Hakim Fuzaylov: "O'zbekiston Kubogi – nufuzli musobaqa"
09 apr 2022 20:49
Yangiliklar


Hakim Fuzaylov: "O'zbekiston Kubogi – nufuzli musobaqa"
Musobaqa dastlabki turi doirasidagi "Surxon" – "Buxoro" (2:0) o'yinidan keyin buxoroliklar ustozi Hakim Fuzaylov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- O'yin haqida
- SHubhasiz, O'zbekiston Kubogi – nufuzli musobaqa. Har ikki jamoa g'alaba qozonishni xohlagandi. Afsuski, jamoamiz ko'plab xatolarga yo'l qo'ydi. Superliga jamoasiga qarshi o'ynaganimiz ortiqcha bosim yukladi, shekilli.
- Ushbu mag'lubiyatdan keyin turnir jadvali deyarli aniq bo'lib qoldi. Guruhdan chiqishga ishonasizmi?
- Hech qanday qo'rqinchli narsani ko'rmayapman. Musobaqa endigina boshlandi. Hali uyda "Metallurg" bilan, safarda "Bunyodkor" bilan bellashamiz. Har bir jamoa saviyasi deyarli bir xil. Kurashib, natija ko'rsatsa bo'ladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar