So’nggi yangiliklar

00:43Ироқ юлдузлар лигаси. "Эрбил" Темировнинг дубли эвазига меҳмонда ғалабага эришди, ҳамюртимиз тўпурарлар пойгасида яққол етакчилик қилмоқда  1 23:59"Арсенал" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  11 23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  2 22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  25 22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  1 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  10 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  2 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0

Hakamni urgan "Navbahor"ning ikki futzalchisi ikki yilga chetlatildi Yangiliklar

Hakamni urgan "Navbahor"ning ikki futzalchisi ikki yilga chetlatildi

Bugun O'FA Tartib-intizom qo'mitasining navqbatdagi qarori elon qilindi.

Unga ko'ra, futzal bo'yicha O'zbekiston chempionati 12-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Metallurg" bahsida sodir bo'lgan xunuk voqea yuzasidan chora ko'rildi. 

Esingizda bo'lsa, o'yinning 40-daqiqasida "Navbahor"ning ikki futzalchisi hakamga tashlanib, ulardan biri hatto yuziga musht tushirgandi. Qo'mita ushbu futzalchilarni ikki yil muddatga chetlatishga qaror qildi. 


VIDEO


“NAVBAHOR — «METALLURG»

Futzal Oliy ligasi 12-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari”— «Metallurg» uchrashuvining 40-daqiqasida hakam tomonidan «Navbahor» jamoasi o'yinchisi Doniyor Sotvoldievga qizil kartochka ko'rsatiladi. SHundan so'ng «Navbahor» jamoasi futbolchisi Ilxom Yusupjanov uchrashuv hakami oldiga borib o'z etirozlarini qo'pol tarzda bildiradi va unga nisbatan kuch ishlatadi.

SHuningdek, jamoa azolari va boshqalar tomonidan janjalli holatni bartaraf etish choralari ko'rilayotgan vaqtda yana bir «Navbahor» futbolchisi G'ulomjon Mamadjonov ham uchrashuv hakamiga nisbatan kuch ishlatadi.

Mazkur uchrashuv internet orqali to'g'ridan-to'g'ri efirda namoyish etilayotgani, keyinchalik ushbu holat aks ettirilgan videoyozuv ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan va keng jamoatchilik tomonidan jiddiy etirozlarga sabab bo'lgan.

QAROR

O'zbekiston futbol associaciyasi Intizom kodeksining 5.48, 5.49-bandiga asosan «Navbahor» futbolchilari Ilxom Yusupjanov va G'ulomjon Mamadjonovga nisbatan 2 yil muddatga futbol bilan bog'liq har qanday faoliyatdan chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

SHuningdek, “Navbahor lochinlari” klubi tomonidan 2022 yilgi mavsumda O'zbekiston professional futbol ligasi tomonidan o'tkaziladigan musobaqalar Reglamentining 16.2,16.3,16.4-bandlariga rioya qilinmagani uchun klubga ham jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика