Hafta o'rtasidagi tur: A Seriya 33-tur prevyusi
03 may 2023 18:55
Yangiliklar
Hafta o'rtasidagi tur: A Seriya 33-tur prevyusi
"Verona" - "Inter"
Hellas Verona |
Serie A . 33-tur 04/05/2023, 01:00 6
:
0
Tugadi
|
Inter Adolfo Gaich - 31', Hakan Calhanoglu - 36', Edin Dzeko - 38', Lautaro Martinez - 55', Edin Dzeko - 61', Lautaro Martinez - 90' |
Stadion: Stadio M. A. Bentegodi, 19409 tomoshabin
Bosh hakam: Daniele Orsato
Bu o'yinda Lazanyaning ishtiroki so'roq ostida qolmoqda, shu bilan birga Zeefekda ham shunday vaziyat. Xrustich jarohat tufayli, Faraoni esa diskvalifikaciya sabab o'ynamasligi aniq. Hujumda katta ehtimol Jurichga ishonch bildiriladi. Unga orqaroqdan Verdi va Lazovich yordamlashadi.
Afsuski, gol urgan Gosens jarohat olib, safdan chiqdi. CHapda Dimarkoga alternativ variant qolmadi. O'ng qanotda esa Dumfris harakat qiladi. Hujumda esa Jeko va Lautaro juftligini ko'ramiz.
"Inter" birinchi davrada "Verona"ni 1-0 hisobida qiyinchilik bilan mag'lub etgan. Hozir ham "neradzurri" favorit sifatida ko'rilmoqda, ammo "Verona"ga qarshi o'yinda etiborni yo'qotmaslik muhim.
"Milan" - "Kremoneze"
AC Milan Junior Messias - 90' |
Serie A . 33-tur 04/05/2023, 01:00 1
:
1
Tugadi
|
Cremonese David Okereke - 77' |
Stadion: San Siro, 68136 tomoshabin
Bosh hakam: Luca Pairetto
Tomori bu uchrashuvni diskvalifikaciya tufayli o'tkazib yuborishga majbur. Uning o'rnini Tiau egallaydi, Pobega va Florenci esa hali ham jarohati bilan ovvora. ECHL yarim finali oldidan Pioli bazi etakchilarga dam berishi mumkin. SHunday ekan De Kattelare, Rebich va Origiga imkon beriladi.
Mehmonlar safida Benassi jarohatlangan, Tsajdut va Kulyata bellashuvni diskvalifikaciya sababli o'tkazib yuboradi. Hujumda Balardini Dessers va CHiofani juftligiga ishonch bildirsa kerak.
Jamoalarning birinchi davradagi to'qnashuvi o'ta zerikarli bo'lgandi va muxlislar gol ko'rmagan. Bu safar vaziyat boshqacharoq bo'ladi deb o'ylaymiz. "Milan" "Roma" bilan o'yinda ochko yo'qotgach, boshqa ochko yo'qotishi mumkin emas. SHuning uchun "Kremoneze" himoyasiga ilk daqiqalardan bosim uyushtiriladi.
"Monca" - "Roma"
Monza Luca Caldirola - 39' |
Serie A . 33-tur 04/05/2023, 01:00 1
:
1
Tugadi
|
Roma Stephan El Shaarawy - 24' |
Stadion: U-Power Stadium, 12388 tomoshabin
Bosh hakam: Daniele Chiffi
Petanyaning safga qaytishi juda yaxshi yangilik. U asosiy tarkibda tushsa ham ajab emas. Biroq D`Alessandro o'yinni o'tkazib yuboradi shekilli. Qolgan chiziqlarda "Monca"da muammo yo'q. Taktik sxema esa jiddiy o'zgarmasa kerak.
Joze Mourino esa jiddiy muammolarga duch kelgan. Smolling, Lorente va Kumbula jarohatlangan. Himoya markazida kim tushishi katta savol. SHuningdek, Veynaldum, Matich, Karsdorp va Belotti ham o'ynay olmaydi, Dibala ham jamoaga yordam berish ehtimoli juda past.
Jamoalarning avvalgi to'qnashuvida "Roma" "Monca"ni mag'lub etgan. Biroq "jallorossi"ning hozirgi muammolarini inobatga olsak, bu safar uch ochkoni qo'lga kiritish anchayin mushkul vazifa. "Roma"ning bor umidi xavfli standartlardan bo'lsa, "Monca" raqib himoyasidagi yo'qotishlardan unumli foydalanishga urinib ko'radi.
"Udineze" - "Napoli"
Udinese Sandi Lovric - 13' |
Serie A . 33-tur 05/05/2023, 00:45 1
:
1
Tugadi
|
SSC Napoli Victor Osimhen - 52' |
Stadion: Dacia Arena - Stadio Friuli, 24911 tomoshabin
Bosh hakam: Rosario Abisso
Deulofeu va Ebosse hamon lazaretda, hujumda esa Nestorovskiga Pereyra yordam beradi. Biyol kichik jarohatidan qutilib, safga qaytgani Sottilni xursand qilishi aniq.
"Napoli" titulni o'z muxlislari ko'z o'ngida rasman qo'lga kirita olmaganidan juda xafaligi aniq. Politanoning maydonga tushishi so'roq ostida bo'lsa, Ruy o'ynolmasligi aniq. Avvalgi uchrashuvdagi gol muallifi Oliveyra esa bunday holatda asosiy tarkibda bo'lishi deyarli aniq.
Birinchi davrada "Napoli" qiyin, ammo muhim (3-2) g'alabani qo'lga kiritgandi. Tabiiyki, chempionat etakchisi favorit. Agarda "Lacio" o'z o'yinini yutsa, "Napoli" ham chempion bo'lish uchun g'alaba qozonishi shart bo'ladi. Bunday vaziyatda neapolliklar hujumini to'xtatib qolish "Udineze" himoyasi uchun oson bo'lmasligi aniq.
Sergey Rumyancev
Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi
Fikrlar