So’nggi yangiliklar

02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  1 00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  0 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  2 23:58Шквирин "Андижон"да  3 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  4 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  6 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  8 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  4 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  4 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  9 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  19 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  16 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  21

Hakim Fuzaylov: "Superligaga chiqishi mumkin bo'lgan 10ta klubni sanay olaman" Yangiliklar

Hakim Fuzaylov: "Superligaga chiqishi mumkin bo'lgan 10ta klubni sanay olaman"

Pro liganing 2-turidan o'rin olgan "Istiqlol" - "Dinamo" (1:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov o'z fikrlarini bildirdi.




"Birinchi turda "Yangier" bilan o'yin juda ham qiyin bo'lgandi, bugun ham shunday bo'ldi, oldinga o'tib aytishim mumkinki birinchi davra to'liq shunday o'tadi. Sababi ligadagi klublar kuchi deyarli teng. Ko'plab klublar o'z oldiga Superliga yo'llanmasini maqsad qilib qo'yishgan va tarkibni kuchaytirib olishgan. "Dinamo" tarkibi 90 foizga yangilandi. Kim g'alaba qozonishni xohlasa o'yin boshidan oxirigacha maydonda tinmay mehnat qilishi shart.

- Mixaylo Udod nima uchun zaxirada qoldirildi?

- Sababi u yaqindagina O'zbekistonga etib keldi. Keyin nazorat uchrashuvida jarohat oldi. Hozirgi paytda yurtimiz iqlimiga moslashmoqda.

- Abdurahmonovning o'rnini to'ldirish qiyin bo'lmadimi?

- Siroj Meliev, Timur Hakimov va Oleg Marchuk kabi futbolchilar bor. Abdurahmonov Turkiyadagi musobaqada ishtirok etib safimizga qaytib keladi.

- Jamoadan ketgan futbolchilarning o'rni to'ldirildimi?

- 15 yanvar kuni jamoaga kelgandim. Ro'yxatdan o'tkazilgan 25 nafar futbolchini ko'rib turibsiz. Mana shu o'yinchilar bilan davralar oralig'iga qadar birga ishlaymiz.

- Darvozabonning o'yiniga qanday baho berasiz?

- Farhod Rahmatov hali yosh darvozabon. SHu bois o'z ustida ko'proq ishlashi kerak.

- Keyingi o'yinda darvozada rotaciya bo'lsa kerak?

- Nafaqat darvozabon chizig'ida, balki boshqa chiziqlarda ham rotaciya qilamiz.

- O'zbekiston Superligasida Ehsoni Panshanbe kabi tojikistonlik futbolchilar bor. Siz ham Tojikistondansiz, "Dinamo" safida tojikistonlik futbolchilarni ko'rishimiz mumkinmi?

- Agar moliyaviy tomonlama kelisha olsak nima uchun yo'q? Ayni paytda moliyaviy imkoniyatimiz legioner futbolchi olishga etmasa kerak. Agar kelajakda oldimizga Superligaga chiqish vazifasi qo'yilsa balki kuchli legioner olib kelarmiz. Ehsoniga kelsak u tajribali o'yinchi, milliy terma jamoa azosi, qo'l ostimda terma jamoada ham, "Istiqlol"da ham o'ynagan.

- Superligaga chiqishi mumkin bo'lgan 2ta klub nomini taxmin qila olasizmi?

- Men 10ta klubni sanay olaman. Menimcha barcha klublar teng imkoniyatga egalar.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика