Hakim Fuzaylov: "Mag'lubiyatga uchramayotganimiz yaxshi, yutmayotganimiz yomon"
02 apr 2022 17:48
Yangiliklar
Hakim Fuzaylov: "Mag'lubiyatga uchramayotganimiz yaxshi, yutmayotganimiz yomon"
Pro liganing 5-turidan o'rin olgan "Yangier" - "Buxoro" (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov fikrlarini bildirdi.
"Pro ligada engil raqib yo'q. Barcha o'yinlar shunday qiyin o'tadi. Yigitlar kurashishgani menga manzur keldi. Garchi maydon holati chiroyli futbol ko'rsatishga javob bermagan bo'lsada, harakat qilishdi. Muhimi uch ochko bor. Oldinga qarab intilamiz.
Sobit Sindarovda sarik kartochkasi bor edi. Bunday tempdagi o'yinda hakamdan yana bir bor ogohlantirish olishi mumkin edi. SHavkat Salomovning yoshini hisobga olib zaxiraga oldik. U o'z ishini yaxshi bajardi.
Mag'lubiyatga uchramayotganimiz albatta yaxshi. Lekin o'yinlarni yuta olmayotganimiz yomon. Yangi jamoa shakllanishiga biroz vaqt kerak. Hali kurash oldinda. Pro liganing keyingi turida raqibni o'z maydonimizda yani Buxoroda qabul qilishimiz shart",- deydi Hakim Fuzaylov.
Fikrlar