Hakimi uchun kurashga APLning 3 klubi qo'shildi

12 iyun 2020, 09:25
Ashraf Angliyaga ko'chib o'tishi ham mumkin.

Transfer huquqi “Real”ga tegishli bo'lgan, mavsumni esa ijara asosida “Borussiya D”da o'tkazayotgan Ashraf Hakimiga APLning bir yo'la uch jamoasi qiziqish bildirmoqda. Ular - “Manchester Siti”, “Chelsi” va “Tottenxem”.

Avvalroq futbolchining Madridga qaytishi va klub bilan yangi shartnoma imzolashi aytilgandi.

Hakimi joriy mavsum Bundesliga doirasida 30 ta o'yinda qatnashib, 5 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: 90Min.com