So’nggi yangiliklar

22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчи "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  9 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  9 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  5 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  20 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   14 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  9

Haftaning eng tasirli FOTOGALEREYAsi. Yulduzlar yosh darvozabonni yupatishdi Yangiliklar

Haftaning eng tasirli FOTOGALEREYAsi. Yulduzlar yosh darvozabonni yupatishdi

Kecha tunda ECHL 3-turining ikkinchi kungi bellashuvlari bo'lib o'tdi.

"A" guruhi peshqadami Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi Portugaliyada "Benfika" mehmoni bo'ldi. Uchrashuvning 64 daqiqasida Markus Reshfordning jarimadan kiritgan goli Joze Mourino shogirdlariga uchinchi turda ham g'alaba keltirdi. Reshfordning golida hamma aybni "Benfika" darvozaboni Mile Svilar o'z bo'yniga olsa bo'laveradi. 18 yoshli kiper uzoq masofadan amalga oshirilgan va bir qarashda uncha xavfli ko'rinmagan jarima zarbasidan gol o'tkazib yubordi. Yani, Svilar to'p jarima maydonchasiga uzatib beriladi degan hayol bilan oldinroqqa chiqib bordi, Markus esa to'pni to'g'ri darvozaga yo'lladi. Yosh darvozabon to'pga etib bordi, lekin uni ushlab olishga uringan holda to'pga qo'shilib darvozaga kirib ketdi.


Afsuski, 18 yoshli Mile Svilarning qo'pol xatosi jamoasiga qimmatga tushdi.



To'p darvoza chizig'ini to'liq kesib o'tgan edi.



Belgiyalik Mile xatosi sabab gol o'tkazib yuborganidan keyin jamoadoshlari va muxlislardan uzr so'radi.




Uchrashuv o'z yakuniga etganidan so'ng "Manchester Yunayted" yulduzlari Mile Svilarni yupatishga urinishdi.



Yulduzlarning bunday harakati 18 yoshida ECHLda debyut qilib rekord qo'ygan kiperning sinib qolmasligiga yordam bersa ajab emas.



Lukaku avvalo raqibini borib yupatishga urindi, unga bir nimalar dedi. Bu holat bizga terma jamoamizning Janubiy Koreyaga qarshi o'yinidan keyingi holatni eslatib yubordi. O'shanda Son Xyon Min Jahon chempionatiga chiqqanini nishonlashdan oldin Odil Ahmedov, Aleksandr Geynrix va Otabek SHukurovlarni yupatgan edi. Ayniqsa, Odilga uzoq vaqt nimalardir degan edi.



Svilar uchun bunday o'yindan keyin futbol yulduzlarining qo'llab-quvvatlashini his etish juda muhim.



"Benfika" darvozabonini jamoadoshlari ham yupatishga urinishdi.





Keyingi o'yinlarda ruhan o'zini o'nglab olgan Mile Svilarni ko'rishni xohlardik, balki mana shu o'yin va xato uning kelajagi uchun juda katta foyda bo'lar...




GettyImages suratlari yordamida Tolibjon Qosimov tayyorladi.

Reyting: +48   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика