So’nggi yangiliklar

16:23"Барселона" Месси, Коутиньо, Куман олдидаги қарзларини ёпди  3 15:52"WhoScored" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатининг гуруҳ босқичи рамзий термасини тақдим қилди  8 15:15Факт: "Нефтчи" 17 йилдан буён меҳмонда "Қизилқум"ни юта олмаяпти  0 14:52“Нефтчи” академияси фаолиятини бошламоқда!  3 14:20Месси туғилган кунини нишонлади, Араухо уйланди, ПСЖда "ойлик чиқди". Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  4 14:10Котрина Кулбите: "Муносиб ўйин кўрсатиб, Осиё кубоги йўлланмасини қўлга киритишни мақсад қилганмиз"  1 13:54"Динамо" бир киши кам бўлиб "Қўқон-1912"ни ютган учрашувдан галерея  2 13:28Гвардиола Грилишнинг кам ўйнаётгани сабабини айтди  1 12:56Милан Митрович: “Футбол ҳаётга ўхшайди — ҳамма нарса режадагидек кетавермайди”  2 12:50Симоне Инзаги: "Пеп Гвардиола - энг зўри"  2 12:22Исломбек Исмоилов: "Нефтчи"га вилоят ҳокимининг таклифи билан келдим"  11 12:12Рафинья Нико Уильямс ҳақида: "Юқори сифатли футболчи"  2 11:44"Астон Вилла" "Челси" ва "Арсенал" қизиқаётган футболчиси учун 100 млн фунт талаб қилмоқда  1 11:16"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади  7 10:50Винисиуснинг талаблари маълум. Унинг талабларини “Реал“ қабул қилишга тайёр эмас  18

Hamidjon Aktamov: "CHiroyli o'yin ko'rsatgan bo'lsak-da, bu esdan chiqadi va tarixda natija qoladi" Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: "CHiroyli o'yin ko'rsatgan bo'lsak-da, bu esdan chiqadi va tarixda natija qoladi"

Superliganing 18-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Qizilqum" (2:1) o'yinidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yin haqida

- CHiroyli o'yin ko'rsatgan bo'lsak-da, bu esdan chiqadi va tarixda natija qoladi. Yaxshi o'ynadik. Birinchi taymda yo'q joydan, 2 ta standart vaziyatdan gol o'tkazib yubordik. "Nasaf" jamoasiga 22 sentyabr kungi o'yinda omad tilayman. Jamoaning kelajagi bor. Hali ular yaxshi natija ko'rsatadi. O'zimiz ham kamchiliklarimiz ustida ishlab, kerakli ochkolarni yig'ishga harakat qilamiz.

- Jamoaning o'z oldiga qo'ygan maqsadi nima? CHempionlikmi yoki sovrinli o'rinlar uchun kurashishmi?

- Menimcha, endi chempion "Paxtakor" ekanligi aniq bo'lib ulgurdi. 

- Vatsadze 35 daqiqa harakat qildi. Uning o'rniga Jamshid Hasanovni maydonga tushirdingiz. Keyin o'z navbatida, Hasanov yana almashtirildi. O'yinidan qoniqmadingizmi?

- Endi bu bizni ishimizda, nima ham deyman? Taktik o'zgarishlarni amalga oshirdik. Vatsadzega etirozimiz yo'q. O'zgarishlar o'z samarasini berdi, o'yinimiz o'zgarib, gol urdik. 

- "Qizilqum"ning ikkinchi davradagi natijalari qoniqarsiz. Bunga nima sabab bo'lmoqda?

- Sababi ko'p futbolchilarimiz kasal bo'lib qolishdi. Bir oy ichida davolanib chiqishdi va bir oyda qayta kasallanganlar ham bo'ldi. Sog'liq muhim, shu boisdan ko'p narsa talab qilolmaymiz. Bundan keyin yaxshi o'yin ko'rsatishga intilamiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика