So’nggi yangiliklar

14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  0 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  0 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  2 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  2 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  8 10:42ПСЖ футболчисини "Галатасарой"га таклиф қилди  1 10:07"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисига 70 миллион евро таклиф қилди  0 09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  2 09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  2 08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  2 07:35Лионель Месси жароҳат олди  2 07:05Суперлига. "Бунёдкор" ва "Насаф" сафарда ғалаба қозонди, "Навбаҳор" эса "Динамо" билан дуранг ўйнади  0

"Hakamlar biz kabi jamoalarga adolat qilmaydigan bo'lsa, o'zbek futboli o'ladi" - Superliga murabbiylaridan 8-tur iqtiboslari Yangiliklar

"Hakamlar biz kabi jamoalarga adolat qilmaydigan bo'lsa, o'zbek futboli o'ladi" - Superliga murabbiylaridan 8-tur iqtiboslari

Keskin fikrlarga boy o'tgan tur.

Superliganing 8-turidan o'rin olgan uchrashuvlardan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanlarida jamoalarning bosh murabbiylari tomonidan yanragan fikrlarni yana bir bor yodga olib o'tamiz. 


 —  Klub siyosati sabab biz legioner futbolchi jalb etmaymiz. Mahalliy futbolchilarni jalb etishimiz, yoshlarni tarbiyalashimiz kerak. (s) Luisma Ernandes "Metallurg" bosh murabbiyi


— O'tgan mavsum osmonda edik, bu yil pastga tushib qoldik. Jamoa tarkibi yangidan shakllantirildi. Yaxshi futbolchini jamoaga olib kelish qiyin, lekin "Neftchi"ni ko'taraman deb kelgan va jon kuydirib o'ynayotgan futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman. (s) Ilhom Mo'minjonov "Neftchi" bosh murabbiyi.


— O'ylashimcha, raqib feyr-pleyga amal qilmadi. Bilmadim, ular sportni qanday tasavvur qilishadi. Sportda raqibga hurmat bo'lishi kerak. Raqib esa bir necha bor sportga noloyiq harakatlarni amalga oshirdi. (s) Predrag Rogan "Dinamo" bosh murabbiyi.


— Bunday mag'lubiyatni qabul qilish oson emas. SHaxsan men uchun og'ir zarba. Ochig'i mag'lubiyatga loyiq o'yin ko'rsatmadik. So'nggi daqiqalarda esa koncentraciyani yo'qotdik. (s) Denis Korostichenko "Lokomotiv" bosh murabbiyi.



— "Surxon" bilan o'yindan so'ng rahbariyatdan istefo so'radim, ammo ular bu noto'g'ri yo'l ekani aytishdi. Ularning ishonchi menga qo'shimcha kuch bag'ishladi. CHunki o'zim qo'qonlikman, ko'chaga chiqib, boshni ko'tarib yurish ham zarur.  Muxlislarga ham rahmat aytaman. (s) Baxtiyor Ashurmatov "Qo'qon-1912" bosh murabbiyi.


— Bilasizmi, bunaqasi oxirgi 3-4 turdan buyon kuzatilmoqda. Ehtimol, "So'g'diyona" kimdirga xalaqit qilyaptimi, to'g'risi, bu nima bilan bog'liq ekanligini bilmayman. Balki Jizzax shahri yoki jizzaxlik muxlislar boshqa davlatdanmi? (s) Ulug'bek Baqoev "So'g'diyona" bosh murabbiyi.



— Agarda hakamlar biz kabi jamoalarga adolat qilmaydigan bo'lsa, o'zbek futboli o'ladi. Bu esa juda va juda yomon. Men chet ellik inson sifatida sizning mamlakatingizni va barcha qadriyatlaringizni hurmat qilaman. (s) Anxel Lopes "Surxon" bosh murabbiyi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика