So’nggi yangiliklar

19:33"Қизилқум" — "Сўғдиёна". Таркиблар маълум  0 19:23"Машъал" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 19:20Суперлига. ОКМК – "Шўртан". Таркиблар маълум  1 19:07Жасур Жалолиддиновнинг янги клуби маълум?!  4 18:53Суперлига. "Бунёдкор" – "Пахтакор". Таркиблар маълум  2 18:40Эндрю Робертсон испан гранди сафига ўтиши мумкин  0 17:57Равшан Эрматов клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида энг кўп ўйинни бошқарган ҳакам бўлиб турибди  5 17:31"Шўртан" охирги бор Олмалиқда қачон ғалаба қозонган?  0 17:24Шавкат Саидов: "Бунёдкор" директори бўлишим? Бу нотўғри маълумот"  1 17:15Исроил ҳужуми туфайли Тареми жаҳон чемпионатига бора олмади  11 16:43"Реал" Асенсио билан шартномани узайтирди  1 16:20Ўзбекистонлик спорт психологи "Сантьяго Бернабеу"да "Master in Sport Psychology" дипломини олди  7 16:00Эшитдик-да! "Пахтакор"га қарши ўйиндан сўнг Илёс Зейтуллаев истеъфога чиқарилиши мумкин. Раҳбарият ҳам ўзгаради  12 15:46Турнир тубидагилар тўқнашуви: “Сўғдиёна” Навоийда тарих ёзадими?   0 15:12"Манчестер Юнайтед" Бундеслиганинг 100 млн евролик футболчисига қизиқмоқда  2

Hakamlar Superliganing 18-turidagi o'yinlarda nechta xatoga yo'l qo'yishdi? Rossiyalik ekspertimizdan bahsli qarorlar tahlili Yangiliklar

Hakamlar Superliganing 18-turidagi o'yinlarda nechta xatoga yo'l qo'yishdi? Rossiyalik ekspertimizdan bahsli qarorlar tahlili

SHuningdek, 17-turdan ko'chirilgan ikki o'yinning ham vaziyatlarini tahlil qildik.

Championat.Asia'ning hakamlik bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev Superliganing 18-tur o'yinlaridagi bahsli hakamlik qarorlarini tahlil qildi. Unda 17-turning ko'chirilgan ikki o'yini ham borligini qo'shimcha qilamiz.


❌ "Olimpik" - "Turon"

VIDEO

Menimcha, hakam o'zining dastlabki qarorini bekor qilib xato qildi. VAR esa vaziyatga xato aralashmoqda. Birinchidan, "Turon" o'yinchisining to'pni olishdagi harakati juda qo'pol. Har doim futbolchi to'pni noqulay qabul qilish paytida uzoqlashtirib yuborsa va keyinchalik bunday harakat bilan olib qo'yishda tavakkal qiladi. Sakrash va parvoz fazasi bor. Etibor yuqori ko'tarilgan o'ng oyoqqa qaratilgandi, u raqibning oyog'iga tishlar bilan biroz tegmoqda. Ammo, etibor berilsa, ikkinchi oyoq (chap) maysaga tegib turibdi, ammo tishlar ishlatilmoqda va "Olimpik" futbolchisining to'pig'iga aniq tegmoqda. Yuqori tezlik, qarshi harakat va sakrash fazasining barchasi hakamda "Turon" o'yinchisini chetlatish uchun barcha asosni beradi. SHuningdek, har qanday qarorda ham VAR hakamlari vaziyatga aralashmasliklari kerak bo'lganini qayd etmoqchiman, sababi qizil kartochka uchun ham, sariq kartochka uchun ham sabablar bor.


✅ OKMK – "Neftchi"

VIDEO

Menimcha, hakam OKMK foydasiga penalti belgilab, VAR esa vaziyatga aralashib to'g'ri qildi. Tananing yuqori qismidagi juda engil kontakt, bu o'zaro ro'y bermoqda va uning tashabbuskori OKMK hujumchisi. Bu kontakt fol hisoblanmaydi. Ammo, oyoqqa to'qnashuv bor, u "engil" emas: "Neftchi" o'yinchisi to'liq oyog'i bilan raqib to'p bilan harakatni davom ettirishni xohlagan payt zarba berdi. To'g'ri qaror.


❌ OKMK – "Neftchi"

VIDEO

Juda nozik vaziyat. Fikrimcha, hakam yordamchisi "o'yindan tashqari holat"ni qayd etishi kerakmasdi. O'yinchilar deyarli bitta chiziqda turishibdi, bu erda faqatgina isbotlash qiyin bo'lgan qandaydir santimetrlar haqida gapirish mumkin, shu sabab bunday vaziyatlarni hujum foydasiga qayd etish qabul qilingan. Ammo, assistent "Neftchi" o'yinchisida o'yindan tashqari holatni qayd etgan bo'lsa va ofsayd chizig'i bo'lmasa, VAR har qanday qarorga aralasha olmaydi. SHuningdek, "Neftchi"nig 19-raqamli o'yinchisi kamerada OKMKning 3-raqamli o'yinchisi oyog'ini to'smoqda. Bunday vaziyatlarda ofsayd chizig'ini aniq qurish muammoli masala. Hakam yordamchisi ushbu vaziyatda "Neftchi" futbolchisiga o'ynashga berishi kerak edi.


❌ OKMK – "Neftchi"

VIDEO

Menimcha, hakam OKMK o'yinchisining qizil kartochkasini bekor qilib xatoga yo'l qo'ydi. VAR chegaraviy vaziyatga aralashib xato qilmoqda. Hakamlarda birinchi vaziyatda bo'lganidek ("Olimpik" - "Turon" o'yinida), qizil kartochka ko'rsatish uchun barcha asoslar bor edi. Yakkakurashga kirishishda yuqori tezlik bor, oyoq OKMK futbolchisi to'pga birinchi bo'lib o'ynashga ulgurgan payt maysadan yuqori ko'tarilgan. Ammo, u buning oqibatlari haqida o'ylashi kerak edi: tishlar bor, ammo urg'uni bunga bermagan. SHu sabab hakamlarning dastlabki OKMK o'yinchisini jiddiy qoida buzilishi sabab chetlatish qarorini qo'llab quvvatlash mumkin edi.


✅ "Bunyodkor" - "Buxoro"

VIDEO

Menimcha, hakam o'yinni davom ettirib to'g'ri qildi. Ikki o'yinchi ham bir-birini ushladi, shu sabab "Bunyodkor"ning hujumkor futbolchisi so'nggi pallada yiqitishni biroz oshirib yubormoqda. U avvaliga "Buxoro" o'yinchisi tomon harakat qildi, ular kurashda qo'llarini ishlatgan holda bir-birlari bilan to'qnashishdi. VAR to'g'ri aralashmadi.


✅ "Surxon" - "Nasaf"

VIDEO

Takroriy vaziyatga ko'ra, to'p "Nasaf" himoyachisining o'ng qo'liga, elka sohasiga tegdi. Qo'l tanaga yopishgan holatda edi, shu sabab bu hakamning o'yinni davom ettirish qarori to'g'ri ekanligini anglatadi. Vaziyatni aniq ko'rgan hakamning ajoyib poziciyasini qayd etaman. VAR vaziyatga  to'g'ri aralashmadi.


✅ «Qizilqum" - "Paxtakor"

VIDEO

"Qizilqum" o'yinchisining yaqqol foli va istiqbolli hujumni buzgani uchun sariq kartochka, sababi "Paxtakor" o'yinchisi raqib jarima maydonchasidagi erkin hududga kirdi. VAR bu erda aralasha olmaydi. Menimcha, hakam penalti emas, jarima zarbasi belgilab to'g'ri qildi, sababi fol joyi jarima maydonchasi chizig'igacha edi.


✅ «Qizilqum" - "Paxtakor"

VIDEO

Menimcha, hakam "Qizilqum" foydasi penalti belgilab to'g'ri qildi. Ehtiyotsizlik sabab fol, sariq kartochka talab etilmaydi. Videodan qarasak, "Paxtakor" o'yinchisi raqib oldida tartibsiz yugurmoqda va uni qadamidan to'xtatmoqda. Bu mudofaa o'yinchisi oyog'ining yon yoki orqa qismidagi harakat uchun javobgarlikni bo'yniga oladigan vaziyati. Uzatmadan so'ng vaqtida joyini egallagan hakamning yaxshi poziciyasini qayd etaman.


✅ «Qizilqum" - "Paxtakor"

VIDEO

"Paxtakor" himoyachisining qo'liga to'p tegdimi yoki yo'q, buni aniq ko'rish uchun takroriy vaziyatda yana rekurslar etmayapti. Qo'llar darvoza chizig'ida bo'lsa va ular hatto tabiiy holatda bo'lsa ham, u goldan mahrum qilganda deyarli har doim jazolanadi. SHu sabab, hakamning yaqqol gol urish imkoniyatidan ayirish uchun qizil kartochka ko'rsatishini qo'llab-quvvatlayman. VAR  to'g'ri aralashmadi.


❌ "Navbahor" - OKMK

VIDEO

Hakam "Navbahor" o'yinchisiga sariq kartochka ko'rsatishi va jarma zarbasi belgilashi kerak edi. Doim, bir o'yinchi bosh bilan o'ynasa, raqib esa ushbu vaziyatda oyoq bilan harakat qilsa, u jazolanish uchun tavakkal qiladi. Hatto u to'pga soniyalar qolganda tekkan bo'lsa ham, u ehtiyotsiz harakat qildi. U o'z harakatini ijro etar ekan, raqibining xavfsizligi haqida o'ylamadi.


↺ "Navbahor" - OKMK

VIDEO

Umuman olganda, bu nazorat-intizom komissiyasiga savol va uning bu vaziyatni qanday qayd etishiga bog'liq. OKMK o'yinchisi hech qanday provakacion harakat qilmadi, shunchaki tribunalarni olqishlab qo'ydi. Balki zaxira o'rindig'ida yo'l olayotgandagi qisqa qarsaklari tribunani junbushga keltirgandir.


✅ "Metallurg" - "So'g'diyona"

VIDEO

Hakam o'yinni davom ettirib to'g'ri qildi. Parallel yugurayotgan va poziciya uchun kurashayotgan ikki futbolchi o'rtasidagi elkama-elka vaziyatdagi oddiy o'yin kontakti. "Metallurg" himoyachisi tomonidan ushlab qolish, itarib yuborish yo'q. Yaxshi joyni egallagan hakamning poziciyasini qayd etaman.


❌ "Neftchi" - "Andijon"

VIDEO

Hakam o'yindan tashqari holatni xato qayd etdi. Assistent uchun engil vaziyat, u maydonning o'rtasida bo'lgan "Andijon" o'yinchisini (5-raqam) o'tkazib yuborgan. O'yinchilar hattoki chiziqda ham emas edilar, hujumchi esa "zaxira bilan" o'rin egallagandi.

Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика