Hakam "Feyenoord"ning golidan so'ng, uni bekor qilib, raqib jamoa uchun penalti qo'yib berdi (video)
06 avg 2017 12:12
Yangiliklar
Hakam "Feyenoord"ning golidan so'ng, uni bekor qilib, raqib jamoa uchun penalti qo'yib berdi (video)
"Feyenoord" va "Vitess" o'rtasidagi Gollandiya Superkubogi uchun bahsda o'yin hakami Danni Makkeli juda g'alati qaror qabul qildi.
Ikkinchi bo'limning 55-daqiqasida "Vitess" hujumga o'tdi va Time Matavje "Feyenoord" jarima maydonchasida yiqitildi, hakam esa o'yinni davom ettirish mumkinligini ko'rsatdi. "Feyenoord" qarshi hujumda gol urdi, biroq yon hakam "Vitess" futbolchisiga nisbatan qoidabuzarlik bo'lganini malum qildi.
Hakam vaziyatga oydinlik kiritish niyatida takroriy videolavhalardan foydalandi. Sodir bo'lgan voqeani ko'rgan bosh hakam "Feyenoord"ning golini bekor qildi va "Vitess"ga 11 metrlik jarima zarbasi tepishga imkon berdi. Penaltidan so'ng hisob 1:1ga aylandi.
Bahs penaltilar seriyasigacha etib bordi va unda omad "Feyenoord"ga kulib boqdi (4:2).
TAS-IX emas
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar