So’nggi yangiliklar

23:39Венсан Компани: "Рекордни янгилаймиз, деб ўйлайман. Лекин менга бу қизиқ эмас"  1 23:02Арне Слот: "Одамлар бизнинг қимматга футболчилар олиб келганимизни гапиришяпти"  5 22:35"Яйпан" дастлабки уй ўйинларини бошқа стадионда ўтказади  2 22:16"Сўғдиёна" бош мураббийи истеъфога чиқарилиши мумкин  9 22:11"Бавария" ўз рекордини янгилашга яқин  4 21:35Ўзбекистон терма жамоаси эртадан йиғинга киришади  9 21:34Бундеслига. "Бавария"да йирик ғалаба, "Байер" ғалабани қўлдан чиқарди  0 21:21АПЛ. "Эвертон" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  6 21:12Эртадан Ўзбекистон кубоги старт олади  1 21:00Клублар рейтинги. Мингталикдан Ўзбекистоннинг икки клуби ўрин олди, улар орасида "Пахтакор" йўқ  19 20:45"Ливерпуль" 10 мавсумлик антирекордини такрорлади  3 20:32Тожикистон терма жамоасига Суперлиганинг икки нафар футболчиси чақирилди  0 20:15Эмре Жан шартномани узайтирди  0 20:08Футбол афсонаси Янги Каледонияни жаҳон чемпионатида иштирок этишга лойиқ деб ҳисоблайди  3 19:43Слотнинг кетиш вақти келдими? "Ливерпуль" сўнгги уч ўйинида иккинчи марта мағлуб бўлди  25

Hamidjon Aktamov: "Hakamlar bizni sindirdi" Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: "Hakamlar bizni sindirdi"

"Nasaf" - "Qizilqum" uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.




- Bilmadim... Birinchi bo'limda hakam bir necha xatolarga yo'l qo'ydi, bilmadim, hakamning bizda qasdi bormi?! O'tgan turda ham hakamlarning qurboni bo'ldik. Tezroq VARni olib kelish kerak. To'g'ri, himoyadagi xato sababli 3-daqiqadayoq gol o'tkazib yubordik, biroq tezda javob qaytargandik. Hakamlar esa golni inobatga olishmadi. Ko'rmagan emish... Narigi tomondagi hakam esa vaziyatni hal qilyapti. Men ham ko'rib, eshitib turibmanku. Mening yonimdagi hakam narigi yarim maydondagi vaziyatga aralashyapti. O'tgan davrada Namangandagi o'yinda ham darvozamizga yo'q joydan penalti belgilashgandi. Hakamlar bizni yomon ko'rishadimi deyman. Erkin Boydullaevga qarshi yaqqol qoida buzilishida ham hakam o'yinni to'xtatmadi. Ko'p joylarda hushtaksiz o'yinlar boshlanib ketdi. Hakamlar juda ko'p xatolikka yo'l qo'yishdi. Ular birinchi bo'limning o'zida bizni sindirdi. Futbolchilarga ham yo'q joydan sariq kartochkalar berildi.

Hakamlarning g'alati qarorlari futbolchilarimning ruhiyatiga tasir qildi. To'g'ri, xatolar yo'q emas. Bahs yuqori tempda o'tdi, "Nasaf" kuchli o'ynadi. Lekin biz ham bunchalik yirik hisobga loyiq emasdik.

- Markazlashtirilgan chempionatda "Qizilqum" tarkibni kuchaytirdi va o'yin saviyasini ancha oshirganini ko'rsatgandi. Biroq bugun ilk daqiqalardanoq o'yin qovushmadi. Bunga nima sabab bo'ldi?
- O'yinga yaxshi tayyorlangandik. Hakam esa bizni juda erta sindirdi. Ko'rib turib, tushunmayapman. Nega? Nima sababdan? Biz bunday natijaga loyiq emasdik.

- "Qizilqum"ning inobatga olinmagan goli yirik hisob bo'lib ketishiga tasir ko'rsatdimi?
- Albatta, tasir ko'rsatdi. Futbolchi mehnat qilyapti, yuguryapti. Ikkinchi golga ham yaqin kelgandik. Fol bo'lgan paytda hakam 3 metrdan turib olib, o'yinni davom ettirishni talab qilyapti. Qachongacha hakamlar shunday qilaveradi, bilmadim.

"Nasaf" jamoasining kelajagi juda porloq. Yigitlarning omadini bersin. Kucherenko akademiyadan zo'r futbolchilarni etishtirib beryapti. SHu odam kasalxonada betob bo'lib yotgan ekan. Tezroq tuzalib, ishga qaytishini tilab qolaman. SHunday natijalarda Kucherenkoning qilgan faoliyati ko'rinadi.

Reyting: -29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика