So’nggi yangiliklar

19:50Расман: Шаҳбоз Умаров — "Тобол" футболчиси  0 19:21Паулу Бентунинг Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийлига тайинланиши тўғри қарорми ёки нотўғри?  26 19:10Ўзбекистон U-23 терма жамоаси 30 август куни Қирғизистонга йўл олади   1 18:49Одил Ҳамробеков ва Ўткир Юсупов Ўзбекистон терма жамоасининг йиғинига келиб қўшилди   0 18:07"Қайрат" бош мураббийи: "Бунчалик узоққа боришимизни кутмагандим"  4 17:15"Футбол олами". Ярим финалчилар маълум, хайр "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"  4 16:59"Андижон", "Динамо", "Навбаҳор"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари   9 16:34"Ливерпуль" "Бавария" футболчисини АПЛга қайтармоқчи  2 15:45Жаҳон чемпионатигача: Бентуда терма жамоани тайёрлаш учун қанча вақт бўлади?  25 15:23Ўзбекистон кубоги. "Динамо" ярим финалга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 15:10"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини "Милан"да давом эттиради  3 14:44Бенту бошқарган терма жамоалар мундиалларда нима каромат кўрсатган?  32 14:23Нкунку фаолиятини А Серияда давом эттиради (Фабрицио Романо)  8 14:15"Арсенал" яна бир трансфер бўйича келишувга эришди  0 14:06CAFA NATIONS CUP-2025 мусобақаси бошланмоқда. Эртага ўйинолди матбуот анжуманлари ва расмий машғулотлар бўлиб ўтади  5

Hali ham ishsiz yurgan Maurisio Pochettino haqida Yangiliklar

Hali ham ishsiz yurgan Maurisio Pochettino haqida

Teglar :  Maurisio Pochettino
Mutaxassisni bir nechta top klublar bilan birga tilga olishmoqda.

2022 yil yozida Pochettino va PSJ rahbariyati shartnomani ikki tomonlama bekor qilishga kelishib olishdi. Ha, parijliklar Franciya chempioni bo'ldi, ammo qatarlik rahbarlarning orzusi CHempionlar Ligasi bosh sovrini edi. Ushbu musobaqada esa PSJning ishlari ochiqchasiga qovushmadi – jamoa pley-offning birinchi bosqichidayoq chiqib ketdi. Jamoa "Real"ga mag'lub bo'lgani yodingizda bo'lsa kerak.

Yaqinda Pochettino Franciyada ishlagan davrini yodga oldi:

Bunday jamoada yagona tizimni yaratish juda qiyin vazifa edi. Har bir o'yinchi – ulkan iqtidor sohibi, alohida shaxs edi. PSJ g'alaba qozonganida – futbolchilarning individual mahorati evaziga deyishardi, mag'lubiyatda esa – barchasiga murabbiy aybdor bo'lardi. Juda ko'plab insonlar bosh murabbiyning mehnatini ko'rishmaydi, qadrlashmaydi.

Parijdan ketgach, Pochettino haqida turli mish-mishlar tarqaldi. Ulardan birida – Maurisio Angliya terma jamoasi bosh murabbiyligiga nomzod sifatida tilga olindi. Mundialdan keyin Garet Sautgeyt termani tark etishi mumkinligi aytilgandi. Xabar berilishicha, murabbiy hali ham bir qarorga kelmagan, uning amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha belgilangan. Maurisiodan tashqari bu nomga Brendan Rojers va Tomas Tuxel ham nomzod sifatida tilga olinmoqda.

Angliya termasidan tashqari Pochettino terma jamoa miqyosida faoliyatini boshlashi uchun variantlar bor edi. OAVdagi xabarlarga ishonadigan bo'lsak, argentinalik Belgiya termasiga potencial bosh murabbiy sifatida qaralgan, lekin mamlakatning Qirollik futbol associaciyasi Domeniko Tedesko variantini maqulroq deb hisoblagan. SHuningdek, Braziliya termasi bilan hamkorlik varianti ham bor edi, ammo oxirgi vaqtlarda "pentakampeonlar"ga Karlo Anchelotti ustoz bo'lishi takidlanmoqda.

Klublar miqyosida oladigan bo'lsak, qator jamoalar o'zi uchun omadsiz yoki hech bo'lmaganda o'rtamiyona mavsum o'tkazmoqda. Yozda Maurisioni Londonning "CHelsi" klubiga yo'l olishi mumkinligi haqida aytilgandi, lekin Boeli "aristokratlar" bosh murabbiyligiga Grem Potterni mosroq deb hisobladi, har holda hozircha. Jessi Marshni "Lids"dan xaydashgach, klubning amerikalik xo'jaynlari Pochettino bilan aloqaga chiqishgan va murabbiy uslubi jamoaning oxirgi mavsumlardagi o'yin uslubi bilan mos kelishi aytilgandi. Biroq malumotlarga qaraganda bu variant Pochettinoga yoqmagan.

Pochettino "Lids"da ishlashni xohlamadi  

SHuningdek Angliyada yana ikkita variant bor – uning sobiq klubi "Tottenxem" va "Vest Xem". "Bolg'aurarlar"ning ishlari yurishmayapti va jamoa Premer-Ligadagi o'rnini yo'qotib qo'yishi mumkin. Bu esa klub uchun jiddiy zarba bo'ladi va aynan shuning uchun Moyesning yaxshigina kursisi qimirlab qolgan. 


"Tottenxem"da vaziyat biroz boshqacharoq. Jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Antonio Kontening shartnomasi yozda yakuniga etadi, kelishuvni davom ettirish borasida esa hali ham rasmiy xabar yo'q.

Pochettino "Tottenxem" boshqaruviga qaytishi mumkin

Argentinalikni yana "Real", "Atletiko" va Turinning "Yuventus" klubiga ham jo'natishgandi, lekin ish jiddiy muzokaralargacha etib bormadi chog'i. 

"Real" kamida mavsum oxirini kutadi va natijalarga qaraydi. Peres Karlo Anchelottiga chiqish eshigini ko'rsatgan taqdirda ham Pochettino katta ehtimol bilan birinchi nomzod bo'lmasa kerak.

"Yuventus"ning vaziyati undanda tushunarsiz va og'ir. Sankciyalardan keyin jamoa o'yiniga ham barqarorlik etishmayapti va turinliklar yangi mavsumda evrokuboklarsiz qolib ketishi mumkin. Agar shunday bo'lsa, nafaqat murabbiy masalasi, balki qator futbolchilar ham jamoasiini o'zgartirgisi kelib qolishi turgan gap. Pochettino esa etakchilarsiz qolgan, evrokuboklarda ishtirok etmaydigan, rahbariyatida ham muammolari etarli jamoaga borishni istarmikin?    

 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика