So’nggi yangiliklar

22:55Шерзод Насруллаев: "Бу ҳали бошланиши, бундай ғалабалар кўпроқ бўлишига ҳаракат қиламиз"  7 22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  4 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  219 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  9 20:29"Барселона" Шенсни бўйича қарор қабул қилди  2 19:52Хаби Алонсонинг "Реал" бош мураббийи этиб тайинланганидан кейинги илк фикрлари  7 19:25"Милан" янги спорт директорини тайинлади. Жамоани қайта тиклаш учун ким жавобгар бўлади?  7 19:02Дониёр Саидов: "Тажрибали мураббийларнинг тактик курашига гувоҳ бўламиз"  0 18:49Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" – "Андижон". Таркиблар маълум  14 18:37"Насаф"нинг Суперкубок баҳси учун "Бунёдкор"га етиб келишидан суратлар  1 18:28"Андижон"нинг Суперкубок учрашуви учун стадионга етиб келишидан суратлар  9 18:16Асрор Алиқулов: "Биринчи бўлимда бизга иккинчи бўлимдаги каби шижоат етишмади"  0 18:00БАА - Ўзбекистон учрашувини катта экранда томоша қилишни истаганлар диққатига!   12 17:54Ўзбекистон Суперкубоги-2025. "Бунёдкор" стадиони учрашувга шай ҳолатда  2

Hamidjon Aktamov: “Qimmatli ochkolarni yo'qotdik” Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: “Qimmatli ochkolarni yo'qotdik”

Oliy liga yigirma birinchi tur doirasida “Qizilqum” - “Qo'qon-1912” jamoalari uchrashuvi (1:1) nihoyasiga etgach, matbuot anjumani ikkinchi qismida mezbonlar bosh menejeri Hamidjon Aktamov qatnashdi.
- Bugungi uchrashuvda g'alaba qozonib, muxlislarimizga hayit bayramiga munosib sovg'a tayyorlamoqchi edik,  - deya so'z boshladi Hamidjon G'ulomovich. - Afsuski, jamoamiz buning udddasidan chiqa olishmadi. Qolaversa, oliy ligada o'z o'rnini saqlab qolishga urinayotgan “Qo'qon-1912” jamoasi ham bunga imkon bermadi. CHempionat taqvimida yuzaga kelgan  yigirma kunlik tanaffusdan unumli foydalana olmadik. Bir necha nazorat o'yinlari o'tkazishni rejalashtirgan edik. Afsuski, ayrim sabablar tufayli bu amalga oshmay qoldi. Bu esa bugungi o'yinimizga o'z tasirini o'tkazdi.

Muxlislar ikki bo'limda ikki xil o'yinga guvoh bo'ldilar. Har ikkala jamoada ham golga tortadigan vaziyatlar etarli bo'lgan bo'lsa-da, afsuski yigitlarimizga hal qiluvchi pallada sovuqqonlik etishmadi. Bir so'z bilan aytganda, bugun jamoamiz  mag'lubiyatga teng durang  qayd  etishdi. Natijada o'z maydonimizda qimmatli ochkolarni yo'qotdik. Keyingi uchrashuvlarda boy berilgan ochkolar o'rnini qoplash uchun bor kuch va imkoniyatimizni ishga solamiz.

“Qizilqum”  PFK Matbuot xizmati.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика