So’nggi yangiliklar

20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 20:05Суперлига. "Андижон" — "Қўқон-1912" 1:0 (матнли трансляция)  10 19:53Суперлига. "Шўртан" - "Хоразм" (матнли трансляция)  2 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  1 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  0 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  3 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1

Hakim Fuzaylov: "Menimcha, durangga loyiq o'yin bo'ldi" Yangiliklar

Hakim Fuzaylov: "Menimcha, durangga loyiq o'yin bo'ldi"

Pro liga 9-turidan o'rin olgan "Andijon" – "Buxoro" (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov fikrlarini bildirdi.


- O'yin haqida

- Oldin aytganimdek, Pro liga – murakkab musobaqa. Har bir jamoa astoydil kurash olib bormoqda. Masalan, 8-turda biz favorit, "G'ijduvon" esa autsayder sifatida qaralgandi, biroq o'shanda durang bo'lgandi. 

Bugungi bahs jangovar tarzda kechdi. "Andijon"ning ustunliklari va kamchiliklari xususida xabardor edik. Menimcha, durangga loyiq o'yin bo'ldi. "Andijon" standartlarda ancha xavfli, buni yigitlarimiz yaxshi bilishardi. Hali hamma kurash oldinda. Raqobat kuchli, sababi Superliganing 3 ta klubi Pro ligaga tushib ketgandi va endi Superligaga chiqish uchun harakat qiladi. O'ylashimcha, hammasi oxirgi 3-4 turda emas, balki pley-offda hal bo'ladi. 

- Natijadan qoniqdingizmi?

- Yo'q, unchalik qoniqqanim yo'q, chunki bu biz 5-marta durang o'ynadik. Bugun Superligaga chiqish yo'lidagi asosiy raqibga qarshi to'p tepdik. Ayniqsa, "Andijon" jamoasi hali uyda durang ham o'ynamagandi, faqat g'alaba qozongandi. Hayot davom etadi, kurashlar oldinda.

- "Andijon" so'nggi daqiqalarda g'alaba qozonib ketayotgandi, buni o'rganib chiqqanmidingiz?

- Albatta. Bu haqda futbolchilarga aytgandik. Biz Viktor Kumikovni yaxshi bilamiz. U kishi futbolchilarni o'yinga va standart holatlarga yaxshi tayyorlaydi. Yigitlarimiz jismonan andijonlik futbolchilarga engilishmagani xursand qildi.

- "Buxoro" o'tgan turda turnir autsayderi "G'ijduvon" bilan durang o'ynagandi. Jamoaga nima etishmadi?

- Ko'plab vaziyatlarni ko'kka sovurdik. Videolavhani ko'rib chiqdik. 14 ta vaziyat yaratdik, ammo ulardan foydalana olmadik. Hatto penaltidan unumli foydalanmadik. Bazida to'p darvoza ustuniga tegdi, zarbalar noaniq ketdi va hokazo.

- SHavkat Salomov yo'qligi bilindimi?

- Yo'q. "Andijon" standartlarga etibor qaratishini bilgandik. Jamoaviy o'yin ko'rsatsak, hammasi yaxshi bo'lishini kutgandik. Albatta, SHavkat bo'lganida zo'r bo'lardi. U – jamoa etakchisi. Umuman olganda, yaxshi o'yin namoyish qildik.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика