So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  6 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Hamidjon Aktamov: "Durang adolatli natija" Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: "Durang adolatli natija"

Coca Cola Superliga 12-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "So'g'diyona" uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh menejeri Hamidjon Aktamov o'z fikrlarini bildirdi.

"Bugun ikki hil taym guvohi bo'ldik. Birinchi bo'limda yaxshi o'ynadik, gol ham urdik. Ikkinchi bo'limda majburiy o'zgarishdan keyin rejalarimiz o'zgarib ketdi. "Sug'diyona" ham yaxshi jamoa. Hisob o'yinga mos bo'ldi, durang adolatli natija deb o'ylayman.

To'g'risi ikki jamoaga ham bugun qiyin bo'ldi. Bahsning 25-daqiqasida suv ichib olishga imkoniyat berilishi kerak edi. Bilmadim nima uchun bugun bu narsa bo'lmadi. Natijada ikki jamoa ham qiynaldi. Baribir havo issiqlik qildi, ikki jamoaning ham o'yin tempi bir xil bo'ldi.

Yuqorida aytganimdek majburiy o'zgarish rejalarimizga tasir qildi. Qadamboy Nurmetov o'zi zaxiradan maydonga tushgandi, uni yana almashtirish bu hisobni ushlab qolish uchun harakat edi. Raqib hujumni kuchaytirdi, biz esa himoyani.

SHerali Jo'raevni Jasur Hasanovga qarshilik ko'rsata olmadi deya olmayman.

Aksariyat almashtirishlar majburan amalga oshirildi. Bu bilan SHerali Jo'raev yomon o'ynadi degan fikridan yiroqman. Jasur Hasanov ham maydonga yangi kuch bilan tushdi. Taktikamiz bo'yicha SHeralini oldinga chiqardik",- deydi Hamidjon Aktamov.


Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика