Hakim Fuzaylov: "Bugun ikki ochko yo'qotdik"
17 okt 2024 19:31
Yangiliklar
Hakim Fuzaylov: "Bugun ikki ochko yo'qotdik"
Uchrashuv yakunlangach mehmonlar ustozi Hakim Fuzaylov OAV vakillari savollariga javob berdi.
"O'yin kutilganidek qiyin bo'ldi. Bugungi uchrashuvni ikki nafar markaziy himoyachimiz jarohat tufayli o'tkazib yuborayotgan edi. Biz birinchi bo'limda raqibdan ko'proq vaziyatlar yaratdik, ammo ikkinchi bo'limda raqib ham etarlicha qarshilik ko'rsatdi. Bugun ikki ochko yo'qotdik deb o'ylayman", - dedi Hakim Fuzaylov.
- "Xorazm" jamoasi bugungi durang natijasidan qoniqdimi?
- Yo'q, albatta. Biz bunga qadar ham ko'p ochkolarni yo'qotgandik. Bu juda yomon. SHu sababli bugun ikki ochko yo'qotdik deb aytib o'tdim.
- Jamoangiz namoyish etayotgan qoniqarsiz natijalarga nima sabab bo'layapti deb o'ylaysiz?
- Hali oldinda o'yinlar bor. Biz hozir 6-o'rindamiz va mavsum yakuniga qadar o'z o'rnimizni yaxshilab olishga harakat qilamiz. Jamoam yaxshi o'yin namoyish etmoqda, ammo yana bir nima etishmayotgandek, to'g'risi. Bularning barchasini to'g'rilash uchun biroz vaqt kerak, menimcha.
- Jamoangiz 1:0 hisobini saqlab qolishi uchun nima etishmadi?
- Biroz koncentraciya. O'yin so'ngida bir nechta vaziyatlarga ega bo'ldik, ammo ulardan unumli foydalana olmadik.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar