So’nggi yangiliklar

09:05Курт Зума эркин агент сифатида Руминия клубига ўтди  1 08:50 Рахим Стерлинг “Челси”дан кетишдан бош тортди ва асосий жамоадан ажратилди  2 08:20Самюэль Умтити 10 сентябргача янги жамоа топмаса, фаолиятини якунлаши мумкин  3 07:50Акмал Мозговой: "Рақибимизнинг кучли ва кучсиз тарафларини ўрганиб чиқдик"   0 07:24Митрович Осиёнинг бошқа жамоасига ўтмоқда  3 00:50"Ливерпуль" Кьезани Чемпионлар Лигаси қайдномасига киритмагани маълум бўлди  4 00:32Элдор ва Аббос сафда, Кападзенинг кайфияти чоғ – миллий жамоа машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  28 00:10U-23 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон жойлашган гуруҳнинг иккинчи баҳсида Қирғизистон Кими Меркнинг дубли эвазига Фаластинни енгди  3 23:50Португалия президенти марҳум Диогу Жотани орден билан тақдирлади  1 23:18"Пахтакор" 5 нафар тарбияланувчиси учун 432 миллион сўм олади  1 22:44Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Англияга ютқазди  13 22:25Антони "Бавария" таклифини рад этганини айтди. У "Бетис"га берган сўзида турган  3 21:55"Атлетик" ФИФА Лапортни рўйхатдан ўтказишни рад этганини тасдиқлади  1 21:36Ла Лигада ой мураббий бўлиш учун номзодлар номи эълон қилинди. Флик улар орасида йўқ  9 20:55Ла Лигада август ойининг энг яхши ўйинчиси бўлиш учун номзодлар номи эълон қилинди  3

Hamidjon Aktamov: "30 soniya ortiqchalik qildi" Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: "30 soniya ortiqchalik qildi"

O'zbekiston Superligasi 12-turi doirasida "Lokomotiv" - "Qizilqum" (2:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Hamidjon Aktamov hamda jamoadagi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Georgiy Kvesieshvili qatnashdi.

- O'yin kutganimizdan ham qiziq o'tdi. Bizni qo'llashga kelgan muxlislarga rahmat aytaman. Ularning bizga katta yordami tegdi. Umuman olganda biz 100 foizlik g'alabani qo'ldan chiqardik. CHiroyli o'yin bo'ldi, "Lokomotiv" tajribali jamoa. Ularning ustidan g'alaba qozonishimiz mumkin edi. Zaxiradan tushgan o'yinchilarimiz ishonchni oqlay olishmadi. "Lokomotiv"ga omad tilayman.

Sidorovdan ko'nglim to'lyaptimi? Sidorov ikki marta termaga chaqirildi kechagi mashg'ulotlarda qatnashmadi. SHu boisdan o'yinga bo'lgan rejalarni bilmadi. U yaxshi formada. Bilasiz, zaxira o'rindig'imiz tor. SHunday bo'lsa-da, bugun shogirdlarim yaxshi o'yin ko'rsatdi. Hech qaysi futbolchimga etirozim yo'q. G'alabani ushlab qolishimiz uchue 30 soniya etmadi.

Yangi futbolchilar bilan muzokaralar olib boryapmiz. Kamida 5-6 futbolchi bilan tarkibni kuchaytiramiz.

Men faqatgina o'zimning futbolchilarimning o'yinlarini kuzataman. "Lokomotiv"ning kuchli va zaif tomonlarini ayta olmayman. Biroq bunday jamoa bilan uchrashuvda durangdan ham mamnun bo'ldim.

Georgiy Kvesieshvili: "Yaxshi o'yin bo'ldi, ikki jamoa ham so'nggi daqiqalarda natija uchun o'ynadi. "Lokomotiv" bilan yomon o'yin ko'rsatmadik. Bizda ham vaziyatlar bo'ldi. O'z ustimizda ishlashda davom etamiz. Bunday raqiblar bilan uchrashuvda durang ham bizni qanoatlantiradi.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика