So’nggi yangiliklar

00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  0 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  1 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  5 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  2 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  3 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  10 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  15 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  12 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2

Hakim Fuzaylov: "Transferlar oynasi ochilgan vaqtda tarkibga kuchli futbolchilarni jalb etishni maqsad qilganmiz" Yangiliklar

Hakim Fuzaylov: "Transferlar oynasi ochilgan vaqtda tarkibga kuchli futbolchilarni jalb etishni maqsad qilganmiz"

Pro-liganing 9-turidan o'rin olgan "Olimpik" - "Dinamo" (1:2) bahsidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Pro-liga jiddiy chempionat hisoblanadi. Safar uchrashuvlari biz uchun qiyin kechayapti. "Olimpik" safida yosh va malakali futbolchilar yig'ilgan. Timur Kapadze jamoa safiga juda ham masuliyatli futbolchilarni jamlagan va 2 yildan buyon ular bilan ishlab kelmoqda. Ular Pro-ligada Superliga yo'llanmasi uchun kurash olib borishayapti. Bundan tashqari jamoa turli darajada musobaqalarda ishtirok etib kelayapti, masalan yaqinda ular Ukrainada bo'lib o'tgan turnir g'olibi bo'lishdi. Bugungi o'yin qiziqarli va og'ir o'tdi. Yigitlar oxirigacha kurashishdi va g'alaba uchun oxirigacha kurashishdi.

- Birinchi bo'limda hujumlar kam bo'lgandek ko'rindi...


- Bu borada yigitlarga tegishli ko'rsatmalarni berganman. Raqibga to'pni topshirib qo'ymaslik kerak. Birinchi bo'limda to'p nazorati raqib tomonida bo'ldi. Ikkinchi bo'limda bu borada biz ustunlik qildik.

- Markazda Hamrolievning harakatlarini qanday baholaysiz?


- Hamrolievda bir oz xatolar kuzatildi. Balki unda hayajon bo'lgandir, shunga bir oz shoshib qoldi. O'yin tempi yuqori bo'ldi, bu o'yinda uchraydigan holat.

SHuningdek, Hakimov bilan davolanish kurslaridan so'ng jiddiy gaplashib olamiz.

- Transferlar oynasi ochilgan vaqtdagi rejalar qanday?


- Mavsum boshida vaqt tig'iz edi. Transferlar bo'yicha bizda xatolar ham yo'q emas. Transferlar oynasi ochilgan vaqtda tarkibga kuchli futbolchilarni jalb etishni maqsad qilganmiz. Jamoa homiylari va rahbariyatga minnatdorchilik bildiraman. SHuningdek jamoa muxlislariga ham rahmat aytaman. Biz bugun jarohat tufayli majburiy o'zgarishni ham amalga oshirdik.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика