So’nggi yangiliklar

09:57Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Ироққа қарши ўйнайди   1 09:21Кеча жароҳат олган Шукуров ижтимоий тармоқдаги саҳифасида пост қўйди  7 08:41Sofascore. Кечаги учрашувда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  17 08:10ЖЧ-2026 саралаши. Винисиус пенальтидан гол ура олмади, Месси ва Аргентина эса сафарда Парагвайга ютқазди  3 07:54Ҳамид Саҳари Қатар-Ўзбекистон учрашуви учун карикатура чизди  25 07:24Марко Матерацци: "Златан ўзини энг зўри деб ҳисоблайди, лекин ундай эмас"  1 02:50Миллатлар лигаси. Италияда кичик, Англияда йирик ғалаба, Франция эса...  0 02:38Мана бу жиддий йўқотиш: Лаосда Шомуродовсиз ўйнаймиз  31 02:05Аҳмед Фатҳи: "Иккинчи бўлимда хатоларга йўл қўйдик, аммо ўйин сўнгида ғалабани илиб кетдик"  2 01:48Маркес Лопес: "Биринчи бўлимда барча жабҳаларда рақибдан устунроқ эдик"  15 01:44Аморим "Ипсвич"га қарши ўйинда МЮни бошқарадими?  0 00:55"Реал"нинг навбатдаги мураббийи аниқ...ми?  0 00:16Сречко Катанец: "Қандай қилиб сўнгги дақиқада оддий гол ўтказдик, буни билмайман" (тўлиқ)  115 23:54Катанец қўл остидаги иккинчи расмий мағлубият  81 23:35ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Сўнгги сонияда ютқаздик  91

Hakam "Paxtakor"ning ikkita golini bekor qilib to'g'ri qildimi? Rossiyalik ekspertimiz Superliganing 20-tur o'yinlaridagi bahsli vaziyatlar haqida Yangiliklar

Hakam "Paxtakor"ning ikkita golini bekor qilib to'g'ri qildimi? Rossiyalik ekspertimiz Superliganing 20-tur o'yinlaridagi bahsli vaziyatlar haqida

Championat.Asia'ning hakamlik bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref" telegram kanali) Superliganing 20-tur o'yinlaridagi bahsli vaziyatlarni tahlil qildi.

✅ "Metallurg" - "Andijon"

VIDEO

Vaziyatni ikki qismga bo'lish mumkin. Birinchisi: to'p o'yinga kiritilganidan so'ng yakkakurashda "Metallurg" o'yinchisi yutmoqda va bosh bilan o'ynamoqda, shundan so'ng to'p yaqin masofadan jamoadoshining tanaga yopishgan qo'liga tegmoqda. Hakam o'yinni davom ettirib to'g'ri qaror chiqardi. To'p shundan so'ng yana bir sakragan "Metallurg" o'yinchisiga yo'l olmoqda. To'p taxminan uning elkasiga tegdi, qo'l ham tanaga yaqin. Bu ham "o'yinni davom ettirish". Keyin esa erga qo'ngan "Metallurg" o'yinchisi qo'lini tayanch sifatida qo'ymoqda va shu payt to'p yana uning qo'l atrofidagi joyga kutilmaganda tegmoqda. Balki qo'lga ham tekkandir, ammo hakam bu erda ham o'yinni davom ettirib to'g'ri qarorga keldi, sababi qo'l tayanch sifatida edi.

Vaziyatning ikkinchi qismi: "Metallurg" o'yinchisidan "podkat". U to'pga birinchi bo'lib o'ynamoqda, shundan so'ng esa u to'p kelishini kutmagan "Andijon" o'yinchisiga bormoqda. SHundan so'ng esa jazolanishi kerak bo'lmagan o'yin kontakti, sababi "Metallurg" o'yinchisi to'pga o'ynadi. To'pni darvoza oldidan o'yinga kiritish, hakamning to'g'ri qarori.


✅ "Neftchi" - "Buxoro"

VIDEO

Hakamning ikki o'yinchiga ham sariq kartochka ko'rsatish haqidagi yaxshi qarori. "Neftchi" o'yinchisi mojaro tashabbuskori, "Buxoro" futbolchisi ham unda ishtirok etmoqda. "Neftchi" o'yinchisining biroz hujumkor harakatini zarba deb bo'lmaydi, sababi ikki o'yinchi ham "peshonaga peshona" turishgandi. Kelishmovchilik bo'lgan joyga biroz ertaroq kelish kerak edi, ammo hakam umuman olganda vaziyatni to'g'ri baholadi.


❌ "Neftchi" - "Buxoro"

VIDEO

Menimcha, hakam va uning yordamchilari o'yindan tashqari holat sabab "Neftchi"ning golini bekor qilish haqida noto'g'ri qarorga kelishdi. "Neftchi" hujumchisi darvoza tomon zarba bermoqda, bu vaqtda uning 23-raqamdagi sherigi "ofsayd chizig'i"da turibdi va to'pga tegmaslik uchun egilmoqda. Hakam yordamchilari bu o'yinchi "Buxoro" darvozabonining to'pni qaytarishdagi vaziyatida ko'rish joyini yopdi deya baholashdi. Ammo, stop-kadrlarni ko'rsak, katta ehtimol bilan darvozabonning ko'rishini o'zining himoyachilari yopganini ko'rish mumkin. Darvozabon zarbani ko'rmoqda va o'yinchi egilmoqda, bu esa ko'rishga umuman tasir qilmayapti. Zarba yo'nalishi biroz yon tomonga va yuqoriga, ammo hech qanaqasiga "Neftchi"ning 23-raqamdagi o'yinchisi tomon emas. Bunday vaziyatda darvozadan kamerani ko'rsatish yaxshi bo'lardi, u barcha savollarni oladi. Ammo, men bu golni shubhasiz hisoblagan bo'lardim. Bosh hakam bu vaziyatni o'z bo'yniga olishi mumkin edi, sababi u darvozabon tomon zarba berilganda o'sha joyda edi va barcha o'yinchilarning joyini ko'rishi kerak edi.


✅ "Neftchi" - "Buxoro"

VIDEO

Hakam penalti belgilab to'g'ri qildi, sababi zarba payti "Buxoro" himoyachisining qo'li tanadan yon tomonga perpendikulyar (bu penaltidan keyingi takroriy vaziyatda yaqqol ko'ringan) edi. Endilikda bunday hollarda sariq kartochka ko'rsatilmaydi, bu yozdan boshlab barcha hakamlar uchun umumiy tavsiya, shu sabab hakam xato sankciya chiqardi.


✅ "Olimpik" - "Nasaf"

VIDEO

Hakam penalti belgilab to'g'ri qildi. "Olimpik" himoyachisi jarima maydonchasi ichida "podkat" ishlatmoqda va yaqqol tavakkal qilmoqda. Uning o'ng oyog'i to'pga intilgan holda "Nasaf" o'yinchisi tomon harakatlanmoqda, chap oyog'i esa raqibni qulatmoqda. Ehtiyotsizlik sabab fol, kartochkalarsiz.


✅ "Navbahor" - "Turon"

VIDEO

Bunday vaziyatlarda eng to'g'ri qarorni faqatgina darvoza yuqorisidagi kamera yoki chiziqni kesib o'tganlikni aniqlovchi texnologiya berishi mumkin. Biz esa bilvosita belgilar bilan to'p maydonda bo'lgan bo'lishi mumkinligini aytishimiz mumkin. To'pni olib chiqqan "Navbahor" o'yinchisining tana holatiga qaraydigan bo'lsak, bu chiziqda yoki hattoki maydonda bo'lgandek. To'p esa to'liq maydonni tark etmasa, o'yinda qolgan hisoblanaveradi. Hakamlar golni hisoblab to'g'ri qilishdi.


✅ "Navbahor" - "Turon"

VIDEO

Menimcha, hakam o'yinni davom ettirib to'g'ri qildi. U maydonda yaxshi poziciya egalladi, uning qaroriga shubhalanish uchun asos yo'q. "Turon" o'yinchisi to'pga "Navbahor" o'yinchisi uni egallab olganidan so'ng o'ynamoqda. Bu to'p yo'nalishining qanday o'zgarganidan ham yaqqol ko'ringan.


✅ "Navbahor" - "Turon"

VIDEO

Hakam bu vaziyatda maydon markazidan kech harakatlangani uchun juda yomon poziciyani egalladi. Uning baxtiga o'yinda folni ko'rgan va "Navbahor" foydasiga penalti belgilash kerakligini ko'rsatgan VAR bor edi. VAR'ning vaziyatga ajoyib aralashishi va yakunda hakamning to'g'ri qarori.


✅ "Navbahor" - "Turon"

VIDEO

Hakam bu vaziyatda "Navbahor" o'yinchisiga sariq kartochka ko'rsatishi mumkin edi. "Turon" darvozaboni tezlik bilan to'pni oldinga yo'naltirmoqchi edi, hujumchi esa o'z harakatlari bilan ehtimoliy istiqbolli hujumni to'xtatgan bo'lishi mumkin. SHuningdek, hushtakdan keyingi zarba uchun ham sariq kartochka ko'rsatish mumkin edi. Ammo, mening fikrimcha, qattiqroq og'zaki ogohlantirish bilan cheklanish mumkin edi va buni bosh hakam qildi.


✅ "Navbahor" - "Turon"

VIDEO

Hakamning va VAR'ning "Navbahor" foydasiga penalti belgilash qaroriga qo'shilaman. Ehtiyotsizlik sabab odatiy fol, "Turon" himoyachisi tomonidan raqibni oyoq bilan yiqitish.


✅ "Paxtakor" - OKMK

VIDEO

Belga zarba uchun hakamlarning "Paxtakor" golini bekor qilish haqidagi qaroriga qo'shilaman. To'p o'yinchilarga etib kelishigacha "Paxtakor" o'yinchisi orqadan raqibini kuchsiz tarzda turtmoqda va buni atayin qilmoqda, ammo uni sakrashga va to'p uchun o'ynashga imkon qoldirmagan holda elkasi bilan oldinga itarmoqda.


✅ "Paxtakor" - OKMK

VIDEO

Bu erda qoida buzilishini ko'rmayapman. Jarima maydonchasi ichidagi yaxshi kurash, OKMK himoyachisi tomonidan atayin itarish yo'q. To'p "neytral" edi, aniqrog'i uni o'yinchilardan hech kim nazorat qilmayotgandi. Hakam o'yinni davom ettirib to'g'ri qarorga keldi.


✅ "Paxtakor" - OKMK

VIDEO

VAR vaziyatga to'g'ri aralashmoqda, hakam esa "Paxtakor"ning golini to'g'ri bekor qilmoqda. Hujumning boshlang'ich qismida fol bor, shundan so'ng 2-3 uzatmada gol urilmoqda. Hakam yordamchisi bu vaziyatda yordam berishi shart, sababi vaziyat uning ko'z oldida sodir bo'lmoqda. Sariq kartochka borasida bir narsa deyish qiyin, sababi aynan yuzga urish bo'yicha aniq isbot yo'q. Ammo, "Paxtakor" o'yinchisining qo'li raqib elkasida va yuzi yonida, bu esa minimum fol.


✅ "Qizilqum" - "So'g'diyona"

VIDEO

Ikki o'yinchi qarama-qarshi yo'nalishda tezliksiz harakat qilishmoqda. Keyinchalik darvozabon sakraganda "So'g'diyona" o'yinchisining qo'li raqibning elka/bo'yin qismida, ammo turtish, atayin zarba yoki yuzga urish yo'q. Bunday vaziyatda ikki o'yinchi bir-birini ko'rmagan holda harakat qildi. Hakamlarning "So'g'diyona" golini hisoblash borasidagi qarorini qo'llab-quvvatlayman.


✅ "Qizilqum" - "So'g'diyona"

VIDEO

"Qizilqum"ning goli to'g'ri urildi. Bu vaziyatda o'yindan tashqari holat yo'q, sababi darvozada bo'lgan "So'g'diyona" o'yinchisi shartli ravishda darvozabon hisoblanadi. SHuningdek, darvoza chizig'iga yaqin maydonda yotgan yana bir raqib bor. Mezbonlar o'yinchisi golni nishonlash paytida ogohlantirish olishi kerak edi: agar u to'siqdan oshib, shu yo'l bilan muxlislarga yaqinlashsa, bu xavfsizlik muammolari va qo'riqlash qoidalaridagi muammolarga olib keladi. U o'yinning davom etishini ham kechiktirmasligi kerak edi. Nazariy jihatdan, gol urgan va uni nishonlagan "Qizilqum" o'yinchisi sariq kartochkaga loyiq. Ammo, hakam hushtak, ovoz va imo-ishora bilan uning tushishini jiddiy so'rasa, bu borada kartochkasiz ham yo'l tutsa bo'ladi.


SHunday ekan, hakamlar bahsli 15 vaziyatda atigi bitta xatoga yo'l qo'yishdi: "Neftchi" - "Buxoro" o'yinida Nikabadzening goli xato bekor qilindi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика