So’nggi yangiliklar

11:35"Навбаҳор"га РРЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  1 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  5 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  6 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  11 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  2 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  9 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  11 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  29 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  33

Hamidjon Aktamov: "Futbolchilarni Nesterov almashtirgani yo'q" Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: "Futbolchilarni Nesterov almashtirgani yo'q"

Navoiyning "Qizilqum" jamoasi Superliganing to'rtinchi turida Toshkentda "Lokomotiv" mehmoni bo'ldi va 1:1 hisobidagi durang natija qayd etdi.

Ushbu uchrashuvdan so'ng jamoa bosh murabbiyi Hamid Aktamov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Avvalambor assalomu aleykum. Ko'rdinglar jangovar va qiziqarli o'yin bo'ldi. Birinchi bo'lib to'p kiritganimizga qaramasdan g'alabani saqlab qola olmadik. Kichik xatolar tufayli gol o'tkazib yubordik. "Lokomotiv" o'z maydonida g'alaba qozonmagandi. SHuning uchun bo'lsa kerak bugun borini berib o'ynadi. Hujumda so'nggi nuqtani qo'yadigan, o'yinni o'z qo'liga oladigan futbolchi etishmadi. Oldinda uchrashuvlar ko'p. O'yindan-o'yinga harakatlarimiz yanada yaxshilanib boradi. "Lokomotiv" yaxshi shakllangan jamoa. Ularga omad tilab qolaman",- deydi Hamid Aktamov.


- Bugun o'yinda ikkita o'zgarish ham Nesterovning iltimosidan so'ng amalga oshirildi...
- Futbolchilarni Nesterov o'zgartirgani yo'q. O'zimizning rejamiz bor edi. Ko'rib turgandik, kuchi etmay charchab qoldi. Raqib standart vaziyatlarda yaxshi o'ynaydi. So'nggi daqiqalarda gol o'tkazib yubormaslik uchun shunday qildim.

- Elguja Grigalashvilining o'yini ko'ngildagidek chiqayotgani yo'q...
- To'g'ri. Elguja hozir sport formasiga kira olmayapti. Hozir gapirsam bahona bo'lishi mumkin. Oraliqdagi tanaffuslar cho'zilib ketmoqda. Turdan turga o'yinimiz chiqayotgan pallada to'xtalish bo'lmoqda. Har yili shunday. SHuning uchun futbolchilar formadan chiqib ketmoqda. Bu faqat bizga emas, barchaga tasir qilmoqda.

- Ikkinchi bo'limda "Qizilqum" durangni saqlab qolish uchun o'ynagandek taassurot qoldirdi. Hujumga so'nggi nuqtani qo'yadigan futbolchi topilmadi. Jamshid Hasanovning uzatmalari noaniq ko'rinish oldi. Bunda siz himoyaga urg'u qaratishni maqsad qilganmidingiz?
- Futbolda har xil vaziyat bo'ladi. Biz durang uchun o'ynashni maqsad qilmagandik. SHunchaki bu taktika. CHunki raqib o'z maydonida o'ynadi, hujum qilishi tabiiy edi. Biz esa o'z vaziyatlarimizni qarshi hujumlarda yaratishga harakat qildik.



- Jamoa bir nechta turdan beri g'alaba qozona olayotgani yo'q. Vaholanki mavsum starti arafasida "Qizilqum" boshqa klublarga syurpiriz tayyorlab qo'ygan degan gaplarga duch kelgandik.
- Endi to'rtta tur o'tdi. Jo'jani kuzda sanaymiz. Bu bilan "Qizilqum"ni chetga chiqarib qo'yish noto'g'ri.

- Statistikaga qaraydigan bo'lsak bugun jamoa ikkita aniq zarba berdi va ularning bittasi gol bilan yakunlandi. Buni yuz foizlik samaradorlik desak bo'ladimi yoki hujumdagi no'noqlik?
- 10ta zarba yo'llasangiz ham to'p darvozaga kirmasa qiyin. Gohida bitta zarba va gol o'yin taqdirini hal qiladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика