So’nggi yangiliklar

11:18Шармандага шаҳар кенг  2 10:25Мухлисларнинг кучи. «Милан» улар сабабли келишувга эришган мураббийи билан шартнома тузмади  1 09:54Томас Тухель: «Мадриддаги ғалаба бизни финалга олиб чиқади»  14 09:23Франция тарихидаги энг яхши ҳужумкор футболчилар аниқланди  13 08:52«Манчестер Юнайтед»нинг етакчиси ёзда жамоани тарк этиши мумкин  6 08:21Sofascore. Кечаги учрашувда энг катта баҳо олган футболчи маълум. У Вини эмас!  6 07:49Карло Анчелотти кечаги дурангдан сўнг нималар деди?  21 07:20«Бавария» — «Реал Мадрид» учрашувининг «man of the match» соҳиби маълум  9 06:15 Чемпионлар лигаси 1/2 финал. "Бавария" - "Реал Мадрид" 2:2   1 01:52Голларга бой ўтган баҳсда «Бавария» ва «Реал Мадрид» ўзаро дуранг ўйнади  222 00:59"Интер" чемпионлигини нишонламоқчи бўлган мухлис парадга кўк сигир етаклаб чиқди  3 00:32Жака мураббийликда ўзини синаб кўрмоқчи  0 00:15Жоржиньо "Арсенал" билан шартномани узайтирмоқчи  1 23:48"Барселона" "Реал" собиқ футболчиси билан алоқага чиқди. Мадридликлар уни қайтаришни хоҳламади  3 23:23"Clash of Clans" видеоўйинида Холанд қиёфаси пайдо бўлади  10

Hakamlar "Dinamo"ni "sindirishdimi?" "Paxtakor" darvozabonini chetlatish kerakmidi? Hakamlik bo'yicha rossiyalik ekspertimiz bunga javob beradi Yangiliklar

Hakamlar "Dinamo"ni "sindirishdimi?" "Paxtakor" darvozabonini chetlatish kerakmidi? Hakamlik bo'yicha rossiyalik ekspertimiz bunga javob beradi

Superliga birinchi turidagi bahsli hakamlik qarorlarining tahlili.

Mana uchinchi mavsumdirki Superliga o'yinlaridagi hakamlik qarorlarini Championat.Asia uchun eksklyuziv tarzda rossiyalik sobiq hakam, hozirda hakamlik bo'yicha ekspert ("Alyo, ref!" telegram kanali) Anatoliy Sinyaev tahlil qilmoqda.

Bugun Superliga 2024 yilgi mavsum ilk turida hakamlarimizning xato yo'l qo'ygan yoki qo'ymaganligini bilib olamiz.


✅ "Navbahor" – "Dinamo"

Hakamning ushbu vaziyatda penalti bermaslik qaroriga qo'shilaman. "Dinamo" o'yinchisi to'pni o'zidan juda ham uzoqlashtirib yubormoqda va "Navbahor" o'yinchisining qo'ygan oyog'iga intilgan holda raqib bilan kontakt izlamoqda. Bundan tashqari, kontakt ro'y berishi uchun o'zining chap oyog'ini "qo'ymoqda". Himoyachi to'pni olib qo'yish chog'ida to'pga o'ynagan bo'lishi ham mumkin.



✅ "Navbahor" – "Dinamo"

"Navbahor"ning 6-raqamli o'yinchisi qolib ketgandi, bu hatto chiziqsiz ham ko'rinib turibdi. Katta ehtimol bilan o'yinchilar bitta chiziqda edi yoki hatto himoyachi o'z darvozasiga biroz yaqin edi. Bunday holatda assistent hujum foydasiga qaror chiqaradi, VAR esa assistentning qarorini qo'llab-quvvatlaydi. Hakam vaziyatni to'g'ri tahlil qildi.


✅ "Navbahor" – "Dinamo"

"Navbahor" o'yinchisi qoidani buzmagan holda to'pga qarab harakatlanmoqda. "Dinamo" himoyachisi penalti bilan jazolanishga loyiq ushlab qolishni amalga oshirmoqda. VARning aralashuvi va hakamning to'g'ri yakuniy qarori. SHuningdek qayd etish kerakki, hakam maydonda bunday vaziyatlarni aniqlashi juda qiyin: u yuqoridan uzatma ijro etgan o'yinchi va to'p qo'liga tegmasligi uchun yaqin himoyachiga etiborni qaratadi. U jarima maydonchasi ichida poziciya uchun ko'rayotgan o'yinchini faqatgina periferik tarzda ko'radi. Aynan shunday holatlarda VAR kerak.



✅ "Nasaf" – "Olimpik"

Birinchidan, bunday chiziqlar bilan maydonda futbol o'ynash imkonsiz. Kamera orqali qaerda qoida buzilish bo'lganini aniqlashning iloji yo'q. Balki hakam chiziqni yaxshiroq ko'rgandir, shuningdek assistent ham bunday holatda yordam berishi kerak.

To'p "Nasaf" o'yinchisining nazorati ostida emasdi, hujumchi darvoza markazi bo'ylab yugurmayapti, "Olimpik" himoyachisi esa sherigining o'rnini to'ldirmoqda. To'g'ri qaror esa istiqbolli hujumni buzgani uchun himoyachiga sariq kartochka berish, bu uning uchun ikkinchisi bo'ladi. Ammo, oldin aytganimdek, folning qaerda bo'lganini bilish imkonsiz (jarima maydonchasi yoki uning tashqarisida).



✅ "Bunyodkor" – "Qizilqum"

Assistentning qo'rqmasdan qaror qabul qilganidan boshlaymiz: u "nozik" joyda hujum foydasiga o'yinni davom ettirdi va ofsayd qayd etmadi.

Ushbu takrordan "Qizilqum" darvozabonining to'p uchun o'ynagan yoki o'ynamagani ko'rinmagan. Ammo, ikkilamchi belgilar (to'p hujumchining tegishidan so'ng tezlashmadi va sekinlashdi)ga ko'ra hakamni qo'llab-quvvatlash kerak. To'pning sekinlashishi ko'proq darvozabonning to'p uchun o'ynaganiga ishora qiladi, shundan so'ng esa jazolanmaydigan muqarrar kontakt yuz berdi. Hakamlar epizodni to'g'ri tahlil qilishdi.



✅ "Bunyodkor" – "Qizilqum"

Hakamning so'zsiz to'g'ri qarori: "Bunyodkor" himoyachisi qo'llar pastga bo'lishi va maksimal darajada tanaga yopishishi uchun bukildi. Bunday holatda o'yinni davom ettirish kerak, sababi qo'l tabiiy holatda turibdi.



✅ OKMK – "Andijan"

"Andijon" himoyachisidan qattiq, ammo to'pning toza olib qo'yilishi. Oyoq bilan tashlanish to'g'ri holatda bajarildi: yondan, bitta oyoq bilan, ammo ko'tarilmagan. Hakamlarning o'yinni davom ettirish bo'yicha to'g'ri qarori.



✅ "Lokomotiv" – "Metallurg"

Hakamning ushbu qaroriga qo'shilish kerak. Bu erda sariq kartochkaning o'zi etarli. Sabablar: "Lokomotiv" o'yinchisi to'pga o'ynashni xohlagandi, kontakt paytida uning va raqibning oyog'i "og'irlikda" edi (tayanch emas). "Qizil kartochka soyasi bor bo'lgan" oddiy sariq kartochka, ammo ko'proq sariqqa yaqin. SHu bilan birga, VAR hakamning har qanday qarorida aralashishi kerakmas.



❓ "Lokomotiv" – "Metallurg"

VARning noaniq aralashuvi. Ha, to'p "Lokomotiv" himoyachisining qo'liga tekkani tushunarli, ammo bu to'pga muvaffaqiyatsiz o'ynagan himoyachining texnik braki sabab sodir bo'lmoqda.

Bunday hollarda to'pning qo'lga tegishi qoida buzilish hisoblanmaydi. Bahsli vaziyat, VARning o'rnida hakamning maydonda boshidanoq qabul qilgan har qanday qarorini qo'llab-quvvatlagan bo'lardim.



✅ "Surxon" – "Paxtakor"

Hakam vaziyatga to'g'ri baho berdi: "Paxtakor" darvozaboni to'pga o'ynadi, shundan so'ng o'yinchilar orasida muqarrar kontakt ro'y berdi. To'p hattoki darvozabonning qo'liga tekkan bo'lsa ham u tanaga yopishgan holda tabiiy holatda turibdi.



✅ "Surxon" – "Paxtakor"

VARning tushunarsiz aralashuvi. O'yinchilar orasida o'zaro kontakt ro'y berdi, shundan so'ng "Paxtakor"ning yiqilgan o'yinchisi turishga intildi, bu esa uning holati uchun tabiiy. "Surxon" hujumchisi esa yotgan o'yinchiga urilib yiqildi.

VARning aralashuvi uchun yaqqol asoslarni ko'rmayapman. Hakamga esa ilk qarorini o'z kuchida qoldirgani uchun qoyil.



❓ "Surxon" – "Paxtakor"

Katta ehtimol bilan "Surxon" o'yinchisida o'yindan tashqari holat yo'q edi. Takroriy vaziyat paytida jarima maydonchasi ichidagi o'yinchilarning tanalari joylashuvi bo'yicha bahslashsa bo'ladi. Ammo, bunday holatlarda chiziladigan ofsayd chizig'isiz assistent tomonidan yaqqol xato qilinganini isbot qilib bo'lmaydi.



SHunday ekan, Superliga hakamlari 12ta epizodda birorta ham qo'pol xatoga yo'l qo'yishmadi. Faqatgina ikki vaziyatda ("Lokomotiv" darvozasiga belgilangan penalti va "Surxon"ning hisobga olinmagan goli) qaror bahsli edi. SHuningdek, "Nasaf" – "Olimpik" o'yinidagi qoida buzilish joyi savollar tug'dirmoqda.

Reyting: -4   

Fikrlar

+2   
05 mar 23:59:58
Азик Asian
Динамони хакамларгача матбуотчилар синдириб булишганди,хакамларга эса тайёр улжани тепкилаш колганди холос. Мани шахсий фикрим ва кимгадир акл ургатмокчи эмасман аммо лу куннинг узида жамоа матбуот котиби ва рухшуросига эшикни орка томонидан махкамрок ёпиб чикиб кетитишни илтимос килиш керак эди. Аммо планшетининг батареяси портлаб куллари акашак булиб харф тера олмай колгур матбуотчилар хам роса Бабаян ногорасига уйнаб жамоани рухан синдириб булишди. Бечора Вадим ака эса 15 кишига карши 11 киши бн тактика туза олмади. Майли бу кайтар дунё араблар крн какшатади яна ноинсоф Бабани. У ерда хакам ва матбуот уни бир тийинга олмайди ва шунда билинади асл уйини.
+2   
05 mar 16:52:36
Барселона. Арсенал. Пахтакор.
Энди + мас, - йигиш мода буганми
+1   
07 mar 17:04:39
Ibrohim.Muhammad Ali.Abdulloh Shamsiddinovichlar
Алкашлар Варата қизил бериш керак эди.Яна катта саҳнадан Пахта ой Пахта ой ҳақли ғалабалар кўтиб қоламиз
+1   
06 mar 20:46:04
safo78
Пахтакор дарвозабони тупга уйнади дейдими бу алкаш.
Тупга биринчи булиб Нимели тегдику,дарвозабон тупга эмас тугри Нимелига келиб урилдику.
Повторни куринглар
+1   
05 mar 21:12:58
Абдугофур1984
Бабаян хакамларни сотвоган
+1   
05 mar 20:01:35
Туйгун
Бу тахлилчи мутахасис 200 грам ичиб олиб хаёлига келганини ваккилайди аслида мухлислар хаммасини зур тушунади.
+1   
05 mar 17:53:29
Бобокул Авезов
Эксперт хам нон ейдиган дастухонига тупурмайди. Бари бир Унинг фикри хеч нимани хал килмайди ку. Просто у хам узбекистондан пул оладида.
   
05 mar 22:24:07
Ота макон
Пиздакор чемпионати бошланди.
   
05 mar 16:53:35
Odilbek77
Bularni o'zini aql yo'qmi? Shuni ham o'rislardan so'raysanmi(rossiyalikda).
   
05 mar 16:37:59
Аслиддин Фахридинов
Nnimaga bizani Jescoligamiz hakamlarini Rossiyaliklar baholaydi? Raz shunaqa bulsa Rossiyadan narmalniy sudyalar kelib ishlasin!!!
   
05 mar 16:06:27
Islom Jurayev
Xop usha ekspertina Navbahor Dinamo uyinida chiqarilgan qarorlarni tugri deb bilgan bulsa nega sarlavxani bunday quydina Dinamoni xakamlar sindirishdimi deb bir galati odamsilarda nimani istaysilar shuni ochig aytinglarchi xayotda bur erkak bulib.
   
05 mar 15:53:49
Dr_anonim
Бу кандай эксперт Динамо 1 таймда пенальти бор эди? АПЛ, А Серия ёки Ла Лигада бундай вазиятта пенальти белгилайди? Ракиб аёғига ўйнади аниқ контакт бор? ВАР аниқ яхшилаб кўриши керак эди, шу ВАР ни кўрмади даааа шу шубҳали ))))))
-1   
05 mar 21:34:11
islombek6767
"Пахтакорни куллаб кувватлаш хакамлар маркази" сурхонни тоза голини инобатга олишмади Кейинги турда ракиб Насаф Каршиликлар ракибдан ташкари одатдагидек хакамларга хам каршилик курсатишлари керак булади Хакамлар хам тайергарликни бошлаб юборишган булса ажаб эмас
-1   
05 mar 19:27:54
S M
Surxonni goli toza edi. Tuzukroq qaytarishga qqorqishdi. Hakamlarni Paxtakor foydasiga Yaqqol xatolarini berkitishga TV ham yordam beradi, Sharhlovchini ham toza gol deyishga duxi yetmeydi. Man neytral muxlisman. Agar ofsayd bo'lsa, chizib korsatish kerak edi. Sizlar ham bahsli deb qoyaqolibsizlar.
-1   
05 mar 17:09:25
Viva Viva
Xechqisi yo'q 2 -turdan boshlaymiz o'yinlarni deb o'tirgandur bazi xakamlar )))) Sherzod Qosimov degani bo'lardi, xakamlik qilmay qo'yganmi u ? Xar turda diqqat markazidagi trend xakam edida o'ziyam )))
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика