So’nggi yangiliklar

03:03Франция. ПСЖ "Монако"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  2 02:53Англия Кубоги. "Манчестер Юнайтед"дан камбэк! Магуайр 90+3-дақиқада гол уриб, жамоасига ғалаба келтирди  10 02:43А Серия. Сўнгги дақиқадаги пенальти "Ювентус"га ғалаба олиб берди  3 02:25Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан дубль  0 00:43Мартинелли қанча вақтни майдондан ташқарида ўтказади?  0 00:23Саудия Арабистони. Иккитадан пенальти ва қизил карточка кўрсатилган ўйинда "Ал Аҳли" ғалабага эришди  0 23:13Роналду кетма-кет 5 ўйинда гол урди  92 22:49А Сериянинг январь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  0 22:19Саудия Арабистони. Дуран дебютида дубль қайд этди, Роналдудан 924-гол, Шукуров 80 дақиқа ўйнади  54 21:50Серхио Рамос нима сабабдан 93-рақамда ўйнашини айтди  1 21:36"Насаф" назорат ўйинида "Лиепая"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  9 21:21"Андижон" назорат ўйинида Норвегия жамоасига мағлуб бўлди  2 20:56ОКМК ўртоқлик ўйинида КХДР термасига мағлуб бўлди  5 20:35"Локомотив" Туркияда Қозоғистон миллий терма жамоасига қарши ўйнайди  2 20:24Қизларга футзал керак  13

Hamidjon Aktamov: "Mustafoevning oyog'i ikki bo'lak qilib tashlandi, hakam indamadi..." Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: "Mustafoevning oyog'i ikki bo'lak qilib tashlandi, hakam indamadi..."

Coca-Cola Superliganing 7-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Navbahor" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov matbuot anjumanida ishtirok etdi.



O'yin haqida

- Avvalo "Mashal" klubi rahbariyatiga, xususan Ilhomjon Qurbonovga katta rahmat aytaman. Ular bizga futbol o'ynash uchun barcha sharoitlarni yaratib berishdi. O'yin haqida aytadigan bo'lsam, bugun har ikki jamoa juda yaxshi o'yin namoyish etdi. Yaxshi o'yin guvohiga aylandik.

Bugungi o'yinda hakamlar juda ko'p qo'pol xatolar qilishdi. Ular yosh desa yosh emas! Biz hammamiz ularga bosim qilaverganimizdan qo'rqib qolishgan ko'rinadi. 51-daqiqada ikkinchi sariq, qizil berish kerak edi! Salim Mustafoevni oyog'ini ikki bo'lak qilib tashlagan. Yon hakamning yonginasida shu vaziyat ro'y berayapti, ko'rib turibdi, lekin indamadi. Bugun hakamlar har ikki tomonga nisbatan ham xatolar qilishdi. To'g'ri ular ham inson, xatolar bo'lishi mumkin, lekin bugun juda ko'payib ketdi.

- Oybek Qilichev maydonda va almashtirilayotgan vaqtda qo'pol so'zlarni ishlatdi...


- Bilmadim, Oybek maydonda o'zini yaxshi tutadi. Man undagi xolatni ko'rdim va almashtirishga qaror qildim. Oybek shunaqa futbolchi, yutqazishni yomon ko'radi. Futbolchining jahli chiqqanidan so'ng orqaga ketadi. SHundan kelib chiqib uni almashtirdik.

- Jangovor tarkibga ega bo'lgan "Qizilqum" bugun 2 ochko yo'qotdimi yoki 1 ochkoga ega bo'ldimi?


- Tan olaman, bugun 2 ochko yo'qotdik. G'alabani ushlab tura olmadik.

- Salim Mustafoevning xolati qanday?


- Hozir uni shifokorlar ko'rikdan o'tkazishmoqda. Holati hozir ancha yaxshi.

- Demak, bugungi durangdan qoniqmadingiz?


- Ha, qoniqmadim.

- "Qizilqum"da hujumlar bor, lekin vaziyatlar yakuni bo'yicha muammolar ko'zga tashlanayapti...


- Ha, bu futbol. Vaziyatlar yakuni o'xshamay qolayapti.

- Jamoangiz raqib darvozasiga urgan golidan ko'ra o'tkazib yuborgan gollari soni ko'proq. Buning sababi nimada deb o'ylaysiz?


- Biz gol o'tkazib yuborganda raqib haqiqatdan ham vaziyat yaratib, ustunlik qilib gol urgani yo'q. O'zimiz xatolar evaziga raqibga gol tuhfa etayapmiz.

- "Navbahor"ning qaysi jihatlari jamoangizga qiyinchilik tug'dirdi?

- "Navbahor" bizga juda katta qiyinchilik tug'dirgani yo'q. Bugun g'alabani ushlab qola olmadik. Yuzaga kelgan vpziyatlardan foydalana olmaslik pand berayapti.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика