So’nggi yangiliklar

00:25РПЛ-2025/26да фақат сардорларга ҳакамлар билан мулоқот қилишга рухсат берилиши мумкин. Бошқалар жазоланади  0 00:00КЖЧ. "Интер" - "Флуминенсе"  2 23:23"Астон Вилла" Рэшфорд, Асенсио ва Дисасиларнинг кетганини эълон қилди  1 22:54"Ювентус" тезроқ Влаховичдан қутилмоқчи, Душан эса йиллик маоши 20 млн. евро бўлган таклифни рад этди  1 22:15МЮ нархи 60 млн. фунт бўлган ҳужумчини сотиб олиши мумкин  0 22:00Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Сурхон"га енгилди  65 20:33"Реал" сардори жароҳатидан қутилди ва майдонга қайтишга тайёр  1 19:50"Реал" трансфер мақсадларининг биридан воз кечди  3 19:21"Ювентус" юлдуз ҳужумчиси учун бор-йўғи 20 млн сўрамоқда  5 18:44"Реал" Клублар ўртасидаги ЖЧдан кейин яна бир ҳимоячи билан шартнома имзолайди  4 18:18Лопетегининг сўровига биноан Ал Хайдос Қатар терма жамоасига чақирилди  8 17:45"Навбаҳор" футболчиси Беларусга йўл олмоқда  15 17:23Ўзбекистон Кубоги 1/8 финал босқичи ўйинларида ишловчи расмийлар билан танишинг  2 17:02"Динамо" ҳамда "Нефтчи" ўртасидаги қолдирилган баҳсга ҳакамлар тайинланди  6 16:41Қозоғистон футбол федерацияси президенти Ўзбекистон билан ўйин ҳақида баёнот берди  19

Hakamlarimiz Osiyo kubogida: kim nechta o'yinda ishlagan? Yangiliklar

Hakamlarimiz Osiyo kubogida: kim nechta o'yinda ishlagan?

Qitamizning eng nufuzli turniri hisoblangan Osiyo kubogida hakamlarimizning o'rni anchagina salmoqli.

Sababi, 2004 yildan boshlab ushbu musobaqada muntazam ishtirok etib kelayotgan vakillarimiz 2 bora turnir finalini boshqarishga muvaffaq bo'lishgan.


Osiyo kubogida necha nafar hakamimiz ishlagan?

2004 yildan buyon o'tkazilgan Osiyo kubogida 7 nafar o'zbekistonlik hakam ishlagan. Bosh hakamlarimiz soni esa 3 tani tashkil etadi. Ular orasida eng ko'p o'yin tabiiyki, Ravshan Ermatov hisobida — 16 ta o'yin (Ermatov, shuningdek, Osiyo miqyosida ham bu borada mutlaq etakchi). Bundan tashqari, Valentin Kovalenko hamda Ilgiz Tantashev singari vakillarimiz ham ushbu turnir o'yinlarida ishlagan.

Musobaqada ishlagan hakamlarimiz kesimida o'yinlar soni:

Ravshan Ermatov:
— 2004 yil 1 o'yin bosh hakam, 1 o'yin zaxira hakami;
— 2011 yil 4 o'yin bosh hakam (shu jumladan, final) va 1 uchrashuvda zaxira hakami;
— 2015 yil 4 bahsda bosh hakam (shu jumladan, yarim final);
— 2019 yil 5 o'yinda bosh hakam (shu jumladan, final);

Valentin Kovalenko:
— 2011 yil 4 uchrashuvda zaxira hakami (ularning birida R. Ermatov bilan birga ishlagan);
— 2019 yili 1 o'yinda bosh hakam;

Ilgiz Tantashev:
— 2019 yili 1 bahsda bosh hakam;

Viktor Serazitdinov:
— 2007 yil 2 uchrashuvda yordamchi hakam;

Abduhamidullo Rasulov:
— 2011 yil 4 o'yinda yordamchi hakam (shu jumladan, final);
— 2015 yil 4 bahsda yordamchi hakam (birida R. Ermatov bilan);
— 2019 yil 7 uchrashuvda yordamchi, 1 o'yinda zaxira hakami (shu jumladan, final);

Rafael Ilyasov:
— 2011 yil 4 marta yordamchi hakam (shu jumladan, final);

Jahongir Saidov:
— 2015 yil 2 bahsda yordamchi hakam (birida R. Ermatov bilan);
— 2019 yil 6 o'yinda assistentlik qilgan (shu jumladan, final).

Eslatib o'tamiz, bugun start oladigan Osiyo Kubogida 3 nafar hakamimiz ishtirok etadi. Bular — Ilgiz Tantashev, Andrey Capenko, Timur Gaynullin.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика