Hamidjon Aktamov: "Pro-liga jamoalari bilan o'yinlar qiyin o'tadi"
18 avg 2021 23:40
Yangiliklar
Hamidjon Aktamov: "Pro-liga jamoalari bilan o'yinlar qiyin o'tadi"
Coca Cola O'zbekiston Kubogi 1/8 finalida "SHo'rtan" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin "Qizilqum" bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov fikrlarini bildirib o'tdi.
- Pro-liga jamoalari bilan o'yinlar qiyin o'tadi. Ammo tajriba doim o'z so'zini aytadi. G'alabaga erishdik va navbatdagi bosqichga chiqdik. Muxlislarimizni tabriklayman.
- Jamoaning kubokdagi maqsadi qanday?
- Maqsad - oldinga harakat qilish. 1:0mi, 2:1mi farqi yo'q. Har bir bosqichda yutishga harakat qilamiz.
- Ilhom Kenjaev asosan o'rinbosarlar jamoasi tarkibida o'ynayotgandi. Uning bugungi o'yini haqida nima deysiz?
- Mana nihoyat, uni o'yinga tushirdik. Yomon emas. Uning ustida hali ko'p ishlash kerak.
Fikrlar