Hakamni haqorat qilgani uchun "Roma" ustoziga jazo tayinlandi
08 okt 2019 22:30
Yangiliklar


Hakamni haqorat qilgani uchun "Roma" ustoziga jazo tayinlandi
Roma bosh murabbiyi Paulu Fonseka A Seriyaning 2 uchrashuvidan chetlashtirildi.
Fonseka chempionatning 7-turi doirasidagi «Kalyari»ga qarshi bahsda (1:1) bosh hakamni haqorat qilgan. Uning bunday qilganiga sabab esa uchrashuv referisi 90 daqiqada Nikola Kalinich tomonidan kiritilgan golni hisobga olmagani bo'lgan. «Bo'rilar» hozirda 12 ochko bilan jadvalda 5-o'rinda borishmoqda.
Rimliklar keyingi ikki turni avvaliga 20 oktyabr kuni safarda «Sampdoriya»ga qarshi, keyin esa uyda 27 oktyabr sanasida «Milan» bilan o'tkazishadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar