати жиддий деб ёзишмоқда. Футболчи бу саволга ўзи жавоб берди  0 23:24"Милан" ва "Ал Ҳилол" қизиқаётган Нуньес мавсумолди ўйинларида 5 та гол урди, у ўтган мавсум АПЛда шундай натижа қайд этган эди  0 23:04Ўртоқлик ўйини. "Ливерпуль" Ла Лига жамоасини таслим қилди, мухлислар 20-дақиқада Жота хотирасига бир дақиқа қарсак чалишди  0 22:15Шешко МЮга ўтишни хоҳлаяпти, аммо "Ньюкасл" вариантига ҳам қарши эмас  0 21:31Лука Модрич: "Мен 13 йилни дунёнинг энг буюк клубида ўтказдим, энди эса ўтмишда ҳозирги "Реал" даражадаси бўлган клубга келдим"  4 20:48"Ал Насср" Роналду орқали МЮ собиқ футболчисини ўз сафига қўшиб олиши мумкин  0 19:59Миш-мишларга чек қўйилди: Лунин Мадридда қолади  0 19:33"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи: "Менга кўп футболчилар керак эмас"  4 19:05ТОП-5 қачон бошланади? Жамоалар янги мавсумга қандай тайёрланмоқда?  6 18:40Легионер посбон, Фарғонада ютган мураббий, дублга эришган футболчи ва собиқ клубига гол урган ҳужумчи — Суперлигада 16-турнинг энг яхшилари   2 18:28"Барселона" "Тэгу"ни йирик ҳисобда мағлуб этди — битта гол Рэшфорд ҳисобида  2 18:10Плетнёв, Таҳсин, Токотаев, Санчес... Суперлига 16-тур рамзий терма жамоаси   8 17:50Машинани эмас, ҳайдовчини алмаштириш керак  9 17:36Манба: Аббос Файзуллаев Конференциялар Лигаси учрашувини ўтказиб юборади  7 17:24Фарғона давлат университети стадиони Про лига баҳсига мезбонлик қилади  9

Hamidjon Aktamov: Toshkentda ijobiy natija uchun maydonga tushamiz Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: Toshkentda ijobiy natija uchun maydonga tushamiz

Bugun oliy liga o'n uchinchi turining kechiktirilgan Lokomotiv - Qizilqum jamoalari uchrashuvi bo'lib o'tadi. Mazkur o'yin oldidan navoiyliklar bosh menejeri Hamidjon Aktamovning fikrlari bilan qiziqdik.
- Davralar oralig'ida jamoamiz tarkibini bir qator yangi o'yinchilar bilan to'ldirishga urindik, - deydi Hamidjon G'ulomovich. - Birinchi davrada “Qizilqum” jamoasida to'p surgan yarim himoyachi Sarvarjon Xolmatov, ukrainalik legionerlar Andrey Derkach, Vyacheslav SHevchenko boshqa klublarga o'tdi. Ularga klubimiz nomidan keyingi faoliyatlarida omadlar tilaymiz. Jamoamizni tark etgan o'yinchilar o'rniga Hamza Karimov, Erkin Boydullaev (“Nasaf”), Nemanya Yovanovich (“Andijon”), Vohid SHodiev (“Perak”, Malayziya), Jasur Hasanov (“Lokomotiv”), SHukur Jumaboev (“Cementchi”)larni taklif etdik.

Yozgi tatilni boshqalarga nisbatan barvaqtroq yakunlayapmiz. CHunki bugun 13-turning qoldirilgan o'yinida Toshkentning “Lokomotiv” futbolchilariga qarshi maydonga tushamiz. Jamoamiz ikkinchi davraga asosan poytaxtimizda hozirlik ko'rdi. Ko'plab yangi futbolchilarni ko'rikdan o'tkazdik. Klubimiz murabbiylar shtabiga maqul bo'lgan o'yinchilar bilan shartnomalar imzolandi.

Jamoamiz va muxlislarimizning ikkinchi davradan umidlari juda katta. Mavsumning ikkinchi yarmiga yuqori saviyada tayyorgarlik ko'rish uchun Navoiy viloyat hokimligi va xomiylarimiz tomonidan barcha shart-sharoitlar muhayyo qilib berilganligini alohida takidlamoqchiman.

Bugun chempionat peshqadamlaridan biriga qarshi maydonga tushamiz. SHu bois, uchrashuv oson kechmasligini taxmin qilish qiyin emas. Oldinda - barchamizni shiddatli o'yin kutmoqda. Unda chiroyli futbol namoyish etib, Toshkentdan ijobiy natija bilan qaytishga harakat qilamiz. Tarkibimizda jiddiy yo'qotishlar yo'q. Yigitlarimizning kayfiyati alo darajada. SHunday ekan, barcha muxlislarimizni stadionga taklif qilamiz.

Eslatib o'tamiz, Lokomotiv - Qizilqum jamoalari uchrashuvi bugun, yani, 28 iyul kuni soat 20.00 da boshlanadi. Uchrashuv poytaxtimizdagi TTYMI stadionida bo'lib o'tadi.

Qizilqum PFK Matbuot xizmati.
Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика