So’nggi yangiliklar

17:40Гонсало Гарсия Ван Нистелройнинг натижасини такрорлади  0 17:23"Машъал" афсонаси Жамшид Ҳасанов фаолиятини якунлади  3 17:07Гвардиола "Челси" билан ўйинда икки ҳимоячисидан айрилди  4 16:50"Бу клуб менинг уйим эди. Келажакда ҳам шундай бўлиб қолади". Сергеев "Пахтакор" билан хайрлашди  5 16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  30 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  1 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  8 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  11 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  22 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  2 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0

Hafta iqtiboslari. Mashhurlardan eng sara fikrlar Yangiliklar

Hafta iqtiboslari. Mashhurlardan eng sara fikrlar

O'zbekiston U-23 terma jamoasi o'yinigacha zerikib qolmaslik uchun o'tgan hafta jahon va Evropa matbuotida mashhurlar tomonidan yangragan eng sara fikrlarni o'qishingiz mumkin.

- "Bugun uyqu yo'q. Kim uyiga tong sahar beshdan oldin kirsa jazolanadi". ("Betis" futbolchisi Xoakin "Sevilya" ustidan qozonilgan 5:2 hisobidagi g'alabadan so'ng)

- "Men "Liverpul"dan ketyapman, chunki "Barselona" orzuyimning ro'yobga chiqishidir. O'z vaqtida "Liverpul" ham men uchun tush edi va vaqt o'tib tush o'ngidan keldi. Men bu jamoa uchun besh yil sarfladim. Faoliyatim yana qancha davom etishini bilmayman, lekin bu orada "Barsa"da ham maza qilib o'ynamoqchiman. O'ylaymanki, "Liverpul" muxlislari meni juda yaxshi tushunishadi". ("Barsa"ga o'tgan Filipp Koutinoning "Liverpul" muxlislariga yozgan xatidan)

- "Toki to'p tepar ekanman, doim o'sishga intilaman va yurakdan o'ynayman". (Keyingi oy 51 yoshga to'ladigan Kazuyoshi Miuraning Yaponiya ikkinchi ligasi "Yokogama" klubi bilan shartnoma tuzganidan so'ng aytgan gapi)

- "Messi hamma narsani tushunadi. Uni birov bilan taqqoslashning o'zi noto'g'ri. Messi har tomonlama usta: u o'z jamoadoshini ham, raqibini ham ko'radi, vaqt bilan juda yaxshi hisob-kitob qiladi". (Xavining Messi haqida aytgan fikri)

- "Zinedin Zidan endi "Real" futbolchisi emas. Oldingi Zidan yo'q. Endi qarshingizda murabbiy Zidan turibdi. Meni hatto o'yinchilik paytimdagi yutuqlarim ham himoya qila olmasligi mumkin. Qachondir "Real"dagi ishim tugaydi, lekin qachonligini bilmayman. Ammo "Real" bosh murabbiyi sifatidagi oxirgi kunimga qadar bor kuch bilan ishlayman". ("Real" bosh murabbiyi o'z kelajagi haqida)

- "Menga Diego Forlanga o'xshagan hujumchilar yoqadi. U juda mukammal hujumchi bo'lgan, bunday ftubolchilarni topish hozir birmuncha qiyin bo'lib qoldi. SHuningdek, Robert Levandovskiyda ham iqtidor yuqori. Himoyada raqib uch kishi o'ynaydimi, to'rtmi yo beshtami agar hujumchi diqqatini yo'qotmasa albatta gol ura oladi. Buning uchun sen biroz farqli o'ynashing kerak". (Barcha JCHlarning eng yaxshi to'purari Miroslav Kloze zamonaviy hujumchi qanday bo'lishi kerakligi haqida)

- "Braziliyalik Ronaldo. Uning sifatlari va qobiliyatiga gap yo'q edi. Unda hujumchiga xos hamma narsa mujassam bo'lgan: tezlik, hujumni yakunlash, ochilish, pas berish, o'yinni o'qish. Men uni televizorda ko'p ko'rmaganman, lekin keyinroq internet orqali o'yinlaridan lavhalar ko'rib shunga amin bo'ldimki, u tengi yo'q hujumchi bo'lgan". ("Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn o'zining eng sevimli hujumchisi haqida)

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика