So’nggi yangiliklar

09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  2 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  1 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  3 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  3 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  3 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  3

Hakamlar "Nasaf" va "Navbahor" foydasiga penalti belgilamadi, "Andijon" esa sindirildimi? Superliga 7-turidagi hakamlik tahlili Yangiliklar

Hakamlar "Nasaf" va "Navbahor" foydasiga penalti belgilamadi, "Andijon" esa sindirildimi? Superliga 7-turidagi hakamlik tahlili

Rossiyalik sobiq hakam barcha bahsli vaziyatlarni tahlil qildi.

Championat.Asia'ning hakamlik bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" telegram kanali) Superliga 7-tur o'yinlaridagi bahsli epizodlarni tahlil qildi.


✅ "Metallurg" - "Qizilqum" VIDEONI KO'RISH

"Qizilqum" o'yinchisi to'pni qabul qildi va shundan so'ng oyog'ida kichik kontaktni his qildi. SHu bilan birga, u darvoza tomon zarba berishga ulgurdi va shundan keyingina yiqildi. Albatta, uning yiqilishiga oyoqlardagi kontakt sabab bo'lmadi, shu sabab hakam to'g'ri qaror qabul qildi. Hatto "Qizilqum" forvardi birdan yiqilganda ham, kontakt jazolanishga loyiq va jiddiy ko'rinmadi. Penalti haqida gap-so'z bo'lishi mumkin emas.


? "Metallurg" - "Qizilqum" VIDEONI KO'RISH

"Qizilqum" darvozasiga belgilangan penalti juda bahsli ko'rinmoqda. VAR hakamni faqatgina qo'shimcha kameralar bo'lgan taqdirdagina monitorga chorlashi mumkin, sababi menimcha, ushbu rakursdan to'p "Qizilqum" himoyachisining tabiiy turgan qo'liga tekkani ko'rinib turibdi.


✅ "Neftchi" - "Andijon" VIDEONI KO'RISH

Ehtiyotsizlik sabab oddiy fol. "Andijon" o'yinchisi to'p uchun o'ynashga harakat qila turib sirpanib ketdi. Uning harakatlarida hech qanday ehtiyotsizlik yo'q, shu sabab bu erda sariq kartochka talab qilinmaydi.


✅ "Neftchi" - "Andijon" VIDEONI KO'RISH

Jahon darajasidagi o'yinlarda hech kim hujumchi va darvozabon o'rtasidagi kichik kontakt sabab golni bekor qilish haqida o'ylab ham ko'rmagan bo'lardi. Ha, "Neftchi" hujumchisi kichik harakat amalga oshirmoqda, ammo futbol – kontaktli o'yin. Gol to'g'ri hisobga olindi.


✅ "Neftchi" - "Andijon" VIDEONI KO'RISH

Referi "nuqta"ni ko'rsatdi va "Andijon" himoyachisiga "so'nggi umid foli" deb hisoblagan holda qizil kartochka ko'rsatdi. To'p haqiqatdan ham "Neftchi" hujumchisi uchun juda qulay uchdi, u keyingi harakat bilan raqib darvozasiga zarba berishi mumkin edi. Hakamning qarorini qo'llab-quvvatlash mumkin.


? "So'g'diyona" - "Navbahor" VIDEONI KO'RISH

Ushb rakursdan "So'g'diyona" himoyachisi to'p uchun o'ynagani yoki "Navbahor" forvardining oyog'iga zarba berganmi yoki yo'q, buni aniqlash imkonsiz. Agar VARda boshqa rakurslar bo'lmasa, maydondagi hakamning qarorini qo'llab-quvvatlash kerak.


✅ "So'g'diyona" - "Navbahor" VIDEONI KO'RISH

Kurash ko'proq ikki tomondan ham kontaktli bo'lgan, shu sabab hakam o'yinni davom ettirdi. Bu barcha hakamlar uchun umumiy tavsiya: agar ikki futbolchi to'p/poziciya uchun kurashda qo'llarini ishlatsa, bu holatda ulardan birini jazolash emas, balki o'yinni davom ettirish kerak. "So'g'diyona" himoyachisi tomonidan fol bo'lmagandi.


? "So'g'diyona" - "Navbahor" VIDEONI KO'RISH

Yana o'sha holat, boshqa kameralardan rakurslar etishmayapti. Agar to'p haqiqatdan ham "So'g'diyona" himoyachisining qo'liga tekkan bo'lsa, unda penalti to'g'ri belgilangan.


✅ "So'g'diyona" - "Navbahor" VIDEONI KO'RISH

"So'g'diyona" o'yinchisi tomonidan fol: mudofaadagi o'yinchi to'pga egalik qilmoqda ("Navbahor" hujumchisi Toma Tabatadze) va to'pni jarima maydonchasi ichidan chiqarib yuborishga urinmoqda, "So'g'diyona" o'yinchisi esa bu zarbaga qalqon bo'lmoqda. Yaxshiyamki, hakam penalti belgilamadi.


❌ "So'g'diyona" - "Navbahor" VIDEONI KO'RISH

Bu hakamning yaqqol xatosini gapirishimiz mumkin bo'lgan holat. Nega bu vaziyatga VAR aralashmadi? "Navbahor" himoyachisi unga kelayotgan to'pni qaramoqda, "So'g'diyona" hujumchisi esa himoyachiga qaramoqda va hatto to'p uchun kurashishga urinmay "tanaga" o'ynamoqda. U shunchaki mudofaa o'yinchisiga o'zini tashlamoqda. Bu erda mudofaa poydasiga fol qayd etish kerak edi, penalti xato belgilandi.


✅ "Nasaf" - "Bunyodkor" VIDEONI KO'RISH

"Bunyodkor" himoyachisi tartibli harakat bilan to'pga ulgurmoqda, shundan so'ng esa o'yin kontakti ro'y berdi. Hakamning qarorini qo'llab-quvvatlaymiz. Xohishga ko'ra "Nasaf" tomonidan fol qayd etish mumkin edi. Asosiysi esa penalti belgilamaslik.


✅ "Nasaf" - "Bunyodkor" VIDEONI KO'RISH

Qattiq vaziyat. Hakamda orqadan oyoq bilan tashlanganlik uchun "Bunyodkor" himoyachisiga to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka ko'rsatishga asos bor edi. Jarohatga olib kelishi mumkin bo'lgan xavfli harakat. Bundan tashqari, katta tezlik, tovonga tishlar bilan zarba berish – qizil kartochka uchun sabablar. Agar hakam boshida epizodni sariq kartochka bilan baholaganda, VAR bunga aralashishi kerak bo'lardi.


✅ "Surxon" - "Dinamo" VIDEONI KO'RISH

"Dinamo" himoyachisi penalti belgilash uchun sabab bo'ladigan hech narsa qilmayapti. O'yindagi to'qnashuv: himoyachi to'pni maysaga qo'ymoqda, u "Surxon" o'yinchisini yiqimayapti va tepmayapti. O'yinni davom ettirish - to'g'ri qaror.


✅ "Surxon" - "Dinamo" VIDEONI KO'RISH

Agar mojaroni kartochkalarsiz hal qilish imkoniyati bo'lsa, o'yinni kartochkalarga to'ldirib tashlash kerakmas. "Surxon" o'yinchisi "Dinamo" vakili (Joel Kojo)da ogohlantirish borligini ehtimol bilgan holda, uni ataylab jig'iga tekkan bo'lishi mumkin. Ammo, ikkinchi sariq kartochka yaqqol va aniq bo'lishi kerak.


✅ "Surxon" - "Dinamo" VIDEONI KO'RISH

"Dinamo" foydasiga penalti to'g'ri belgilandi. To'pni darvoza tomon aniq borayotgani yoki noaniqligi muhim emas. To'p uzatma paytida ham darvoza tomon aniq bormaydi, ammo penalti belgilanadi. Bu erdagi muhim jihat – qo'l notabiiy ravishda tanani kengaytirmoqda va to'p harakatiga to'sqinlik qilmoqda. Kartochkasiz o'n bir metrlik zarba.


SHunday qilib, hakamlar Superliganing 7-tur o'yinlarida atigi bitta qo'pol xatoga yo'l qo'yishdi. Ekspertimiz uch epizodda takroriy vaziyatlarning sifati pastligi (boshqa rakurslar yo'qligi) sabab qabul qilingan qarorlarning to'g'riligini baholay olmadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика