Hakim Fuzaylov: "AGMKda o'zgarishlar juda katta"
11 fev 2019 12:05
Yangiliklar
Hakim Fuzaylov: "AGMKda o'zgarishlar juda katta"
"Avvalo yaxshi qabul uchun rahmat aytaman. Barchasi ajoyib, mashg'ulot maydoni taqdim etishdi. Olmaliq shahri klubini oldindan bilaman, biroq bilishimcha jamoa tarkibi tubdan yangilangan. SHunga qaramay qiziqarli futbol ko'ramiz deb o'ylayman", - deydi Hakim Fuzaylov.

"Bizni O'zbekistonda yaxshi kutib olishdi. Barcha yigitlar ertangi bahsga tayyor. G'alaba qozonishga umid qilamiz", - deydi Fatxullo Fatxulloev.
- Jamoadagi selekciya ishlaridan ko'nglingiz to'ldimi?
- Hozirda jamoada bor yigitlardan ko'nglim to'lgan. Ammo selekciya ishlari davom etmoqda. Istalgan murabbiyga futbolchi etishmasligi odatiy hol.
- Siz "Lokomotiv" klubidagi faoliyatngiz orqali O'zbekiston chempionati bilan tanishsiz. AGMKning kuchini qanday baholaysiz?
- Albatta bu yurtda ishlaganman. Ammo bunga ancha yillar bo'ldi. AGMK klubida o'zgarishlar juda katta bo'ldi. Ularning tarkibida juda kuchli futbolchilar bor. Qiziqarli o'yin bo'lishini kutayapman.
- Osiyo chempionlar ligasida pley-off bahslari bir o'yindan iboratligiga munosabatingiz qanday?
- "Lokomotiv" bilan bunday holatni boshdan kechirganman. Ammo futbol shunday o'yinki, qaerda o'ynashning farqi yo'q. Faqatgina buning bitta kamchiligi bor. Futbol muxlislar uchun, ammo ertaga bizning muxlislar o'yinni televizor orqali ko'rishga majburlar. OFK shu tomonini o'ylab ko'rmagan deyish mumkin xolos.
Narzulla Saydullaev
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar