Hakim Fuzaylov: "Biz O'zbekiston sharafini himoya qilamiz, buni yigitlar yaxshi anglab turishibdi"
07 fev 2014 13:45
Yangiliklar

Hakim Fuzaylov: "Biz O'zbekiston sharafini himoya qilamiz, buni yigitlar yaxshi anglab turishibdi"
Lokomotiv - Quvayt SK uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbon vakillari ishtirok etishdi.
Temiryo'lchilar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov va jamoa himoyachisi Islom To'xtaxo'jaev jurnalistlar savollariga javob qaytarishdi.
"Oldimizga qo'yilgan eng asosiy vazifa OCHLning guruh o'yinlariga yo'llanmani qo'lga kiritish. Mavsum oldida safimizni ko'plab o'yinchilar bilan boyitib oldik. "Bunyodkor" va "Neftchi" safidan kelgan o'yinchilarga qo'shimcha tarzda ikkita legionerni ko'rsata olaman. "Quvayt SK"ni yaxshi o'rgandik. Mashg'ulot jarayonlari ham etarlicha bo'ldi", - deydi Hakim Fuzaylov.
- Hamkasbingiz havodan nolidi. Sizchi?
- "Paxtakor" Markaziy stadioni mamuriyatiga maydonni alo darajada saqlaganliklari uchun rahmat aytaman. Bunday vaziyatda eng muhimi maydonning qanday holatda bo'lishi. CHunki o'yin maydonda o'ynaladi.
- Anvar G'ofurovdan qaysi chiziqda foydalanmoqchisiz?
- Uni markazda ham, qanotda ham sinadik. Ikki nuqtada ham u birdek to'p tepdi. Ertaga u qaysi chiziqda maydonga tushishini bugun murabbiylar kengashi hal qiladi.
- Mavsum boshlanyapti, kayfiyatlar qanday?
- "Quvayt SK" haqida etarlicha malumot to'pladik. Bu jamoa OFK Kubogi sohibi hisoblanadi. Ikki jamoa oldiga OCHL guruh bosqichiga chiqish vazifasi qo'yilgan. Biz O'zbekiston sharafini himoya qilamiz, buni yigitlar yaxshi anglab turibdilar. Jamoamiz 80 foizga tayyor. Kayfiyat ham shunga yarasha.
- Jamoa penaltilar seriyasiga ham tayyorgarlik ko'rdimi?
- Ertaga avvalo g'alaba uchun o'ynaymiz. Ammo bu holatni ham esimizdan chiqarmaganmiz.
- Bu ikkinchi urinish. Avvalgi yildan to'g'ri xulosa chiqarilganmi?
- 2013 yilga nisbatan yosh jihatdan kichraydik. Bu yaxshi. O'tgan yilgi mavsum biz uchun katta saboq bo'ldi.
- Mavsum boshlanmangaligi salbiy tasir o'tkazishi ham mumkinmi?
- O'yin amaliyotini etishmasligi pand berishi mumkin, ammo xorij yig'inlarida kuchli raqiblarga qarshi o'ynab o'yin amaliyotimizni oshirdik.
- Hakim Qayumovich ertangi o'yinda sizni darvozabon muammosi bezovta qilmaydimi?
- Nesterov bilan shartnoma imzolagan bo'lsakda, u bizga bu o'yinlarda yordam bera olmaydi. Temur G'aniev ham yaxshi posbon. Ayni paytda bu chiziq borasida muammo ko'rmayapman, boisi biz hujumda o'ynamoqchimiz.

Fikrlar