So’nggi yangiliklar

10:36“Бетис“ Антони бўйича МЮга таклиф билан чиқди  0 10:10“Бавария“ футболчиси фаолиятини “Ал Насср“да давом эттириши мумкин  0 09:45“Интер“нинг клублар ўртасидаги ЖЧга қайдномаси маълум  0 09:17Саудия Арабистонликлар яна бир топ мураббийни лигага олиб келишмоқчи  2 08:49“Ювентус“ мураббий борасида бир қарорга келди  0 08:20ПСЖ 2025/26 йилги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0 07:52Трнет Александер-Арнольднинг “Реал“даги рақами маълум  3 07:25АПЛ жамоаси Родриго билан музокараларни бошлади  3 00:30Неъматилло Қуттибоев: "Омад сабабли ғалаба қозондик деб ўйлайман"  0 00:15Гёкереш "Спортинг" учун бошқа ўйнамаслигини маълум қилди. Клуб футболчига берган ваъдасини бажармаган  5 23:57Исломбек Исмоилов: "Куч ва тезлик томонидан рақибга ҳеч қандай имконият қолдирмадик"  1 23:2636 ёшли Перишич "Барса"га ўтмоқчи  2 23:07"Челси" Санчонинг МЮга қайтганини эълон қилди. Лондонликлар футболчини тўлиқ сотиб олмагани учун 5 млн евро тўлашади  4 22:44"Реал Мадрид"нинг Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати учун қайдномаси маълум  6 22:36Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Чилини мағлубиятга учратди  18

Hafta iqtiboslari. Mashhurlardan eng sara fikrlar Yangiliklar

Hafta iqtiboslari. Mashhurlardan eng sara fikrlar

Saytimiz odatiga ko'ra, o'tgan bir hafta ichida jahon va Evropa matbuotida yangragan mashhur futbolchi va murabbiylarning eng sara fikrlarini keltirib o'tamiz.

- "Menga hayot, oila va do'stlar bergani uchun avvalo Xudoga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Hayotimning o'ttiz yilini futbolga bag'ishladim, shu bois bois xayollarim haqiqatga aylanganidan xursandman. 20 yil professional futbol o'ynadim va bu damlarni umuman unutmayman. Men bu vaqt davomida g'alabalarni, mag'lubiyatni, milliy madhiyani, tunnelga kirishni, kiyim almashtirish xonalarini, ajoyib maydonlarni, turli xil butsalarni, yaxshi-yomon to'plarni, sovrinlarni, yulduz futbolchilarni va yana ko'plab narsalarni ko'rdim. Buning uchun hammasidan minnatdorman". (Mashhur braziliyalik "afsungar" Ronaldinoning katta futbolni tark etgach aytgan gaplari)

- "Men sendan juda ko'p narsa o'rganganimni doim aytib kelganman. Sen men uchun ko'p ish qilding va kiyim almashtirish xonasida meni har doim qo'llab-quvvatlading. Sen juda buyuk futbolchisan va bunga hech kimning shubhasi yo'q. Futbolni tark etsang ham, o'ziga xos kulishingni futbol hech qachon unutmaydi. Barcha yaxshi tilaklarim senga, Ronni!" (Messining Ronaldinoga bildirgan tashakkurnomasi)

- "Men haliyam futbol o'ynay olaman. Miyamga nimadir fikr kelib qolsa doim uni bajarishga harakat qilganman. Har doim shunday bo'lib qoladi. Men amerikaliklar bilan ko'p futbol o'ynadim va endi meksikaliklar bilan ham o'ynamoqchiman". (AQSH terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Lendon Donovan Meksikaning "Klab Leon" klubi bilan shartnoma tuzganidan so'ng)

- "Bu g'aroyib. Uning xet-triklariga bir qarang-a. Men "Vest Xem"da o'ynaganimda adashmasam 10 yo 11 marta xet-trik muallifi bo'lgandim. U bo'lsa hozircha sakkizta xet-trikni amalga oshirdi. U ayni paytda dunyoning eng kuchli hujumchisi. Bunga shubham yo'q. (JCH-66 qahramonlaridan biri Joff Xyorst "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn haqida)

- "Menga terma jamoani boshqarishdek sharafli ishni ishonib topshirishganidan mamnunman. Agar Evro 2020 yo'llanmasini qo'lga kirita olsak, bundan juda xursand bo'lamiz. Tezroq mashg'ulotlar boshlanishini sabrsizlik bilan kutyapman". (Rayan Giggz Uels terma jamoasiga bosh murabbiy bo'lganidan so'ng)

- "Paulo Dibala yaxshi futbolchi, lekin chempion emas. O'tgan mavsumda uning formasi yuqori edi va hamma uni Messi bilan qiyoslay boshladi. SHunda men kulib yubordim. To'g'risi, bunday hazillar kulgimni qistatadi. Leo umuman boshqa saviyadagi futbolchi. Uning tengi yo'q". (Antonio Kassano Dibalani Messi bilan solishtirishlari haqida)

- "Gabriel Batistuta men yoqtirgan futbolchilardan biri edi. Menga uning o'yin uslubi doim yoqqan. U ayniqsa bosh bilan juda zo'r o'ynardi. Menimcha, qaysidir tomonlarim unga o'xshab ketadi". (Yaqinda "Everton"ga o'tgan Jenk Tosun o'ziga kim yoqishi haqida)

- "Menimcha, 22 yoshda futbolni tugatsam ham bo'laveradi. Agar bu yil "Siti" bilan to'rtta sovrinni va Germaniya bilan jahon chempionligini qo'lga kiritsam, boshqa armonim qolmaydi. Lekin bunday bo'lishiga ishonish qiyin". (Leroy Sane bu mavsumdagi niyatlari haqida)

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика