Hamidjon Aktamov: "PRO licenziyasi uchun imtihonlarning hammasini yaxshi topshirganman"
17 fev 2021 14:15
Yangiliklar


Hamidjon Aktamov: "PRO licenziyasi uchun imtihonlarning hammasini yaxshi topshirganman"
Bir necha daqiqa ilgarni saytimizda “Superliga va PRO ligada ishlayotgan qaysi murabbiylarda PRO licenziyasi yo'q” sarlavhali xabar elon qilingandi.
Xabarda ayni paytda murabbiylik faoliyatini davom ettirayotgan va tegishli licenziyaga ega bo'lmagan murabbiylar haqida gap borgandi. Ushbu xabarga “Qizilqum” jamoasi bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov quyidagicha munosabat bildirdi.
- PRO licenziyasi uchun o'tkaziladigan oxirgi modulda sog'lig'im bilan bog'liq vaziyat tufayli bora olmagandim. Lekin imtihonlarni hammasini yaxshi topshirganman. Oldimizda bir haftalik o'qish qolgan. SHu o'qish davomida FIFAdan instruktor keladi va birga o'qitadi va shundan so'ng biz PRO licenziyani qo'lga kiritishimiz mumkin”, deya o'z fikrlarini bildirib o'tdi navoiyliklar ustozi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar