So’nggi yangiliklar

11:15Ўртоқлик учрашуви. "Спартак" - "Насаф" 3:0, "Насаф" Россиянинг 10 карра чемпионини енгга олмади  0 11:04Эшитдик-да! Сергей Лушчан "Навбаҳор" бош мураббийи  11 10:46«Барселона» РПЛ футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 10:22«Немис машинаси» афсонаси терма жамоадаги фаолиятини якунлаганини эълон қилди  3 09:58Яна бир машҳур форвард фаолиятини Саудияда давом эттиради  2 09:34Инглизлардан ҳеч ким йўқ. Европа чемпионатининг рамзий термаси маълум  8 09:09Расман: «Барселона» етакчиси операция қилинади. У йил сўнггида сафга қайтиши мумкин  4 08:44Испания термаси сардори фаолиятини «Милан»да давом эттиради — Фабрицио Романо  4 08:20Whoscored. Копа Америка мусобақасининг рамзий термаси маълум  21 07:56Расман: «Атлетико» афсонаси фаолиятини бошқа жамоада давом эттиради  2 07:28Goal. Европа чемпионати ва Копа Америка мусобақасидан сўнг «Олтин тўп» учун даъвогарлар рейтинги ўзгарди  49 00:50Ўзбекистон олимпия терма жамоаси Франция клубини йирик ҳисобда таслим қилди  15 00:40Колумбия футбол федерацияси президенти финал вақтида муштлашувда иштирок этди ва ҳибсга олинди  6 23:31Ўртоқлик ўйини. "Манчестер Юнайтед" Норвегия клубига мағлуб бўлди  12 23:24Бардаги муштлашувдан сўнг "Навбаҳор" собиқ бош мураббийини боши ёрилди  15

Hakim Fuzaylov: BAA yig'inida jamoaviy o'yinga etibor qaratdik Yangiliklar

Hakim Fuzaylov: BAA yig'inida jamoaviy o'yinga etibor qaratdik

Yangi mavsum hamda Osiyo CHempionlar ligasi-2014 saralash bahslariga qizg'in hozirlik ko'rayotgan Lokomotiv jamoasi joriy yilgi yagona xorij yig'inini 11-25 yanvar kunlari BAAning Abu-Dabi shahrida o'tkazib qaytdi.

Ayni paytda temiryo'lchilar poytaxtda OCHL saralash o'yinlariga tayyorgarlikning yakuniy bosqichini davom ettirishmoqda. SHu bilan birga jamoa selekciya jarayonidagi faollikni ham bo'shashtirganicha yo'q. Bunga misol tariqasida Lokomotiv ushbu haftada o'z tarkibiga Ruslan Melziddinovni qo'shib olganini ko'rsatish mumkin. Temiryo'lchilarning mavsumoldi tayyorgarlik jarayoni qay darajada? Jamoada yangi futbolchilar paydo bo'lishi mumkinmi? SHu va boshqa savollar bilan biz Lokomotiv klubi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Hakim Fuzaylovga murojaat qildik.

-Hakim Qayumovich, jamoaning BAAda tashkil etgan o'quv-mashg'ulotlar yig'ini va umuman mavsumoldi tayyorgarlik jarayoni haqida gapirib bersangiz...

-Aytish mumkinki, jamoamizning BAAda tashkil etgan yig'ini anchayin samarali hamda foydali bo'ldi. Ushbu yig'indan avvalo futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilash, shuningdek kuchli sparring raqiblarga qarshi tashkil etilgan nazorat-sinov o'yinlari orqali jamoaga taklif etilgan yangi futbolchilarni ko'zdan kechirish, o'yin amaliyotini shakllantirish, jamoa o'zagini aniqlab olishni ko'zlagandik va bunga deyarli erishdik. Amirliklarda turli chempionatlarning etakchi jamoalariga qarshi maydonga tushdik. Qayrat klubi Qozog'iston chempionatining bronza medali sohibi sanaladi. SHaxtyor esa Ukrainaning amaldagi chempioni va joriy yilgi chempionat etakchisidir. Beyjing Guoan jamoasi Xitoyning etakchi klublaridan biri va Osiyo CHempionlar ligasida muntazam ishtirok etib keladi. So'nggi raqibimiz esa Rossiya premer-ligasi vakili Ural klubi bo'ldi. Ushbu o'yinlarda biz ikkitadan g'alaba va mag'lubiyat qayd etdik. Biroq, nazorat-sinov o'yinlarida natija muhim emas. Biz asosiy etiborni jamoaviy o'yinni shakllantirishga qaratgandik va bunga imkon qadar erishdik.

-Jamoa shu kungacha o'z safiga jami 10 nafar futbolchini qo'shib oldi. Selekciyadan ko'nglingiz to'ldimi? Mavsum startigacha Lokomotiv safida yangi futbolchilar paydo bo'lishi mumkinmi?

-Selekciya ishlari hech qachon to'xtamaydi, bu jarayon yil bo'yi davom etadi. O'ylaymanki, biz etarli darajada ko'chayishga erishdik. Jamoaga taklif etilgan futbolchilarning barchasi professional, o'z ishining haqiqiy ustalari. Hozirgi tarkibimiz jamoaning o'yiniga ijobiy tasir ko'rsatishga qodir. Lokomotivda yana yangi futbolchilar paydo bo'lishi mumkinmi? Menimcha yo'q. Agar yangi futbolchiga etibor qaratadigan bo'lsak, bu o'yinchi OFKga azo davlat vakili, yani osiyolik bo'lishi va jamoamiz o'yinini yanada ko'chaytirishi kerak.

-Lokomotiv tarkibiga kelib qo'shilgan yangi futbolchilardan Marat Bikmaev va Ignatiy Nesterov jarohati bois ancha vaqt jamoaga yordam bera olishmaydi. Buni qanday izohlaysiz?

-Bilasizmi, Bikmaev to'g'risida to'xtaladigan bo'lsak, uning o'zi Lokomotiv jamoasida to'p surish istagini bildirdi. Bu jamoamizdagi ajoyib muhit futbolchida ancha iliq taassurot qoldirganidan darak beradi. Marat boy tajribaga ega mahoratli futbolchi. U sog'aygach, jamoamizga yordami tegishiga ishonaman. Nesterovga kelsak, u umumiy guruh tarkibida mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda. SHifokorlarning aytishicha, Ignatiy mart oyi boshlarida maydonga qaytishi mumkin. Agarda jamoamiz Osiyo CHempionlar ligasi guruh bosqichiga chiqadigan bo'lsa, Nesterov 2-turdan boshlab jamoaga yordam bera oladi, deb umid qilaman.

-Osiyo CHempionlar ligasi-2014 saralash bahslarida qaysi darvozabonga ishonch bildirasiz?

-Bizda ajoyib bo'lgan darvozabonlar jamlanishgan. Yuqorida Nesterov haqida to'xtalib o'tdim. U umumiy guruhda mashg'ulotlar olib bormoqda. Ammo, OCHL saralash o'yinlarida Ignatiy jamoamizga yordam berolmaydi. G'aniev va Isaboevlarning imkoniyatlari teng. Umuman menga darvozabonlarning o'z ustida qanday ishlashayotgani yoqyapti. O'yin kuni ulardan qay biri yaxshiroq tayyorgarlikka ega bo'lsa, o'sha darvozani qo'riqlaydi.

-Yana bir jarohatlangan futbolchi Farhod Tojievning ahvoli qanday? U qachon safga qaytishi mumkin?

-Farhod Tojiev jamoamizning muhim o'yinchisi. Uning kutganimizdan ham tez sog'ayib borayotganidan mamnunman. Farhod hozir umumiy guruhda mashg'ulot olib bormoqda. Agar hammasi ko'ngildagiek ketadigan bo'lsa, u fevral oxiri – martning boshlarida maydonga qaytadi.

-So'nggi vaqtlarda jamoa hujumchisi Ivan Nagaevga Moskvaning Torpedo klubi jiddiy tarzda qiziqayotgani haqida malumotlar paydo bo'lgandi…

-To'g'ri, Lokomotiv hujumchisi bilan Torpedo (Moskva) klubi qiziqayotgandi. Ammo, Vanya oxirgi pallada jamoamiz safida qolish va OCHL bahslarida Lokomotivga imkon qadar yordam berish istagini bildirdi. Murabbiy sifatida bundan mamnanman.

-Jamoaning so'nggi xaridi Ruslan Melziddinov o'tgan mavsum ham temiryo'lchilar safida paydo bo'lgandi. Biroq, OCHL saralash bahslaridagi omadsizlikdan so'ng u Qozog'istonga jo'nab ketgandi. Murabbiy sifatida Ruslanni qaysi ampluada sinab ko'rmoqchisiz?

-Melziddinov universal futbolchi. U himoyaning markazida yoki qanotlarda to'p surishi mumkin. SHuningdek, tayanch yarim himoyasida ham chakki emas. Qolaversa, u intizomli futbolchi va o'z ishiga masuliyat bilan yondoshadi. To'g'ri, Melziddinov o'tgan yili jamoamizda to'p surish istagini bildirgan va OCHL saralash o'yinida maydonga ham tushgandi. Keyin Melziddinovga Qozog'istondan juda manfaatli taklif tushdi va biz futbolchining rayiga qarshi bormadik. Bu yil ham futbolchi Lokomotivda to'p surishni istadi va bundan mamnunmiz.

-Osiyo CHempionlar ligasi saralashida to'qnash keladigan raqiblarni o'rganish qay darajada? Umuman, Quvayt SK hamda Al-SHorta jamoalaridan qay birining imkoniyatini yuqori baholaysiz?

-Tarkib bo'yicha olib qaraydigan bo'lsak, jamoalarning kuchlari deyarli teng. Quvayt SK tarkibida mahoratli legionerlar jamlanishgan. SHuningdek, jamoaning asosini Quvayt terma jamoasi azolari tashkil etishadi. Qisqasi, yaxshi shakllangan jamoa. Xuddi shu fikrlarni Al-SHortaga nisbatan ham aytish mumkin. Ular safida harakat qiladigan besh nafar futbolchi yaqinda yakuniga etgan yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati g'olibi bo'lishdi. Yana 7 nafar futbolchi Iroq milliy terma jamoasi azosi sanaladi. Xullas, raqiblar bir-biriga munosib. Ulardan qay biri bizga to'qnash kelishi yakshanba kuni malum bo'ladi. Bizda esa raqiblarning o'yinlari yozilgan disklar bor va ularni o'rganishda davom etamiz. Albatta Quvayt SK - Al-SHorta jamoalari uchrashuvini kuzatamiz va raqiblarni sinchkovlik bilan o'rganishda davom etamiz.

-Hakim Qayumovich, shu kunlarda yurtimizda nisbatan sovuq havo hukm surmoqda. Bu bizning foydamizga xizmat qilishi mumkinmi yoki...?

-O'yin kuni ikkala jamoa ham bir xil sharoitda to'p suradi. Biroq, Quvayt va Iroq uchun bunday ob-havo sharoitida to'p surish biroz noqulaylik tug'diradi, deb o'ylayman. Har holda ular issiq sharoitda to'p surishga moslashgan. Bizning futbolchilar ham issiqni yaxshi ko'rishadi. Ammo, jamoamiz futbolchilari sovuq sharoitda to'p surish bo'yicha malum tajribaga egalar. SHu bois sovuq ob-havo sharoiti bizning foydamizga xizmat qiladi.

Otabek Eshmamatov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика