So’nggi yangiliklar

09:27Sofascore. «Ал Фaйҳа» дуранг ўйнаган баҳсда Шукуров қандай баҳо олди?  0 08:58Маркус Рэшфорд қайси жамоага ўтиш нияти борлиги айтилди  0 08:29«Реал» Алонсо учун «Байер»га қанча товон пули тўлаши маълум бўлди  0 08:00Мавсум якунида Ла Лигадан тушиб кетадиган илк клуб аниқ  0 07:31Саудия Арабистони чемпионати. Шукуров жамоаси сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  2 02:33ЛаЛига. "Атлетико" ва "Бетис"дан йирик ғалабалар  0 01:58"Милан"нинг Италия Кубоги финалидаги рақиби аниқ бўлди  2 01:00Паслар даҳоси: Хавининг Эл-Класикодаги энг яхши 5 ўйини  9 00:39Райан Гиггз Роналдунинг МЮдаги илк йилларини эслади  12 00:11Бернарду Силва: "У "Манчестер Сити" тарихидаги энг яхши футболчи"  2 23:47"Реал" Винисиуснинг ўрнига футболчи топиб қўйган  6 23:18ЛаЛиганинг апрель ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  2 22:53"Бухоро" — "Машъал" учрашуви қаерда бўлади?  6 22:35"Арал" Про-лигада ўз майдонида сўнгги марта қачон мағлуб бўлганди?  0 22:04"Олимпик" илк ғалабасини Қорақалпоғистонда қайд этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0

Hakamlar yig'ini: Talablarni topshirganlar ko'p, yiqilganlar ham bor Yangiliklar

Hakamlar yig'ini: Talablarni topshirganlar ko'p, yiqilganlar ham bor

Ayni paytda poytaxtdagi “CHig'atoy” sport bazasida hakamlarning navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'ini davom etmoqda.

22 yanvardan boshlangan mazkur yig'inda 10 nafar Referi va 21 nafar Referi assistentlari, jami 31 nafar hakam ishtirok etmoqda. Aleksandr Popov, Arslon Xotamov, Marat Ismoilov kabi shu sohaning tajribali mutaxassislari amaliy va nazariy mashg'ulotlar olib borishyapti. Turli darajadagi  test sinovlarini esa plyaj futboli bo'yicha FIFA Referisi Baxtiyor Namozov hamda engil atletikachilar Radik Xubbiev va Yuliya Tarasova qabul qilmoqda.


O'tgan haftada yakunlangan va 35 nafar hakam ishtirok etgan yig'inda birgina qashqadaryolik Zufar Eliboev nazariy sinovlardan o'ta olmagandi, unga fevral oyida tashkillashtiriladigan navbatdagi yig'inlardan birida o'z omadini sinab ko'rish uchun yana bir imkoniyat beriladigan bo'ldi. SHuningdek, o'tgan safar sinovlarni muvaffaqiyatli topshira olmagan Vadim Agishev (Toshkent) va Igor Gormashev (Toshkent)ga ham bu gal qayta sinovlarni topshirishga ruxsat berildi. Aksincha, o'tgan yig'inda barcha sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan hakamlardan uch nafari – Ravshan Abduvohidov (Qarshi), Baxtiyor Yulcharaev (Sirdaryo) va Dmitriy Klepikov (Toshkent) bu galgi yig'inda ham ishtirok etishni lozim topishdi.

 
Aslida  O'FF qoshidagi Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi hakamlarni professional darajada shakllantirish, o'z ustilarida tinimsiz shug'ullanib borishlari uchun ko'p xayrli ishlarni amalga oshiryapti. SHulardan biri o'quv-mashg'ulot yig'inlarida qatnashgan va qisqa muddat ichida zaruriy talablarni bajara olmagan hakamlarga imtihonlarga yanada puxta tayyorgarlik ko'rib, qayta topshirish, xato va kamchiliklarini to'g'rilash uchun imkoniyat yaratyapti. Qolaversa, yig'inlarda qatnashgan, talablarni bajargan hakamlarni ham etiborsiz qoldirmay, har oyda jismoniy holatini tekshirish, bo'yi va og'irligini nazorat qilib borish maqsadida nazorat ishlarini olib borishni yo'lga qo'ygan. SHuningdek, talablarni qabul qiluvchilar avvalgidek qo'lida sekundamer, bayroqchalar va yana nimalardandir foydalanmayapti, barcha ishlarni texnika bajaryapti. Aytaylik, 30 metga yugurish natijalarini elektron darvoza, FIFA testi - 75x25 test sinovini FIFAdan taqdim etilgan yuqori intensiv interval test moslamasi qabul qilmoqda. Bunda kim nimaga qodir bo'lsa shuning o'zi aks ettiriladi. Masalaga misollar bilan yondoshamiz. O'z davrida tajribali hakamlarning etakchilaridan hisoblangan Sardor Najafaliev, Gali Imamov kabi hakamlarimiz vaqt o'tgan sari jismoniy tayyorgarliklaridan noliy boshlashgan, biroq nazariy imtihonlarni beshga topshirar, jismoniy talablarni ham ... baribir bajarishardi. Imtihon qabul qiluvchilarning qo'lidagi sekundamerlari ularning vaziyatlaridan kelib chiqib natija ko'rsatardi. Bunday paytlarda nafaqat o'zimizdagi, balki OFKdagi masullar ham ko'rib ko'rmaganga olishardi. Sababi, tajribali hakamlarga O'zbekistondan tashqari Osiyoda ham talab katta edi-da. Hozirchi, barchasi boshqacha, professional tarzda...


22 yanvarda boshlangan yig'inning dastlabki kunida hakamlar jismoniy sinovlardan o'tishdi. Toshkentlik Igor Gormashev va namanganlik Muzaffar Mamatxonov qisqa masofaga (40 m) yugurish talablarini bajara olishmadi. Ularga navbatdagi yig'inlarda imkoniyat berish-bermaslik esa yig'inning so'ngi kunigacha davom etadigan nazariy bilimlariga bog'liq.

Yig'inda ishtirok etayotgan hakamlar:

Referilar

Ravshan Abduvohidov           (Qashqadaryo)
Baxtiyor Yulcharaev               (Sirdaryo)
Dmitriy Klepikov               (Toshkent)
Vadim Agishev                      (Toshkent)
Muzaffar Fayzullaev         (Jizzax)
Karamatullo Hasanov          (Toshkent v.)
Muzaffar Mamatxonov        (Namangan)
Davron Akmalov                   (Toshkent)
Igor Gormashev                  (Toshkent)
Abdurashid Xudoyberganov (Toshkent)
Referi assistentlari
Sardor Nishonboev              (Toshkent)
Jaloldin Husniddinov       (Toshkent)
Otabek Qosimov                    (Toshkent)
Abdullaxo'ja Saidov           (Toshkent v.)
Raxmatjon To'ychixonov       (Toshkent v.)
Adhamjon Sunnatov             (Sirdaryo)
Damir Iskanderov               (QQR)
Asqarbay Arzibekov            (QQR)
Abduhamid Jabborov          (Namangan)
Feruz Dostonov                    (Jizzax)
Mahmud Turdiev                   (Jizzax)
Amal Sultonov                     (Navoiy)
Jasur Rustamov                    (Navoiy)
Farhod Usmonov                   (Qashqadaryo)
Elnur Doniyorov                   (Qashqadaryo)
Abror Jo'raxonov                (Andijon)
Hayotbek Zulunov                   (Andijon)
Jahongir Abdurazzoqov      (Toshkent)
Bekzod Xudoyberganov         (Toshkent)
Xushnudbek Otamurodov      (Xorazm)
Dilshodbek Jumaniyozov      (Xorazm)
 
Referilar haqida gap ketganda, M.Fayzullaev, K.Hasanov, M.Mamatxonov va A.Xudoyberganov 2018 yilgi mavsumda ilk bor bosh hakam sifatida faoliyat ko'rsatishga tavsiya etilgan.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика