So’nggi yangiliklar

03:03Франция. ПСЖ "Монако"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 02:53Англия Кубоги. "Манчестер Юнайтед"дан камбэк! Магуайр 90+3-дақиқада гол уриб, жамоасига ғалаба келтирди  8 02:43А Серия. Сўнгги дақиқадаги пенальти "Ювентус"га ғалаба олиб берди  3 02:25Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан дубль  0 00:43Мартинелли қанча вақтни майдондан ташқарида ўтказади?  0 00:23Саудия Арабистони. Иккитадан пенальти ва қизил карточка кўрсатилган ўйинда "Ал Аҳли" ғалабага эришди  0 23:13Роналду кетма-кет 5 ўйинда гол урди  88 22:49А Сериянинг январь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  0 22:19Саудия Арабистони. Дуран дебютида дубль қайд этди, Роналдудан 924-гол, Шукуров 80 дақиқа ўйнади  54 21:50Серхио Рамос нима сабабдан 93-рақамда ўйнашини айтди  1 21:36"Насаф" назорат ўйинида "Лиепая"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  8 21:21"Андижон" назорат ўйинида Норвегия жамоасига мағлуб бўлди  2 20:56ОКМК ўртоқлик ўйинида КХДР термасига мағлуб бўлди  5 20:35"Локомотив" Туркияда Қозоғистон миллий терма жамоасига қарши ўйнайди  2 20:24Қизларга футзал керак  13

Hamidjon Aktamov: Muhim uch ochkoni qo'ldan chiqardik Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: Muhim uch ochkoni qo'ldan chiqardik

Oliy liga ettinchi turi Qizilqum - Buxoro jamoalari uchrashuvidan so'ng, mezbonlar bosh menejeri Hamidjon Aktamov jurnalistlar bilan o'z fikrlarini o'rtoqlashdi.

-O'ziga xos voha “derbi”si nomni olgan uchrashuvda muxlislar shiddatli futbolning guvohi bo'lishdi, - deya so'z boshladi Hamidjon G'ulomovich. - Avvalo shunday muhim o'yinda bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizga katta rahmat! Afsuski, biz bugun ularni xursand qila olmadik. Uchrashuvni jamoamiz yomon boshlamagandi. Biroq yigitlarimiz berilgan ko'rsatmalarini to'liq bajara olishmadi.

“Buxoro” jamoasi o'yinlarini ko'rib tahlil qilgandik. Raqib jiddiy, ammo ularga qarshi g'alaba uchun maydonga tushgandik. Lekin so'nggi daqiqalarda yarim himoyachimiz SHerali Jo'raevning keraksiz vaziyatda qizil kartochka olgani jamoamiz uchun qimmatga tushdi. Nachora, bu futbol! G'alaba va mag'lubiyat yonma-yon yuradi. Bugun kamida bir ochkoni qo'lga kiritishimiz ham mumkin edi. Afsus, muhim uch ochkoni qo'ldan chiqardik.

Hayot esa davom etyapti. Navbatdagi turda Qarshida “Nasaf”ga qarshi maydonga tushamiz. Unda albatta, muxlislarimiz uchun ijobiy natija taqdim etish uchun harakat qilamiz.

Qizilqum PFK Matbuot xizmati.





Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика