So’nggi yangiliklar

18:39Суперлига. "Нефтчи" - "Шўртан". Таркиблар маълум  0 18:38Ҳакамларимиз Қозоғистон – Қирғиз Республикаси аёллар терма жамоалари ўртасидаги учрашувни бошқариб боришади  0 18:10"Реал Мадрид" — "Реал Сосьедад". Таркиблар маълум  0 17:39“CAFA U-17 Championship 2025” бошланмоқда  2 17:22ЦСКА, "Акрон" ва "Рубин" иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари маълум  3 16:50АПЛнинг якунланаётган мавсумдаги энг яхши ўйинчиси аниқланди  4 16:21"Футбол олами". Ўзбекистон кубоги 1/8 финал жуфтликлари маълум  1 15:45Ўзбекистон кубоги. 1/8 финал баҳсларининг саналари маълум  6 15:29"Насаф" қизиқарли кечган баҳсда ОКМКни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 15:04"Андижон" "Сурхон"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 14:37"Бавария" Вирцнинг трансфери барбод бўлгач, "Манчестер Юнайтед" юлдузини сотиб олмоқчи  9 14:05БАА - Ўзбекистон учрашувига чипталар қачон сотувга чиқади?  9 13:31Ансу Фати янги клубга ўтишга яқин  2 12:54"Реал" мухлислари учун хушхабар  13 12:25"Манчестер Юнайтед" "Милан" футболчисига қизиқмоқда  1

Hamidjon Aktamov: "Loko"ni o'z vaqtida chempionlikdan to'xtatganmiz. Ularni yutish yangilik yoki sensaciya bo'lmaydi" Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: "Loko"ni o'z vaqtida chempionlikdan to'xtatganmiz. Ularni yutish yangilik yoki sensaciya bo'lmaydi"

"Qizilqum" bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov Superliganing ilk uchrashuvida faqat va faqat g'alaba qozonish haqida o'ylayotganini takidladi.

"Lokomotiv"ni qo'rqitmaymiz, ularni o'zi Navoiyga qo'rqib kelishadi. Sababi, biz ularga doim noqulay raqib bo'lganmiz. 2013 yili "Qizilqum" bilan "Lokomotiv"ni chempionlikdan to'xtatib qolgandim. Zo'r o'yin bo'ladi lekin. "Lokomotiv" yuqori bosim ostida o'ynashga o'rgangan va ko'nikkan jamoa. Ayni paytda "Loko" bizga nisbatan ko'proq o'yin amaliyotiga ega.

"Lokomotiv"ni mag'lub etsak bu sensaciya bo'lmaydi. Ularni avval ham yutganman. Bu men uchun yangilik emas. To'g'ri, raqib juda jiddiy va kuchli. Tarkibida terma jamoa futbolchilari, kuchli va tajribali ijrochilar ko'p. Lekin biz ham bu bahsga jiddiy tayyorlanganmiz.

Meni qo'l ostimdagi jamoa durang yoki mag'lubiyat uchun maydonga tushmaydi. Maqsad bitta - g'alaba. Muxlislarni xursand qilishni istaymiz. O'tgan yili ularni ko'p ranjitdik. Bu yili Xudo xohlasa ular doim yaxshi kayfiyat bilan jamoamizni olqishlab, qo'llab-quvvatlab turishlariga ishonaman. Biz ham o'z o'rnida ularni xursand qilamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика