So’nggi yangiliklar

16:30Гёкереш "Манчестер Юнайтед" таклифини рад этди ва "Арсенал"га ўтишга умид қилмоқда  0 16:03Саудия Арабистони U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси эълон қилинди  2 15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0 15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  1 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  2 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  9 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  9 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  9 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  16 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2

Hamidjon Aktamov: "Men murabbiyga emas Messiga muxlislik qilaman" Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: "Men murabbiyga emas Messiga muxlislik qilaman"

Superliga 23-turdan o'rin olgan "Buxoro" - Qizilqum" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov fikrlarini bildirdi.




"O'ziga hos derbi va qiziqarli o'yin guvohi bo'ldik. Uchrashuvni nazorat qildik, vaziyatlar yaratdik. Lekin doimgidek gol urishga qiynalyapmiz. Ikki jamoaga ham ochko kerak edi. Safarda bir ochko bo'lsa ham ishladik.

Tanaffuslar futbolchilarning o'yinini izdan chiqarib yubormoqda. Pandemiyadan so'ng formaga kirib olganimizda FIFA kunlari boshlanib qolmoqda. FIFA kuni 14 kun bo'lsa 20 kunga cho'zilib ketmoqda. O'yinlar vaqtida har to'rt yoki besh kunda o'tsa chempionatni tugatib olgan bo'lardik. Mana hozir dekabr oyida ham o'ynaymiz. Havo sovuq. Yanvar oyidan yana yig'inga kirishishimiz kerak. Moliyaviy jihatdan hech qanday muammo yo'q. So'nggi paytlarda jarohatlar ham pand bermoqda. Asosiy tarkib futbolchimiz hali o'ziga kelgani yo'q.

Kubok dekabrda o'tgani bilan chempionat bilan birga uni ham yakunlashimiz kerak. Buni tashkil qilayotganlar o'ylashi kerak edi. Hozirda qiyin. Birgina bizga emas hammaga qiyin. Hech kimda ko'zda tutilmagan reja yo'q. Bugun reja qilsangiz bir haftadan so'ng rejangiz o'zgarib ketadi. Bu yil futbolda hech qanday o'zgarishni ko'rmadim. To'xtalishlar ko'p bo'lyapti. Dekabrda bo'lsa ham o'ynaymiz, ishimizni oxirigacha etkazib qo'yishimiz kerak.

Mavsum boshida kuchli beshlikka kirishni maqsad qilgandik. Rejalarimiz boshqacha edi. Orada jamoadan ketdim, yana qaytdim. Ikkinchi davrada tarkibni kuchaytirdik. Futbolchilarga etirozim yo'q. Barcha jamoalar bir xil sharoitda. Qay tartibda tayyorgarlik ko'rsangiz ham uzilish, to'xtalish bo'lyapti, o'yin izdan chiqyapti. Bugun to'p nazorati biz tomonda bo'ldi, 70/30. Oxirgi pallada gol uradigan futbolchi topilmadi. Men murabbiyga emas futbolchilarga muxlislik qilaman. Kimga? Messiga",- deydi Hamidjon Aktamov.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика