So’nggi yangiliklar

18:51Скоулз: "МЮ Хейлундга ўхшаган ҳужумчи - Шешкони сотиб олди. Мантиқ қаерда?"  0 18:15"Барса" Левандовскининг терма жамоада олган жароҳати сабабли ундан норози  0 17:36Френки Де Йонгнинг товон пули ярим млрд. еврога етди  0 16:50ФИФА Ғазодаги барча футбол иншоотларини тиклашга ёрдам беради  6 16:43Англия жаҳон чемпионатида 17-бор иштирок этади  1 16:15Трамп хавфсизлик сабабли Бостонни ЖЧ-2026 ўйинларидан маҳрум этиш билан таҳдид қилди: "Мен Инфантинога қўнғироқ қиламан — у буни осонликча амалга оширади"  2 16:00Дембеле атрофидагилар "Олтин тўп" сабаб футболчининг маоши Неймар ва Мессиникидек бўлиши керак деб ҳисобламоқда  0 15:32"Манчестер Сити" тўқ яшил тусдаги янги формасини тақдим этди, унда NFC чипи мавжуд  1 14:45Саводхонлик даражаси 90% бўлган вулқонлар мамлакати ҳам ЖЧда иштирок этади  1 14:18Келажак юлдузлари. The Guardian нашри ўзбекистонлик футболчини 60 нафар энг иқтидорли ўйинчилар рўйхатига киритди  6 13:15Ўзбек клублари ўз тарихида илк бор ЖЧ учун ФИФАдан компенсация олади  10 13:10Футзал. Бугун Кака бошчилигидаги Қозоғистон терма жамоаси Тошкентга келади   7 12:57“Машъал” жамоаси 1111-расмий учрашув остонасида  1 12:50Месси терма жамоа тарихидаги рекордчига айланди  14 12:09Қайси терма жамоалар ЖЧ-2026 иштирокчисига айланиб улгуришди?  5

Hakim Fuzaylov: "Xorazm" muxlislari Superligani sog'ingan, rejamizda Turkiya yig'ini bor. Faqat..." Yangiliklar

Hakim Fuzaylov: "Xorazm" muxlislari Superligani sog'ingan, rejamizda Turkiya yig'ini bor. Faqat..."

Bugungi kunning asosiy mavzusi Superliganing so'nggi ishtirokchisi nomini aniqlash bo'lib turibdi.

Sport principlari bo'yicha ayni paytda "Xorazm" bu borada harakatlarni boshlab yuborgan. Toshkentda yig'in o'tkazayotgan "Xorazm" bugun "Dinamo"ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Uchrashuvdan so'ng jamoa ustozi Hakim Fuzaylovning fikrlari bilan qiziqdik. 

- Qishki yig'indagi birinchi nazorat uchrashuvidan qanday xulosalar olindi?

- Bu tarkibda maydonga tushganlarning katta qismi yoshlar, xorazmlik yigitlar hisoblanadi. Ularni ko'rib oldik.  Bu o'yinda turlicha tarkibni sinovdan o'tkazdik degan bo'lardim. 

- Hakim Qayumovich yangi mavsumga tayyorgarlik qanday ketmoqda?

- Reja asosida yig'inlarni davom ettirmoqdamiz. Tarkibga imkon qadar Superligada o'ynagan, tajribali futbolchilarni jalb qilish ustida ish olib bormoqdamiz. Umuman olganda barchasi yaxshi ketyapti. Endi mavsumni qaerda boshlashimiz to'liq aniq bo'lsa shunga qarab yana harakatlarimizga o'zgarishlar kiritishimiz mumkin.

- Birinchi yig'in Xorazmda o'tkazildi va unda ko'p mahalliy futbolchilar ko'rikdan o'tdi. Bu yana davom etayotganini ko'rishimiz mumkin...

- Dekabr oyida tashkil qilgan yig'inimizda ko'plab yoshlar jamoamizda shug'ullandi. Yuqorida aytganimdek Superligada ishtirok etadigan bo'lsak tabiiyki tarkibimizni kuchaytirish kerak bo'ladi. 

- Jamoaning Superligada ishtirok etishi bo'yicha harakatlar qanday ketyapti?

- Xorazmlik muxlislar Superligani sog'inishgan. Elitada qatnashadigan bo'lsak ishqibozlarimizga katta bayram bo'lardi. "Xorazm" avval ham Superligada o'ynagan va o'shanda stadionga ko'plab muxlislar tashrif buyurgan. Klubimiz rahbarlari barcha harakatlarni amalga oshirmoqda. Tarkib, maydon, infratuzilma borasida ishlar olib borilayotganini aytishim mumkin. 

 - Xorijda yig'in o'tkazish uchun qaysi mamlakat tanlanmoqda?

- Bu ustida ishlayapmiz. Moliyaviy imkoniyatlarimizdan kelib chiqib Turkiya yig'inini mo'ljallab turibmiz. Faqat undan avval Toshkentda yana bitta yig'in o'tkazamiz. Tarkibni 90 foizga aniqlashtirib olgan holda xorijga yo'l olishimiz mumkin. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика